Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5111000 - «Kasbiy ta’lim(dizayn)» ta’lim yo’nalishining 3- kursi uchin « KOSTYUM DIZAYNI » fanidan
- Ma`ruza-1 «Kostyum dizayni» fanining mazmuni, predmeti va metodi Reja: 1. Fanning mazmuni 2. Dizaynning nazariy asoslari
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti «Mehnat ta’lim» kafedrasi 5111000 - «Kasbiy ta’lim(dizayn)» ta’lim yo’nalishining 3- kursi uchin « KOSTYUM DIZAYNI » fanidan MA’RUZA MATNI Joldasov Furqat Nukus-2019 2 Ma`ruza-1 «Kostyum dizayni» fanining mazmuni, predmeti va metodi Reja: 1. Fanning mazmuni 2. Dizaynning nazariy asoslari 3. Dizaynda uslub va uslublar 4. Moda funktsiyalari va rivojlanish qonuniyatlari Buyum muhitini yaratish – odamzotning azaliy muammosidir. Bu jamiyatning madaniy asosi bilan chambarchas bog`liq va uning azallarini, madaniyat darajasini, badiiy-estetik intilishlarini va ideallarini ifodalaydigan ijtimoiy muammosidir. Madaniyatni tarbiyalash go`zallik sirlar anglash jarayoni bilan chambarchas bog`liq. Buyumlar o`zi insonni tarbiyalashi lozim. Buyumlarni ishlab chiqish asosiy maqsadi – aholini moddiy va ruhiy talablarini qondirish va buyumlarni ijtimoiy maqbulligidir. Dizaynerlarning mahoratini faqat go`zal buyumlarni yaratishga yo`lantirmasligi lozim. Dizayner albatta ijtimoiy muhim, qo`lay, ko`pfunktsiyali, ma`lum iste`mol guruhiga mo`ljallangan va talablarini qondiradigan buyumlarni yaratishda qatnashishi zarur. Bular barchasi buyum dunyoni tartibsizligini, kerak emas, elitar va dublyor buyumlarni yo`qotishini osonlashtiradi. Go`zal, ijtimoiy yo`naltirilgan buyumlar yangi turmush tarzni o`rnatishga imkon beradi insonning ruhiy talablarini qondiradi, moddiy vositalrni tejamlash rezerviga aylanb, mahsulotni mukammallik darajasini oshiradi. Inson atrofidagi buyum muhitini yaratish aholini, ijodkorlarni, zarshunoslarni va iste`molchilarni e`tiborini jalb etadi. Dizayner jamiyat oldida ma`suliyati faqat mahsulotni siftinigina emas, balki insonni madaniy saviyasini ko`tarishdir. Engil sanoat oldida turgan vazifalar quydagilar: aholining talablarini to`liq qondirish, bozorni kerakli mahsulotlari bilan ta`minlash, buyumlar assortimentini kengaytirish va sifatini kutarish. Kostyumni loyihalash va modani rivojlanishi bilan bog`liq muammola bejiz paydo bo`lmagan. Bu muammolarni paydo bo`lishiga bir necha sabablar mavjud: mahsulotni keragidan ortiq to`plangani, buyumlarni tez ma`naviy eskirishi, ishllab chiqarish tsikli va moda tsiklini nosinxronligi. Ommabop ehtiyojni qondiradigan modali buyumlarni ishlab chiqarishda ko`p muammolar mavjud. Bu holda ehtimol muammolar modani amaliyotchiligi va uni stabil tomonlaridan kelib chiqadi. Moda qiziqarli, tez o`zgarmaydigan, fundamentalni taqdim etishi kerak. Modaning sub`ektivizm va ob`ektivizmi nimadan iboratligini, modaga hayot sur`ati, ilmiy-texnikaviy inqilob ta`sirini tushunish zarur. Moda va sanoat umumiy qonunlar bo`yicha rivojlanadi: moda murakkablansa. buyumning loyihalash texnologiyasi murakkablanadi. Inson kostyumda o`z individualligini va o`z siymosini aks etishga intiladi. SHuning uchun liboslarni ommabop ishlab chiqarilganda standart buyumni uyg`un siymoligini va iste`molchini individuallikka intilishini qondirish talablari qiyinchiliklarni paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Bular barchasi kostyumni ommabop ishlab chiqarish uchun muayyan nuqtai nazardan loyihalashni talab qiladi. Dizayner – sanoat tarmog`i – iste`molchi tizim aloqasini barpo etish lozim, ya`ni yangi ilmiy loyihalash usulini. Loyihalash usuli modaga tegishli barcha vazifalarni, kostyumni vaqtga binoan shakllantirishni, uni tuzilishini o`ziga hosligini, ijtimoiy aspektlarini va siymoligini birlashtirilishi lozim. Dizayner faoliyatida uni voqelikka ijtimoiy-estetik munosabati ifodalanadi. Bu faoliyat badiiy ijod qonunlariga javob berishi lozim. 3 «Dizayn» so‘zi italyancha «disegno» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, uyg‘onish davrida loyihalar, rasmlar va g‘oyalar asosida bajarilgan ishlar ma’nosini bildirgan. Bizga bu so‘z inglizcha («design») «dizayn» so‘zidan kelgan bo‘lib, chizma naqsh, g‘oya va loyihalash va konstruksiyalash jarayoni ma’nosini bildiradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling