Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
To`rtinchi guruh – “iste`molning peshqadamlari” bo`lib, ular eng novatorlik takliflarni
qabul qilishga tayyor. Kollektsiyada modellar soni ularning bahosiga qarab yaratiladi: taxminan 65% modellar – arzon guruhiga, 30% - o`rta baholi va 2-5% -qimmatlarga kiritiladi. Qimmat modellar “yuqori moda” uslubi, konstruktsiyaning noyobligi, siluetning ajoyibligi, so`nggi moda tendentsiyalari, yuqori sifatli materiallari va bezagi bilan farqlanadi. Bu guruhga “pret-a-porte” va “pret-a-porte”-lyuks turkumidagi kollektsiyalar kiradi. Ushbu guruhni modellari juda kam seriyada 5-10 dona ishlanadi. Kollektsiya qanchalik qimmat bo`lsa, unga shuncha ko`p modeller kiritilgan bo`ladi. O`rta guruh modellari qulay fasonlari, modali siluetlarni oddiyroqligi, modali materiallar va ishonchli navlari bilan farqlanadi. Arzon modellarning tashqi ko`rinishi ko`rkam bo`lishi, ushbu guruhning avvalgi modellariga nisbatan yangiligi bilan farqlanishi, yoqimli fakturali, naqshli va modaga oid rangli materiallar qo`llanishi lozim. Dizayner o`zi uchun quydagilarni aniq tasavvur etishi lozim: model konkret assortiment guruhi yoki ko`pfunktsiyali bo`lishi kerak. Bu bichim turi, gazlama va rang tanlanishi bilan bog`liq. Kollektsiya yaratilganda, dizayner haridorlarda savdo markasining obro`sini ham inobatga olishi lozim. SHunday differentsiatsiyaning zarurligi va potentsial haridorlarni ko`paytirish istagi 1980 yy. kollektsiyaning sonini ko`paytirishga olib keldi. Asosiy erkak va ayollar kiyimlari kollektsiyalariga yosh iste`molchiga mo`ljallangan va arzonroq narhda sotiladigan “parallel” kollektsiyalarni va boshqa assortiment va mo`ljalga oid kollektsiyalar bilan moda bozori qo`shimcha to`ldiriladi. Italiyalik dizayner Dj.Armani bu yo`nalishda birinchi bo`lib o`z “moda imperiya”sini kengytira boshladi. “Giorgio Armani” markali qimmatbaho ayollar va erkaklar kiyimlari kollektsiyalaridan tashqari u hozir “Manu”, “Emperio Armani”, “Armani Exchange”, “Vorgonouvo/21”, “Armani jeans” va “Armani golf” (qimmatbaho sport kiyimi) parallel kollektsiyalarini ishlab chiqarmoqda. Amalda bu yo`ldan barcha mashhur dizaynerlar ketdi. Har bir shunday kollektsiyani o`z konkret haridori bor, ularning talablarini va psixologik qiyofasini kollektsiya yaratuvchilari aniq tasavvur etishadi. Potentsial haridorlarning sonini ko`paytirish uchun ko`p firmalar har xil iste`molchilar guruhlariga mo`ljallangan 104 (konservatorlar va peshqadamlar) modellar kollektsiyasini yaratishadi. Masalan, yuqori sifatli prestij erkak kiyimlari bilan mashhur bo`lgan taniqli nemis firmasi “Hugo Boss” har bir mavsumda uch kollektsiyani tayyorlaydi. Har bir yo`nalishi ma`lum iste`molchiga mo`ljallangan: - “Boss” - muvafaqiyatli yaxshi kiyinadigan, moda bilan qiziqadigan ammo ko`zbuyamachilikka intilmaydigan ishbilarmon uchun; - “Baldessarini”-“Boss” firmasining kiyimini kiyadigan boshqalarga o`xshamaslikka intilib, detallarga, matolarga e`tibor beradi va yana uning kiyimi “zerikarli” bo`lmasligini hohlaydi; - “Hugo” – moda bilan haqiqtdan ham qiziqadigan yoshlar uchun, ular modani yaxshi bilishadi va boshqalardan keskin farqlanish uchun, qandaydir o`ziga hoslikni qidirishadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling