Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Moda
kommunikatsiyasining ishtiroqchilari. Konkret modani qabul qilishni yoki qilmasligini, odatda, bu masalani har bir shaxs ixtiyoriy 31 ravshda xal qiladi. Modani yaratadigan, u to`g`risida ma`lumot tarqatadigan, moda namunasini ist`emolchilari moda kommunikatsiyasining ishtiroqchilari deb ataladi. Ular uch guruhga bo`linadi: yaratuvchilar, tarqatchilar va iste`molchilar. Modani yaratuchilar o`z navbatida ijodkorlariga, ishlab chiqaruvchilarga va ko`paytiruvchilarga bo`linadi. Moda ijodkorlari – bu modali bo`ladigan namunalarni yaratuvchilari (libos dizaynerlari, yozuvchilar, musiqachilar, rassomlar, kinorejisyorlar va b., ya`ni madaniy namunalarni professional ijodkorlari). Ammo, oddiy insonlar, yoshlar submadaniyat vakillari ham moda ijodkorlari bo`lishi mumkin. Bu xolda yaratilgan modani tasodifiy, “kucha moda”si deyishadi. Moda ishlab chiqaruvchilar kelajak moda namunasini tirajlash uchun xujjatlarni tayyorlashadi (kiyim konstruktorlari va texnologlar, va b.). Modani ko`paytiradiganlri moda namunasini tirajlashadi, ular buyumni ommabop ishlab chiqarilishi bilan bog`liq. Moda tarqatuvchilari – bular istemolchilarga moda yo`nalishi to`g`risida ma`lumot berishadi. Uni moda jurnallar muxarirlari, fotograflar, modani namoyish etuvchilar va b. Moda iste`molchilari – bu moda namunalarini o`zlashtirib kiyishadiganlar. Barcha ist`emolchilarni modaga nisbatan quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin (amerika tadqiqodchisi E.Rodjers tipologiyasi bo`yicha): - novator va eksperimentatorlar (2,5%) – bular yangi modani yaratishga va eksperimentlashga tayyor. Aynan shu iste`molchilarga avangard dizaynerlarning kollektsiyalari yaratilgan, ular yangi uslub va ekstravagant shakllarni taqdim etishadi; - ilk muxlislari (13,5%) – ular birinchi bo`lib modaning yangi g`oyalarini o`zlashtirishadi va o`z muhitida peshqadam bo`lishadi; - ilk ko`pchilik (34%) – ular modaga amal qilishadi, ammo, avaylab, barcha zid tomonlaridan voz kechib. Bu iste`molchilar uchun yangi shakl, rang materiallarni qo`llab libos yaratishadi; - kechikkan ko`pchilik (34%) – moda jamiyatda keng tarqalganda, ular shundagina modani o`zlashtirishadi. Ular eng yangi uslublar, shakllarni qabul qilmasdan, utgan modaga amal qilishadi; - konservatorlar (ana`nachilar 16%) – yangi moda yo`nalishidan voz kechgan iste`molchilar, ular faqat utmish modaga amal qilishadi. Bu iste`molchilar uchun klassik uslubdagi buyumlarni taqdim etilidi. Moda peshqadamlari modada faol katnashadi – ular moda standartlar va namunalarni ilk tarqatuchilaridir. Ular modada o`ziga xosligini ko`rsatish va guruhda ajralib turish uchun modani peshqadam pozitsiyani egallashga intilishadi. Bu ularni g`ayriodatiylikka va yangi moda namunalarni qidirishga turtadi. Moda peshqadamlari rasmiy va norasmiyga bo`linadi. Rasmiy peshqadamlari (birichi bosqichni peshqadamlari) yangi modani baynalminal yoki milliy tarqatish bilan bog`lik. Bu xolda ma`lumot ommabop kommunikatsiya vositalari orqali tarqaladi. Moda tarixida qirollar, saroy amaldorlari, artistlar bo`lgan bo`lsa, hozir moda peshqadamlari – yoshlar. Norasmiy peshqadamlari (ikkinchi bosqich peshqadamlari) o`z guruhida peshqadam bo`lishadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling