Ajiniyoz nomidagi
Ma`ruza-16 YAgona buyumlar, komplekt, ansambl` loyihalash asoslari
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ma`ruza-16
YAgona buyumlar, komplekt, ansambl` loyihalash asoslari Reja: 1.YAgona buyumlar loyihalash asoslari 2. Ansambl` atamasining mohiyati. 3. Ansamblning yaxlitligi. 4. Komplekt atamasining mohiyati. 5. Komplekt yaxlitligi. 7. Komplektni va ansamblni loyihalash asoslari Tayanch iboralari: loiyhalash, ansambl`, komplent, mohiyat, yaxlitlik, bosqichlar, sanoat, baho, tarkib,. Adabiyotlar: 4 Kostyum dizayni – buyum muhitini echimlaridan biri, ya`ni kostyumni loyihalashdir. Kostyumni loyihalash ob`ekti – yagona bo`yumlar, komplekt, ansambl` va kollektsiya bo`lishi mumkin. Turli assortimentli yagona buyumlarni loyihalash zaruriyatini kelib chiqishiga quiydagi sabablar bo`lgan: - tikuv buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarning tor ixtisoslashganligidir (ustki kiyim, ichki kiyim, engil ko`ylaklar); - zamonaviy iste`molchi o`z garderobini asosan bir-biriga mos alohida buyumlardan tashkil etishi; - zamonaviy modani demokratizatsiyalanishi, modada ko`p funktsionalli kiyimni va iste`molchi erkin kiyim tanlashni tavsiya etilishi; - zamonaviy iste`molchining psixologik turi individualligi, turmush tarzini tez o`zgarishi sababli zamonga mos bo`lishni, tashqi 99 ko`rinishini vaziyatga binoan tez o`zgartirish imkoniyatini ta`minlashni talab qilishi. Odatda, sanoat korxonalarida katta yoki kam seriyada ishlab chiqariladigan alohida buyumlar loyihalanadi. Buyumning loyihasi iste`molchining tipik qomatiga mo`ljallanadi, umumiy konstruktsiyalash usuli bo`yicha chiziladi va ommabop talablarga mos bo`lishi nazarda tutiladi. YAgona buyumlar loyihalanganda ularing uslubiy echimlari, materiallari, rangi, fakturasi, kompozitsion echimlari va h.k. bir biriga mosligi nazarda tutilishi lozim, chunki ulardan iste`molchi o`z hohishiga binoan komplektni barpo etadi. YAgona buyumlar insonning didiga ko`ra buyumlarni tanlashiga va o`ziga hos badiiy siymoni yaratishga imkon beradi. Ansamblni loyihalash. Ansambl` (fr. ensemble – birga, baravariga) – muayyan badiiy g`oyaga bag`ishlab yaratilgan, elementlarining o`zaro bog`liqligini, kiyim va qo`shimchalarining bir- biriga bo`ysunganligi e`tiborga olingan, ma`lum inson va mo`ljal uchun yaratilgan badiiy siymo aks etgan alohida buyumlar to`plamidir. Ansambl` kostyum qismlari, silueti, proprtsiyalari, rangi va bezagining o`zaro mosligi va organik bir-biriga bog`liqligi bo`yicha birligini nazarda tutadi. U kiyim, poyabzal, bosh kiyim, soch turmagi, bezaklar, qo`shimchalar va grimdan iborat yaxlit butunlik bo`lib, xech qanday o`zgarishlarni ko`zlamaydi. Har qanday elementni qo`shish yoki birortasini olib qo`yish uning yaxlitligini barbod etadi. Ansambl` ko`pqavatlik, uning barcha qisimlarini bir yo`la kiyilishi mujassamdir. Ular o`zaro bog`langan va bir biriga bo`ysungan. Ansambl` tizimiga quidagilar kiradi: bashang liboslar, tuy libosi, maxsus mo`ljal uchun kostyum, sahna kyimi va b. YAxlitlik va nihoyasiga etkazilgan, zamonaviy kostyumda doimo estetik kriteriy bo`lgan. Ma`lum mo`ljal uchun yaratilgan kostyum barcha qismlarining rangi, naqshi, bezagi va b. xossalari bir-biriga mos bo`lishiga intiladi. Masalan, XVI asrda Angliyada saroy xonimlari ko`lagining engi va ichki yubkasi bir xil gazlamadan qilinardi. Ammo sof ansambl` XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida “Modern” davrida (1890-1900 yy.) barpo etilgan. XX asrda ansambl` kuter`elar uchun o`ziga hos “cho`qqi” bo`ldi. Ular shaxsiy buyurtma bo`yicha kostyumni butunlay yaratishgan. An`anaviy modellashda kiyim ansamblining loyihalash siymoni badiiy ifodaligiga erishishga eng yuqori nuqta deb hisoblanadi. Ammo XX asr davomida ansambl` to`g`risida tasavvur o`zgardi. Maslan, 1920 yy. ansambl`ning echimi kostyumda rang birligini nazarda tutadi: ko`ylakni rang toniga shlyapa, qo`lqop, tufli, sumka, soyabon va b. tanlanadi; ko`ylak bezagining rangi qo`shimchalarning rangida takrorlanadi. 1930 yy. “Buyuk turg`unlik” sharoitida shunday isrofgarchilikka imkon bo`lmadi, qachonki har bir ko`ylakka maxsus shlyapa, tuflini va b. talab qilinardi. Bu davrda kostyumning yaxlitligini qo`shimchalar birligi yordamida echishgan: sumka, tufli, qo`lqoplar, shlyapa bir xil rangda bo`lishi lozim, ammo bu garniturni har qanday ko`ylak bilan kiyish mumkin edi. Masalan, qora tufli, shlyapa va qo`lqopni och rangli ko`ylak bilan kiyish mumkin edi. Hattoki, ikkinchi jahon urushi davrida ham ansambl` o`rnini saqlagan, masalan, tyurbanni bluzka yoki sumkani matosidan qilishga ishlatishgan. Ansamblning haqiqiy triumfi “New look” davridan boshlangan. K.Dior yaxshi didni aniq qoidalarini elegant ayol siymosini qaytirib belgiladi. Ko`ylakka munosib shlyapa, qo`lqoplar, sumka va bijuteriyalar bilan kiyilishi lozim bo`lgan. K.Diorning fikri bo`yicha “shlyapasiz ayol to`liq kiyinmagan”. 1960 yy. modasida ham ansambl` saqlangan. Masalan, A.Kurrejning modalarida qo`lqoplar va bosh kiyimlar ko`pincha bir xil gazlamadan ishlangan. Ammo 1960 yilning ikkinchi yarmidan ko`cha modasida, ayniqsa yoshlar submadaniyatlarida, ansambldan voz kechish sezildi. Masalan, xippilar har xil uslublardagi 100 kiyimlarni erkin aralashtirib, astoyidil orastalik va puxta o`ylangan kostyumlardan voz kechishgan. 1970 yy. ansamblning o`rnini komplekt egallay boshladi. Zamonaviy modada ansambl` g`oyasi ko`proq real hayotda emas, faqat podiumda qoldi. Kiyimda qo`laylik, komfort va funktsionallikni talab qilinishi, ansambl` to`g`risida avvalgi tasavvurini eskirtiradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling