Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Antimoda - rasmiy modaga qarama-qarshi moda. Odat bo`lib qolgan modaga oppozitsiya
antimoda deb ataladi. Odatda, rasmiy modaga e`tirozi insonning tashqi ko`rinishida aks etadi. Ijtimoiy tizim bilan noroziligini namoyish etish uchun ular o`zini ijtimoiy guruhiga, turmush tarziga va ehtiyojlariga mos o`z modasini yaratishadi. Masalan, XVII asrda ingliz burjuaz inqilobi davrida puritanlarning (asosan burjuaziyada diniy sektsiya a`zolari) kostyumi bilan e`tiroz bildirishardi. Puritanlar zodagonlar modasini rad etib, qora kul va jigar rang movutdan, oq polotnodan oddiiy yoqali kiyim kiyishgan, sochini kalta qirqishgan (shuning uchun ularni 30 dumaloq boshli deb atashgan). SHunday vaziyat Buyuk frantsuz inqilobi boshida ham ro`y bergan, uchinchi tabaqalar zodagonlar modasidan farqlanadigan o`z modasini yaratgan. YAkobin klubning a`zolari – sankyulotlr aslzodalar kiyigan kalta ishton “kyulot”ni o`rniga uzun matroslar ishtoni “matlo”ni, duxoba yoki shoyi abini o`rniga karman`olani (surgunchining kurtkasi) yoki ingliz modasi bo`yicha frakni va pat bilan bezatilgan uch qirrali shlyapani o`rniga qizil rangli frigiya qalpog`ini; kumush tuqa bilan bezatilgan tuflini o`rniga shnurlangan botinkalarni kiyishgan. SHunday qilib bu kiyim turlari (frak va uzun pantalaonlar va botinkalar) ikki asr davomida bir necha o`zgarishlarga duch kelib erkaklar modasida klassikaga aylandi. XX asrni ikkinchi yarmida rasmiy modaga nisbatan negativizm yoshlarga mansub bo`ldi. Farovonlikni o`sishi, aksel`ratsiya, o`spirin yoshdan katta yoshgacha masofa ko`paygani bois yoshlar modasini paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Ikkinchi jaxon urshidan keyin avlodlar orasidagi to`qnashuv yoshlarni kattalar modasidan voz kechishi ro`y berdi, chunki u munofiqona burjuaz ahloqi, ijtimoiy tengsizlik, shaxsni ustidan zurovonlik timsoli sifatida tasavvur etilardi. “N`yu luk” uslubdagi dabdaba liboslarni o`rniga yoki mungli standart erkak kostyumlarni va oq ko`ynaklarni o`rniga yoshlar qora pulover (Parij talabalari kiyigan kiyim), djins va trikotaj futbolkalarni (amerikan bitniklari kiyigan kiyim) kiyishgan. 1950 yillarni ikkinchi yarmida London kuchalarida paydo bo`lgan mini–moda ham “kattalar moda”siga e`tiroz, seksual inqilob va feminizm timsoli bo`lgan. 1960 yilda mini–moda rasmiy bo`lganda, e`tiroz timsoli xippilar kostyumida ro`y berdi, ular har bir shaxsni teng xuquqi va individuallik timsoli bo`ldi. Ammo, 1970 yillarda xippilar kostyumi “xippi uslub”iga tez aylandi, modaga esa etnik va fol`klor manbalar, djinslar, rasmiy modada xippidan o`zlashtirilgan “retro” uslubi modaga kirdi. XX asrni ikkinchi yarmida yoshlarning e`tirozi har xil bo`lgan: 1940 yy. – zut AQSHda, zazu Frantsiyada; 1950 yy. – bitniklar va baykerlar AQSHda, teddi-boylar Angliyada, stilyagalar SSSRda; 1960 yy. – rokerlar, modernistlar, xippilar; 1970 yy.- yangi romantiklar, repperlar, yashillar. Ko`pincha yoshlar orasida antimodani paydo bo`lishiga iqtisodiy inqirozlar sabab bo`ladi, chunki shu payitda yoshlar birichi bo`lib jabrlanadi – ular ishni yo`qotadi yoki topa olmaydi. 1970 yy. ijtimoiy inqiroz panklar, 1990 yy. "granj” uslubini paydo bo`lishiga sabab bo`ldii. Irqiy ziddiyatlar oq tanali bo`lmagan aholining orasida antimoda paydo bo`lishiga ham sabab bo`lishi mumkin – ikkinchi jaxon urshi paytida AQSHda “zut” kostyumi, 1970-80 yy. Angliyada “ratafara”, AQSHda “rep” paydo bo`lgan. SHu bilan birga antimodaning yangi g`oyalari, uslub va siymolari rasmiy moda uchun o`ziga xos manba bo`lgan. Masalan, 1950-60 yy. bitniklar, xippilar, “chap”lar talabalariga ko`ra djins kiyimlari ommabop modaga aylandi. Aynan, raqobatdosh submadaniyatlar o`zi katta yangi potentsialga ega edi, uni zamonaviy moda o`zlashtirdi. 1960 yy. libos dizaynerlari g`oyani rasmiy modadan tashqari mavjud g`oyalarni o`zlashtirgan: kucha modasidan va yoshlar submadaniyatidan (bitniklar, baykerlar, xippilar, panklar). Zamonaviy insonning tashqi ko`rinishiga xippi submadaniyati o`zgacha ta`sir etdi. Xippilar kostyumi har xil davr va xalqlar kostyumlarini eklektik aralashmasi bo`lgan. U yordamida ular o`zini individualligini ifoda etishgandi. Rasmiy moda xippi uslubidan insonni tashqi ko`rinishini individualligini, eski buyumlar va boshqa xalqlar madaniyat elementlarini qo`llashga qiziqishni, eklektizmni o`zlashtirgan. Panklar submadaniyatidan yorqin ranglardan, agressiv aksessuarlar, an`analarga buzuq o`xshatma qilish, epatajga tamoyilni rasmiy moda o`zlashtirdi. Ommabop axborot vositalari, ommabop ruhiy ongini, ijtimoiy hayotni demokratizatsiyalanish tarqqiyoti ta`sirida “yuqori san`at” o`rniga “ommalar madaniyatlari” bo`lishi lozim, ular yangi standartlar va ob`ektlar paydo bo`lishiga tubsiz manbadir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling