Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
rivojlanish tamoyillari.
Reja: 1. Zamonaviy kiyim assortimentini o`ziga hosligi. 2. Kiyim assortimentining rivojlanish tamoyilari. 3. Kiyim assortimentining rivojlanish muammolari va istiqboli Tayanch iboralari: zamonaviy, talab, kelajak, assortiment, kostyum, dizayn iste`molchiyu Adabiyotlar: 4, 16, 26. Texnikaviy progressning templarini tezlashtirgan ilmiy-texnikaviy progress (ITP) badiiy madaniyatga kuchli ta`sir ko`rsatdi. San`at va ITP bir-biriga qarama-qarshi emas. ITP qo`ygan masalalar “hayotni go`zallik qonunlari bo`yicha” tasdiqlashni nazarda tutadi. Ikki sohani o`zaro bog`liqligi ijodiy fikrni kontsentratsiyalashda aniq ifodalangan. San`at jamiyatda ijodiy fikrning akkumulyatori bo`lib, faol ijodiy shaxsni tarbiya qililishi lozim. Zamonaviy san`at, ya`ni jahon san`ati, jahon badiiy madaniyati, bir xil emas va o`zaro keskin qarama-qarshidir. Mamlakatlar va jahon xalqlar zamonaviy san`atda universal badiiy uslub mavjud emas. Jahon san`ati o`z ijtimoiy-tarixiy tipologiyasi bo`yicha har xil badiiy madaniyatlarni o`zaro bir-biriga ta`sir etib barpo etilmoqda. Hozirgi davrda jahon san`at tarixini dialektikasiga binoan g`oyaviy-badiiy harakatlarni yaqinlashi va tuqnashi ro`y bermoqda. Ammo, bu sharoitda ayrim san`at turlari orasida uyg`un bog`lanish muammosi, yagona uslub yaratish, yaxlitlik va mukammallikni barpo etish lozimligi juda muhimdir. Zamonaviy demokratik ruhlangan rassomlar jahondagi ziddiyatlarni oqlaydigan va uyg`unlikni inqor qiladigan estetikaga qarama-qarshi insonparvar ideallarni tasdiqlamoqda. XX asr ilmiy-texnikaviy inqilob voqelik va hayotga yangi qarashlar bilan bog`liq. YAngi san`at o`tmishning ulug`ligini o`zlashtirib, ana`nalarga yangiliklarni kiritdi. San`at bilan aniqlik, tejamlik, tektonik, ravshanlik, etakchilik qilmoqda. Zamonaviy san`atning asosiy vazifasi - insonning faoliyatiga maksimal mos bo`lish va unga komfort va qanoatni hosil qilish. Korxonani ijtimoiy funktsiyalariga mos yangi uslub sanoatda ishlab chiqaradigan mahsulotlarda yangi estetik qiymatlarni hosil qiladi. Bu buyumlarda sanoat mollarnni yangi sifat printsipi mavjud: ritm, musiqalik va shakllari geometrizatsiyalanishi. Sanoat san`ati – dizayn moddiy ishlab chiqarish sohasida borlikni estetik o`zlashtirish faoliyati sifatida ishtiroq etmoqda. Hozirgi zamon – bu texnikani kuch-qudratiga tan berishdir, endi u akl va mantiqani ifodasidir. Buyumlarning funktsionalizmi va keyinroq psixologizmi zamonaviy go`zallik va madaniyatni ifodasi deb ayon etiladi. Buyumlarning funktsionalizmi va u bilan bog`liq konstruktivizm hozirgi davrda asosiy g`oya bo`lib qoldi. X1X asr kostyumidan yaratilib, zamonaviy kostyum undan butunlay farqlanadi – u sodda, oddiy, hajmi katta emas, engil, figuraga yaqinlashgan. Ammo, o`tgan asr kostyumini inqor etib, zamonaviy kostyum uni 108 printsiplarini rivojlab qo`llaydi. Siymo inson va kostyumning uygunligida hosil bo`ladi. Zamonaviy kostyum go`zal proportsiyalarni yaratmasdangina ularni ko`rsatadi. U o`zgaruvchan, egiluvchan va dinamiklik. Kostyum figurani o`zgartirmasdan uni go`zalligini namoyon etadi. Zamonaviy davr quyidagilarni talab qiladi: mukammal shaklni; figurani yaxlit tasavvur etilishini; buyumni texnikaviy jihatidan yaxshi ishlanishi; buyum figurada “yaxshi turibdi” ideali o`rniga yangi estetik ideal paydo bo`ldi – “buyum figuraga plastik moslanishi”. XX-XX1 asrlar garderobini ta`minlanishi vaqtlar sari sinalgan shakllar asosida barpo etilmoqda, ularni asosida moda yo`nalishlari yaritilmoqda, ular har doim yangi timsol tizimlari va badiiy siymolari bilan boyitilmoqda. Zamonaviy kostyumni quyidagilar tavsiflaydi: - kostyum ansamblining yorqin siymoligi; - qo`shimchalar kostyumni nimaga mo`ljallanganligini ko`rsatadi; - kiyim yagona turlarining materiallarini erkin kompozitsiyasi; - rang aktsentlarini erkin joylanishi; - ko`pfunktsiyaliigi, mavsumga mos emasligi, turlanishi kostyumni universalligi va qo`layligini ifodalaydi; - yangi kiyim turlarini yaratish va ana`naviylarni transformatsiyalash; - materiallarning qo`llanishini qayta taqsimlash; - materiallarni universalligi; - ichki kiyimlarni ustki kiyim sifatiga o`tishi; - kostyumda uzunliklar va hajmlar, va siluetlarni kontrast birikmalari, ko`pqavatlik, ko`ppog`onalik, komplektlarni notipikligi ustunlik qilmoqda; - sport uslubini etakchiligi; - uslublarni mosligi yoki kontrastligi; - uslublar, materiallar va buyum turlarini barcha yosh guruhlarida eklektik birikmalari yangi estetik sifatni barpo etdi; - kostyum elementlarini kiyish turli usullari, ulardan har xil birikmalarni yaratish; - inson garderobida bir xil mo`ljalga belgilangan buyumlar kamaymoqda. Kiyimni takomillashtirishiga majbur etadigan asosiy kuch – bu inson talablarini rivojlantirish va ularni qondirishdir. Kiyimga qo`yiladigan talablar inson – kostyum – muhit – korxona tizimida tuziladi, qayerda inson, iste`molchi bo`lgani bois tizimni loyihalashga yo`naltiriladi. Kiiym assortimentining rivojlanish tamoyillari tizimli nuqtai nazar printsiplari va o`zidan o`zi jalb etadilishi bilan asoslanadi: insonni shakllantiradigan kiyim (figurani ta`qidlaydigan yoki yashiradigan); tashqi muhit o`zgarishlariga odamni moslanishiga va rivojlanishiga imkoniyat beradigan kiyim; chiqindisiz kiyim. Kostyumnig an`anaviy turlari va bir xil materiallardan tayyorlangan kiyimlar endi insonlarning ehtiyojlarini qondirmaydi. Hozirgi davrda insonning ruhiy rivojlanishi, o`z fikrini erkin ifodalashi nazarda tutiladi. SHuningdek jismoniy rivojlanishi, o`z o`zini takomillashtirishi ro`y bermoqda. Birinchisi – insonning rivojlanishida ko`zga yaqqol tashlanadigan tengsizlikni ifodalasa, ikkinchisi – odamlarning sport bilan shug`ullanishi va korxona talablari bilan bog`liq. Kostyum assortimenti bo`limlarga parchalanishi va odamda sinalish jarayoni ro`y bermoqda. Tizimli tahlil nuqtai nazaridan bu aholining zichligi bilan bog`liq. Zamonaviy va kelajak kostyumga quyidagi talablar qo`yladi: har xil qomatli odamlarga kiyish imkoniyatini yaratish; tashqi muhitni o`zgarishiga va uslubiy yo`nalishiga mos siymoni kostyum bilan ta`minlash; insonning ahvolini tezlik bilan tiklash; materialning universalligi va konstruktsiya tuzilishalar yordamida kiyimni har xil qomatli odamlarga kiyish imkoniyatini 109 yaratish (bu talablarga rel`efli yuzalar yoki olib qo`yiladigan detallar yordamida erishish mumkin). YAngi kiyim yaratish uchun iste`molchi va korxona talablari nuqtai nazaridan loyihalash usullarni, ishlab chiqish texnologiyasini va qo`llanadigan asbob-uskunalarni butunlay qayta kurib chiqishni majbur etadigan muammolar: 1) sog`lomlashtiradigan, davolaydigan va kasalliklarni oldini oladigan kostyum uchun materiallar, shakllar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni yaratish (masalan, charchashni, ruhiy- jismoniy keskinlikni yo`qotish, jarohatni davolash, odamning harorati o`zgarishga ko`ra rangini o`zgartiradigan kiyimlar va h.k.); 2) noyob xususiyatli materiallar shakllar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni yaratish: odamni o`z-o`zidan isitadigan yoki sovutadigan material va kostyumlar; rang sezgili va yorug`lik o`tishni rostlaydigan kostyum; ovozni rostlaydigan kostyum; hidni sezadigan kostyum; odamni ovoziga javob beradigan kostyum elementlari; o`z-o`zidan tiklanadigan materiallar; belgilangan muhitda istem`olchi talablarini ta`minlaydigan kostyum; himoya kostyumlarni yaratish: o`z- o`zidan tashqi muhitning har xil zarali tahsirlaridan rad etadigan; har xil mikroblar uchun tuzoqli kiyimlar; sanitariya kiyimi – odam organizmi chiqindi moddalaridan himoya qiluvchi. 3) insonning jismoniy, ruhiy va psixik imkoniyatlarini kengaytiradigan kostyum uchun yangi materiallar, shakllar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni yaratish: aqliy va jismoniy og`irlikni engillashtiradigan yoki olib tashlaydigan (masalan, shaxtyorlar kostyumida kumirdan qo`shimchalar va o`zgarmas magnitlar yordamida bu muomala echiladi); ogohlantiradigan kostyumlar (bolalar, ko`zi ojizlar, qarilar va b. uchun); inson amalga oshirmagan (san`atga, fanga va h.k.) potentsial imkoniyatlarini yuzaga chiqaradigan kostyumlar; insonni nohush rag`batlarini ogohlantiradigan kostyumlar. 4) bir marta kiyiladigan kiyimlar: o`zidan o`zi yuviladigan, erib ketadigan, kimyoviy hodisalaridan darak beradigan kostyumlar. SHu ravshda kostyum assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilash real perspektivalar kiyimni tizimli loyihalashda o`zaro bog`liqlarni prognozlash va optimizatsiyalashganda barpo etilishi mumkin, u inson -kostyum – muhit – korxona tizimida o`zlashtirilishi lozim. Hozirgi kunda bu muammolar Frantsiya, YAponiya, AQSH, Janubiy Koreya va b. mamlakatlar Amaliylarida tadqiqot etilmoqda. Masalan, Frantsiyada chiqarilgan maxsus gazmol bir tomoni odamni isitsa, ikkinchi tomoni esa - sovutadi; YAponiyada vitamin S bilan ishlov berilgan gazlama yaratilgan, u odamni ushbu vitamin bilan ta`minlaydi (50 karra yuvilishni chidaydi), xidi bo`lmaydigan paypoqlar chiqarilmoqda (maxsus antimikrobli modda bilan ishlov berilgan); haroratga ko`ra rangi o`zgaradigan gazlama chiqarilgan, va h.k. Nazorat savollari. 1. Zamonaviy kostyum assortimentiga ITPning ta`siri. 2. Zamonaviy kostyumga qanday talablar qo`yiladi? 3. Zamonaviy kostyumni nima tavsiflaydi? 4. Kostyum assotimentining tamoyilari. 5. Kelajak kostyumga qo`yiladigan talablar. 6. YAngi buyumlarni yaratish uchun iste`molchi va korxona talablari. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling