Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti
I - BOB 1.1 QORAQALPOQ MILLIY MUSIQASI
Download 149 Kb.
|
Kurs jumisi Eldor TAZA 1111
I - BOB
1.1 QORAQALPOQ MILLIY MUSIQASI Ajdodlarimizga ruhiy madad baxshida qilgan og'zaki xalq ijodiyoti namunalarining hisobi yo'q, desak mubolag'a bo'lmaydi. Filologiya fanlari doktori N.Dauqaraev: "Qoraqalpoq xalqi - o'zining qayg'uli kunlarida ham, quvonchli kunlarida ham qo'shiqsiz, soz-suhbatsiz, og'zaki poeziyasiz yashay olmadi2", - deya ta'kidlab o'tgan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham qoraqalpoq san'atiga katta mehr qo'ygan ekanlar. Uchrashuvlarning birida: "... institutimizda o'tkaziladigan turli tadbirlar, bayramlarda Qoraqalpog'iston yoshlari juda faol qatnashar edilar. Ayniqsa, Jizzax, Sirdaryo viloyatlariga paxta terimiga chiqqanimizda, ishdan keyin, kechqurunlari gulxan atrofida qoraqalpoq qizlarimiz, yigitlarimiz Kunxo'ja, Ajiniyoz, Berdaq kabi shoirlardan she'r o'qib, qo'shiq aytib, raqsga tushganlarida barchamiz qoyil qolar edik. Men o'shanda "Bo'zatov", "Aydinlar", "Dem bermes" degan qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini birinchi marta eshitib, o'zimni bamisoli sehrlanib qolgandek his qilganimni hozir ham yaxshi eslayman... Qoraqalpoq diyori o'zining dunyoda o'xshashi yo'q, betakror san'ati bilan barchamizni hayratga solib keladi3", -deya ta'kidlab o'tgan edi. Haqiqatan ham, qoraqalpoq milliy musiqa san'ati asrlar davomida sayqallanib, zamonlar o'tsa hamki o'zining ohangraboligi va dilga yaqin sozlarining jilokorligini yo'qotmasdan durdona darajasida bizgacha yetib kelgan. Endi bu asarlarni yoshlar hayoti va tarbiyasiga olib kirish, yoshlarga eshittira olish vazifasi tom ma'noda biz kabi yosh ijodkorlarning zimmasidagi ham qarz, ham farz, shu bilan birga sharafli vazifadir. Qoraqalpoq xalq ijodiyotining shakllanishi uzoq davrga borib taqaladi. Qoraqalpoq folklorshunosligi esa, XX asrning boshlarida paydo bo'lgan. Ya'ni, dastlabki qoraqalpoq folklor asarlari A.I.Belyaev, A.Divayevlar tomonidan ilmiy jihatdan o'rganilgan. Qoraqalpoq xalq ijodiyotini yozib olish va nashr qilinishida mahalliy olimlar A.Begimov, N.Dauqaraev, Q.Ayimbetov, O.Kojurovlarning mehnati katta samara bergan. Ular bu asarlarni baxshi, jirov, qissaxon, tarixchi-etnograf va xalq vakillaridan yozib olgan. Bu asarlar qoraqalpoq folklorining yuz jildligining yuzaga kelishidagi bosh tamoyil hisoblanadi. Mazkur ijod mahsullarining unsurlari negizida shakllangan xalq qo'shiqlari xalqimiz orasida qadim zamonlardan beri keng tarqalgan. Qo'shiq insonga tug'ilgan vaqtidan boshlab yo'ldosh bo'lgan. Qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini yig'ish va nashr etish, ilmiy tadbiq etish sobiq ittifoq davrida boshlangan. Mazkur ishlarni amalga oshirishda Q.Ayimbetov, N.Dauqarayev, N.Japaqov, I.Sag'itov, Q.Maqsetov, A.Tajimuratov, M.Nizamatdinov, O'.Yerpolatov, N.Kamalovlar xalq qo'shiqlarini yig'ish, nashr etish va ilmiy tabdiq etishda katta hissa qo'shgan. Ulardan A.Tajimuratov revolyutsiyagacha davrdagi xalq qo'shiqlarini, N.Kamalov ikkinchi jahon urushi davridagi, M.Nizammatdinov urushdan keyingi davrdagi, O'.Yerpolatov urushdan avvalgi davrdagi xalq qo'shiqlarini maxsus yo'nalishda tadqiq qilganlar. Istiqlol yillarida xalq qo'shiqlarini S.Bauetdinova, hozirgi davr qoraqalpoq urf-odat qo'shiqlarini S.Qozoqboyevlar o'rgangan. Keyingi yillarda yangi davrga oid yaratilgan xalq qo'shiqlarini ilmiy jihatdan o'rgangan Yu.Paxratdinov bo'ldi. Bu mehnatlar xalq qo'shiqlarini chuqur o'rganishda nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Folklorshunoslar tomonidan yig'ilgan xalq qo'shiqlari asosan dastlabki chiqarilgan ko'p jildlikning beshinchi jildiga kiritilgan . Xalq qo'shiqlarini o'rgangan A.Tajimuratov xalq qo'shiqlarini tasniflaydi. U o'z tasnifida xalq qo'shiqlaridan urf-odat qo'shiqlarini o'z oldiga alohida olib ko'rsatgan . A.Tajimuratovning qoraqalpoq xalq qo'shiqlari bo'yicha ishlab chiqqan tasnifi quyidagicha: 1. Mehnat qo'shiqlari 2. Muhabbat qo'shiqlari 3. Din egalariga oid qo'shiqlar 4. Bolalar qo'shiqlari 5. Termalar 6. To'lg'ovlar 7. Tarixiy jirlar Endi, urf-odat jirlarini esa: 1. To'y jirlari 2. Mung-qayg'u jirlari 3. Aytimlar 4. Beshik jiri I ibiSi^^Bl 124 http://oac.dsmi-qf.uz 5. Aytishuvlar4. Rus olimi A.Belyayev 1903-yili Sankt-Peterburg universitetida beshinchi kurs talabasi bo'lgan paytida folklor namunalarini yig'ish va tadqiq qilish ishlari bilan qoraqalpoq ovullarini kezib chiqqan va xalqning qo'shiqqa ishtiyoqini, ijrochilik mahoratini ko'rib, tan berib "Qoraqalpoqlar - dala bulbullari5" - deya ta'rif bergan. Bu haqiqat ekanligini ko'rgan olimlar bizning xalqimizning qo'shiq bilan yashashiga, qo'shiq bilan dunyodan o'tishiga asoslanib aytgan bo'lishi kerak. Musiqa xalq turmushidagi har qanday tarixiy o'zgarishlarga qaramasdan xalqning ma'naviy boyligi bo'lib, xizmat qilib kelgan. San'at xalqqa zavqli umr in'om etish bilan birgalikda, o'zining tinimsiz mehnati orqali yaxshi turmush kechirishga talpindirib, ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlab orzu-istaklariga yetaklaydi. XX asrning birinchi choragida qoraqalpoq musiqa madaniyatidagi ijobiy o'zgarishlarning biri bu badiiy havaskorlarning hukumatimiz tomonidan e'tiborga olinishi edi. Chunonchi, To'rtko'l, Toshkent, Moskva shaharlarida olimpiadalarning o'tkazilishi bo'ldi. Ammo, har zamonning o'zining siyosiy tizimiga bog'liq turmush tarzi bo'lgani kabi hukumatimiz o'sha davrdagi ijrochilardan o'zlarining g'oyasidagi rejalarni xalqning g'oyasiga singdirib yetkazishi uchun foydalangan. O'sha davrdagi musiqa madaniyatining fidoyilari xalq musiqalarini, ularning tarixini, o'sha davrdagi xalqning turmush sharoitiga moslashtirib, ko'plab asarlarni yaratgan. Masalan, xalq orasidagi yangi ko'rinishdagi "Yangi dehqon", "Kolxoz tashkiloti", "Komsomol", "Pioner", "Yangajon", "Qozi ishon" kabi qo'shiqlar yaratilgan. 1936-yili madaniyat sohasidagi iqtidor egalarini ya'ni, baxshilarning repertuarlaridagi qo'shiqlar va kuylarni gramplastinkalarga yozib olish masalasi ko'rib chiqiladi. To'rtko'lda ularning eng mohir ijrochilarini va ko'proq repertuar egalarini aniqlash uchun tanlov o'tkaziladi. Ular orasida yuqori darajadagi qobiliyatga ega baxshilar, xonanda, jirovlardan eng saralari tanlab olinadi. J.Shamuratov, Ye.Qo'spo'latov, I.Patullayev, K.Axmedov shu bilan birga xalq qo'shiqlarining mohir ijrochisi xalq artisti A.Shamuratovalarning asarlari 1939-yili aprel oyida Moskva shahrida plastinkaga yozib olinib, o'zlarining ijro repertuarlarini targ'ib etish va tanishtirish uchun bir nechta konsert-gastrol safarlariga yuboriladi. Xalq artisti A.Shamuratova bu jarayonlarni quyidagicha eslab o'tgan: "Moskvaga borishdan avval bir oy davomida ijro qiladigan qo'shiqlarimizni yodlab, qayta-qayta takrorlab qo'yamiz. Japaq Shamuratov, Yesjan Qo'spo'latov, Ibrayim Patullaev, Aytjan Xo'jalepesov, Yuldash Bekbergenov, Qo'yli Axmetov va men Moskvaga boradigan bo'ldik... Bir necha kun qatnab, mening plastinkaga yozdirgan. Shuni e’tirof etish kerakki azal- azaldan o’zining teran tarixiy boy ildizlariga ega bo’lgan. Qoraqalpoq xalqining turli sohalar qatorida milliy mintalitetda tutgan o’rni nafaqat urf-odatlar bilan, balki musiqa madaniyati bilan ham ajralib turishi yuksak ahamiyat kasb etadi. ,,Qoraqalpoq madaniy tarixiga ega bo’lgan musiqaiy madaniyat borasida so’z ketganda Qoraqalpoq musiqiy jozibadortligini ta’minlab beruvchi musiqiy asboblar o’zining yorqinligi, tovush tomonidan tiniqlik darajasiga ko’ra ajaralib turadi. Bunda dutor asbobi keng o’rin egallab ko’p sonli vakillar ushbu musiqa asbobini yaxshi chala olish qobiliyatiga egadir. O’z o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, dutor chertib ijro etayotgan ijrochi sahna madaniyatini unutmagan holda, aksariyat holatda qizlar ijro etadi, qat’iy qoidalarga rioya qilishlari lozim. Dutor chertayotgan qiz sahnada o’tirgan holatda ijroni shakllantirishi va bunda madaniy qonuniyatlar sedan chiqmasligi zarur. Bir so’z bilan aytganda Qoraqalpoq musiqa madaniyati birgina dutor cholg’u asbobini cherta bilish orqali ko’pgina savoillarga javob toppish mumkin. Musiqa madaniyatiga amal qilish yuzasidan 1- jadval: Yakka tarzda ijrolar Guruh bilan ijrolar Jonli ijro yaratish Sun’iy intellekt yaratish Ijroda boshqa asboblardan foydalanish Musiqiy kommunikativlikka amal ,,Qoraqalpoq musiqiy madaniyatining ramzi: ikki torli, kamoncha yordamida chalinadigan,yog’ochdan yasalgan, ochiq rezonatorli musiqiy asbob qobiz hisoblanadi. Uning cho’michsifat korpusi teri qopqoq bilan yarim cho’zilgan. Musiqiy asbobning torlari ot yollari shodasidan tayyorlangan. Kobiz o’zidan jilosiz “kosmik” tovushlar chiqarib, jirau dostonchilarining bo’g’izda kuylanadigan qo’shiqlariga jo’r bo’ladi. U o’zida ikki alohida qism (korpus va parda)dan iborat bo’lib, qadimgi dostonchilarning ko’chmanchi hayot tarzi bilan bog’liq safar xaltasiga osongina sig’adigan ixcham musiqiy asbob hisoblanadi. Xalq amaliy sa’atining uzviy va nazariy shakllaridan farqli o’laroq Qoraqalpoq musiqa madaniyatida quyidagilar: -Tovushlar tizizmining uzviy nazorati; -Musiqiy madaniyqatning elementar nazariayasi; - Sezgi holatidagi tovushlar tizimi; -Tebranish kengligi; - Tembr xususiyatlari; - Yuqori tonlar va tabiiy tovushqatorlar; -Orttirilgan va kamaytirilgan intervallar; -Tabiiy major grammasi va boshqalar bunda yetakchi asos va manba vazifasini bajarish bilan ajralib tura oladi. Umumiy qilib aytganda mamlakatimiz hududidagi barcha musiqa maktablari tom ma’noda o’zining uslubi, nazariyasi, musiqiy madaniyat tizimi bilan ajralib turadi. Bunda Xorazm musiqa maktabi va Qoraqalpoq musiqiy madaniy maaktablari nisbatan bir – biriga yaqin hisoblansada, biroq nisbatan farqlilik ndarajasiga ega ekanligi bilin ajratib turadi, buni Buxoro va Vodiy musiqa madaniy maktablari misolida ham aytish maqsaadga muvofiq ekanligi barchaga ma’lum. Musiqaning elementar nazariayasi kursi musiqa gramatikasi, musiqaning asosiy iunsurlarini va ayniqsa kuyni o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Ushbu fan doirasida jumladan, musiqiy tovush xususiyatlari, uning nota matnida ifodalanishi texnologiyasi, musiqaning asosiy ifoda vositalari: metr-ritm, lad, garmoniya, ikkii tovushning nisbati interval, uch va undan ortiq tovushlar nisbati akkord va ular orqali ifodalangan musiqiy mazmunlarda ham o’z ifodasini topadi. Umumiy nazariy ma’lumotlarga tayaanadigan bo’lsak Qoraqalpoq milliy musiqachilik madaniyati butun mintaqadagi musiqiy markaz va madaniy o’choqlardan farq qilmagan holda birgalikda, bir butunlikda o’ziga xos tarzda yanada shakllanib bormoqda. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling