Ajiniyoz nomidagi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

Ko`zoynaklar.  Aksessuarlar  orasida  ko`zoynaklar  muhim  rol`  o`ynaydi,  Ko`zoynak  bu 
faqat  ko`rish  uchun  korrektsiya  vositasigina  emas,  balki  kattalar  va  bolalar  kiyyadigan  modali 
aksessuardir. 
Evropada  ko`zoynaklar  chamasi  1300  yilda  paydo  bo`lgan.  Ammo,  tarixchilar 
ma`lumotiga ko`ra ular SHarq Osiyoda ancha ertaroq ma`lum edi. Faqat amaliy funktsiyaga ega 
bo`lib,  ular  juda  tez  modali  bezak  bo`lib  qoldi  va  modaga  bo`ysunib,  har  xil  o`zgarishlarga 
yo`liqdi: oynaklar shakli va kattaligi, qo`llangan materiallari, gardishining shakli va rangi. 
Tarixning ba`zi davrlarida ko`zoynaklar modaning alomati bo`lgan. Masalan, XVII asrda 
erkaklar yorqin rangli katta ko`zoynak kiyishgan, XVIII asrdan boshlab zodagonlar lornet (zanjirli 
qo`l dastali ko`zoynak), zobit 


94 
 
va elchilar  monokl`ni  (oltin  gardishda  oynak  yoki  u siz tasmada  bir  ko`zga  kiyiladigan  ko`zoynak) 
afzal ko`rishgan. 
XIX  asrni 
o`rtasida 
pensne 
(bandi 
yo`q 
qansharda 
turadigan 
ko`zoynak) 
paydo bo`lgan. 
XX  asrda  modaga  quyosh  nurlaridan  himoya  qiladigan  qo`zoynaklar  paydo 
bo`lib, kostyumning ajralmas qo`shimchasi bo`ldi. 
Ko`zoynaklar  –  ko`zga  tashlanadigan  aksessuardir.  Ular  yordmida  yuzga  sirlik,  fitnalik, 
seksuallik, himoyasizlik, intellektual diqqat-e`tiborni, aristokratik sharmni jalb etish mumkin. 
Ajoyib  gardishli  va  oynakli  ko`zoynaklar  zargar  buyumlar  qatorida  kechki  tantanali 
marosimlarda kiyish mumkin. 
Ko`zoynakni hozir faqat yaxshi ko`rishgagina emas, o`zini tashqi ko`rinishini o`zgartirish 
uchun  ham  kiyishadi  (masalan,  burunning  shaklini,  yuz  ovalini  va  b.).  Demak,  yuzning 
qandaydir nuqsonlarini ko`zoynak yordamida korrektsiya qilish mumkin. 
Ko`zoynakning  ajoyib  nozik  shakli,  gardishining  shakli,  rangi  va  fakturasi  yordamida 
salobatlilik va kurkamlikka erishish mumkin. 
Quyosh  nuridan  saqlaydigan  va  ayniqsa  sportga  oid  ko`zoynaklar  loyihalanganda, 
dizaynerning plastik anatomiya sohasidan, cherep suyaklarini va  yuz mushaklarini tuzulishidan 
bilimi  bo`lishi  lozim.  Undan  tashqari  ko`zoynakning  konstruktsiyasi  mustahkam,  engil,  qo`lay 
va xafsiz bo`lishi kerak. 
YOshlarning  ko`zoynaklari  quyosh  nuridan  himoya  qiladigan,  sprotga  oid  va  dekorativ 
bo`lishi mumkin. 
Dekorativ ko`zoynaklar konstruktsiyasi va bezagi stilli bo`lishi kerak. Masalan, gardishi 
gazlama,  mo`yna  bilan  qoplangan,  gul  shaklida,  stilizatsiyalangan  qushlar,  hayvonlar  va 
munchoqlar  bilan  bezatilgan,  oynaklari  esa  xilma-xil  shaklli,  har  xil  materialardan  (shisha  va 
plastmassa)  va  rangi  turli  (yashil,  chigar  rang,  xavo  rang  va  b.),  rangi  yorug`likka  nisbatan 
o`zgaradigan (“xameleon”) bo`lishi mumkin. 
Dumoloq,  ovalsimon,  kvadrat,  to`g`riburchak,  tomchisimon,  mushuk  yoki  nenachani 
ko`ziga  o`xshagan,  chuzilgan  tor  tasma  turida,  gardishi  yoki  u  siz  –  bu  zamonaviy  modali 
ko`zoynaklar shakli. 
Rangi  tepasidan  pastka  qarab  to`qdan  ochga  o`tadigan  gradient  linzalar  tavsiya  etiladi. 
Linzalarning rangi qora, to`q-ko`k, to`q-kul va jigar ranglar. 
Gardishsiz  ko`zoynaklar  –  niqoblar  shakli  payvndlovchining  ko`zoynagini  eslatadi, 
ba`zilari burun va qoshni ham berkitadi. 
YAna bir yangilik – cho`zilgan gardishlar hattoki qo`loqgacha etadi. Qo`sh burma va turli lentalar 
bilan bezatilgan romantik gardishlar ham moda bo`ldi. 
Gardishlar  har  xil  rangli  va  razmerli  strazlar  bilan  bezatilgan:  korall,  feruza  kabi  sun`iy 
toshlar  firma  logotipi  shaklida  terilgan.  Gardishning  rangi  qora,  ko`k,  to`q  qizil,  jigar  rang,  oq 
yoki  qaxrabo  toshi  rangida  tavsiya  etilgan.  Gardish  uchun  materiallar  ana`naviy  pastik+metall, 
ba`zilari esa ekzotik charm, kofe yoki atirgul qimmatbaho yog`ochdan qilingan. 
Quloqqa  taqiladigan  zaushniklar  qo`lay  va  funktsional  yoki  qiziqarli  qilingan.  Qulay 
zaushniklar keng qilinib, soch uchun ham gardish sifatidda foydalanadi. Bunday ko`zoynaklarni 
asosan  yassilari  qo`laydir,  soch  turmagini  buzmas  uchun.  Qiziqchi  zaushniklar  yassi  yoki 
dumoloq, dekorativ detallar bilan ser bezatilgan, ba`zan qalin simga o`xshaganlari tavsiya etiladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling