Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Komplektni loyihalash. Komplekt (lot. completes – to`liq) – muayyan mo`ljal va badiiy
echimga moslangan bir biriga mos kostyum elementlarning to`plami. Komplekt kostyum elementlarini o`zaro almasha oladigan ochiq tizim, unda har bir buyum mustaqil bo`lgan holda, ko`pqavatlik hos. Vaziyatga binoan komplekt kostyumni o`zgarishiga imkon beradi. Kostyum alohida buyumlar: jaketlar, yubkalar, shimlar, nimchalar, bosh va oyoq kiyimlar, aksessuarlar va taqinchoqlardan iborat. Komplektning alohida buyumlari o`z mo`ljalini o`zgartiradi (kundalikni bashangga, kundalikka oidni safarga kiyiliadiganga aylanadi va o`zgacha). SHuning uchun komplekt loyihalanganda ayrim buyumlarning qo`llanish chegarasini kengaytirish lozim. Ilk bor ansamblga al`ternativa sifatida komplekt 1920 yy sahna kostyumida qo`llangan. Konstruktivistlarning kiyim loyihalashda kombinator uslubni o`qllai komplekt g`oyasini paydo bo`lishiga mantiqiy xulosa bo`ldi. 1929 yilda model`er E.Skap`yarelli olti buyumdan iborat komplektni tavsiya etdi, kun davomida ularni o`zaro kombinatsiya qilish mumkin edi. Ommabop modada komplektlar faqat 1970 yy. tarqaldi. 1972 yilda ingliz model`erlari Lyuk va Dj.Tallis moda kollektsiyalarida bir-biriga mos yubkalar, shimlar, nimchalar, bluzkalarni namoyish etdilar. 1970 yy. iqtisodiy inqiroz davrida shunday yo`l ko`pchilikka manzur bo`ldi, chunki alohida buyumlar assortimentidan “oqilona” yoki “bazaviy” garderobni barpo etish mumkin edi. Hozirgi zamonda komplektlar modadan ansamblni mutlaqo siqib chiqardi. Endi zamonaviy insoning garderobi komplektlardan iboratdir. Iste`molchi o`z hohishiga binoan kostyum elementlari kombinatsiyalab, o`z individualligini kostyum yaratishda namoyish etishi mumkin edi. Komplekt ayrim qismlarining birligiga, odatda, rangi, shakli, bezagi, uslubning bir-biriga mosligi bilan erishiladi. Bu sifat kollektsiyani loyihalash bosqichida inobatga olinishi lozim. Hozirgi iste`molchining kiyimiga nisbatan asosiy talabi – kombinatsiyalashga imkon berish. Masalan, “Eskada” nemis firmasining mavsumiy kollektsiyalari rangi, shakli, naqsh va boshqa xossalari bo`yicha bir-biriga mos keladigan alohida buyumlar assortimentidan iborat, shuningdek, o`tgan mavsum kollektsiyasidan buyumlarni yangi kollektsiya buyumlari bilan bemalol qo`shish mumkin. Kollektsiyaning barcha qismlari uslub bo`yicha bir-biriga mos bo`lishi mumkin, ammo 1970 yy. kostyumda “diffuz uslubi” paydo bo`ldi. Bu uslubga binoan kostyumda har xil uslublar aralashib ketdi: masalan, klassik pidjak “fol`k” uslubidagi qo`sh burmali yubka bilan, klassik shimni esa sport uslubidagi kurtka va romantik bluzka bilan qyildi. Zamonaviy komplektlarda ko`pincha har xil uslubdagi, turli rangli, naqshli materiallardan ishlangan buyumlar qo`lanadi. 1990 yy. boshida shunday aralashmalarga “birikmaydigan birikmalar” degan nom berildi. 1990 yy. komplekt tizimida kiyim kiyshning yangi usullari paydo bo`ldi: u kompozitsiyani pala-partishligi, buyumning qomatda erkin o`tirishi, buyumni bir tomonga siljishi, taqilmasi yoniga yoki orqasiga siljishi va h.k. bilan farqlanadi. Odatda, komplektlar har xil fakturali materiallardan qilinadi. Komplektlar quyidagi qismlardan tuziladi: pal`to (uzundan kaltagacha), turli shaklli shimlar, sviterlar, ko`ylaklar va h.k. 1998-1999 yy. komplektni barcha elementlari bir xil yoki o`xshash ranglarda qilingan. 2000-2002 yy. qarama-qarshi rang va har xil buyumlarning birikmalari paydo bo`ldi va 1970 yy. “piyoz” uslubni eslatadigan ko`pqavatlik tendentsiyasi namoyish etildi. Ammo, odatiy kostyum elementlarini yangi usulda kiyish uchun qidiruv tendentsiyasi saqlanib qolgan edi. 101 Nazorat savollari. 1.YAgona buyumlar loyihalash zaruriyatiga nima sabab bo`lgan? 2. Ansambl` atamasining mohiyati. 3. Ansambl` yaxlitligigi qanday erishiladi? 4. Komplekt atamasining mohiyati. 5. Komplekt yaxlitligi qanday erishiladi? 6. Komplekt bilan ansambl` qanday farqlanadi? Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling