Ajiniyoz nomidagi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

zamonaviylik, 
universallik, 
demonstrativlik va o`yin kiradi. 
Zamonaviylik  –  modaning  tarkibida  fundamental  qiymatidir.  Har  qanday  yangiliklar 
modali  bo`la  olmaydi,  va  har  qanday  modali  standartlar  va  namunalar  ham  yangi  bo`lmaydi 
(masalan, “retro” uslubi). Ekologik uslub modada yangi yuqori texnologik sintetik materiallarni 
ishlatishni  inqor  etib,  ming  yillar  maboynida  ma`lum  an`anaviy  zig`ir,  ip,  shoyi  va  jun 
gazlamalarni kiritdi. 
Modada  yangilik-  bu  avvalgi  modaga  nisbatan  yangi  g`oyalardir.  Zamonaviylikning  qiymati 
modani  muxlisigasiga  “vaqt  bilan  yuruvchi”  deb  o`zini  xis  qilishga  va  tez  o`zgaryapgan 
zamonga moslashishga imkon beradi. 
Universallik  (diffuzlik)  vaqtdan  tashqari  xech  qanday  cheklashni  e`tirof  etmaydi. 
Kostyum tarixida modaning universalligi XIX asrda yuz berdi, XVI asrda esa Evropada avval italian, 
keyin  ispan  modalari  keng  tarqalgandi.  Modaning  rivojlanishi  jamiyatni  barcha  o`zgarishlarini 
aks  etadi:  sanoatning  gurkurab  rivojlaninishini,  yangi  transport  va  kommunikatsiya  vositalarini 
paydo bo`lishini, xalqlar aro madaniy aloqalarni kuchayishini. Madaniy namunalarni bir ijtimoiy 
guruhdan  ikkinchisiga,  bir  mamlakatdan  boshqa  mamlakatga  o`tishida  modaning  muhim 
qiymatlaridan biri universallik xisoblanadi. 
V.M.Krasnov 
moda 
tarixida 
universallik 
bilan 
bog`liq 
uch 
tomonini 
ajratgan: 
yagona  moda  (ibtidoiy  jamiyatda);  mahsus  moda  (tabaqali  jamiyatda);  ommabop 
moda (demokratik jamiyatda). 
Qisqa vaqt davomida ommabop bo`lgan hodisalarni “moda doirasida ichki oqimlar” deb 
amerikan  jamiyatshunos  E.  Bogardus  nomlagan.  Ularga  fad  (injiqlik,  tentaklik,  tez  utar 
ishqivozlik  barcha jamiyatni emas, balki ayrim  ijtimoy  guruhlarni og`ushiga olgan),  craze  yoki 
fetish (moda bilan ommabop ishqivoz etilish, moyillik). 
Demonstrativlik  moda  kommunikatsisyaini  bir  shaklidir,  u  moda  muxlislariga  o`z 
to`g`risida  boshqalarga  ma`lumot  berishiga  imkon  beradi.  Eng  avvalo  moda  o`z  ijtimoiy 
maqomini yoki undan ham yuqori illyuziyasini namoyish etishga imkon beradi. 
Modaning  o`yin  qiymati  evristik  ijodiy  faoliyati  bilan  bog`liq  va  u  yangilikni  izlashni, 
yangini  yaratishni, eskilikni yangi sifatida tavsiya etishni rag`batlantiradi. XX asr o`yinni inson 
miadaniyatini universal  elementi sifatida hisoblaydi. Postmodernizmda o`yin madaniy boyliklar 
va  timsollarni  cheksiz  kombinatsiyalash  usuli  yordamida  madaniyatni  yaratish  usuli  bo`ldi. 
Zamonaviy  dizaynda  o`yin  elementlari  muhim  rol`  o`ynaydi,  chunki  o`yin  insonning  ijodiy 
qobiliyatlarini  rivojlanishiga  qaratilgan,  unda  natijasi  emas,  balki  jarayon  muhim  (dizayner  va 
iste`molchining  hammuallifligi  kontseptsiyasi  bilan  bog`liqligi).  O`yin  dunyo  tushunish  shakli 
bo`lsa, moda esa o`ziga xos qoidalariga ega o`yin muamolasining shakllaridan  biridir.  Modaga  asosiy 
o`yin  xususiyatlari  mansub:  fazoda  emas,  vaqt  maboynida  cheklanish,  ixtiyorlik,  odatiy  hayot 
chegarasidan chiqish, muayyan “o`yin qoidalarini” mavjudligi. 


22 
 
Modaning  ikkinchi  (sirtqi)  qiymati  konkret  vaziyat  va  moda  muxlislarning  kategoriyasi 
bilan  bog`liq,  ular  qarama-qarshi  qiymatlarni  ko`zlaydi:  ijtimoiy  tenglikni  yoki  elitarlikni, 
go`zallik yoki faqat qulaylikni va b. Bir xil moda namunalari har xil maqsadga erishishga imkon 
beradi.  Masalan,  sitilgan  djins  buyum  bittalar  uchun  prestij  marka  bilan  maqtanish  imkoniyati 
bo`lsa, boshqalar uchun esa o`z demokratikligini, iste`molda odmiligini namoyon etishdir. 
Ikkinchi 
qiymatlar 
insonni 
dunyoga 
va 
o`ziga, 
jamiyatga 
va 
ijtimoiy 
guruhlarga, tabiatga 
munosabatini namoyish etadi. U yoki bu modali 
namunalarni tanlaganda odam shularni faraz qiladi: “Men hammadek”, “Menda boshqalarda yo`q 
narsalarim  bor”,  “Menda  xoxlagan  narsalarim  bor”.  Ma`lum  modani  tanlaganda  inson  modaga 
o`z munosabatini namoyish etadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling