Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Belbog` va kamarlar. Ular kostyumniing ajralmas qismi bo`lgan. Ibtidoiy davrda
belbog` va kamarlar psixologik funktsiyani bajarib, ya`ni yovoiy ruxdan saqlash vositasi bo`lgan. Qadimdan belbog` tanani tepa va pastki qismlarga ajratib, insonda ham ihtimol yuqori va past mohiyatini ajratar edi. Ezoteriklar bilimi bo`yicha belbog` odamni ikki muhitga bo`lar ekan: belbog`dan yuqori tana qismi insonni Kosmos bilan, pastki qismi esa Er bilan bog`laydi. Ularni fikri bo`yicha erkaklar kosmik, ayollar esa er moxiyatiga ega. Qadimdan enida hattoki kiyimi bo`lmasa ham belbog` kiyishardi. Belbog`larni atributiv va ramziy ma`nosi halqlarda va vaqt sari har xil bo`lgan. Qadimiy tsivilizatsiyalarida belbog` – bu gazlama yoki charmdan tasma yoki to`qilgan o`tdan qilinib, jamiyatda insonning o`rnini, unig boyligini, hayotida o`zgarishlarni va b. tomonlarini aks etardi. Krit orolida, Qadimiy YUnoniston va Rimda belbog` juda muhim qismi bo`lgan: uydan belbog`siz chiqish odobsizlik deb hisoblanardi, faqat raqqosalar va geteralar xitoninii belbog` bilan bog`lamasligi mumkin edi. Odatda belbog`ga peshband, qurol, va b. buyumlar qistirilardi. Gomerning “Illiada” poemasida “bel bog`lash” janga tayyorlanishni ifodalardi. Belga qilich, pichoq, kamon, otish quroli va b. qistirilardi. Slavyan xalqlarda (G`arbiy Ukrainada) qalin charmdan, yashirin chuntakli, bosma bezakli, kumush va mis to`qalar va tugmalar bilan bezatilgan eni keng kamar o`ziga xos korset va yashirin chuntak bo`lmasdangina tumor rolini o`ynagan. Mo`g`il charvodarning zaruriy buyumi belbog` “bus” bo`lgan. Ularda “bustoy” erkaklar sinonimi edi, ayollarniki esa – “busg`uy” (“belbog`siz” ayol) bo`lgan. Ba`zi arab malakatlarida o`spirin voyaga etganda belbog` bog`lashadi. Agar belbog`i tuya junidan bo`lsa u 15 yoshga kirganini aks etardi. Eskimoslar unashtirish marosimda kuyov kelinga ovlangan ivlasin bilan (oq ayiq va morjning oldingi tishi) bezatilgan belbog`ni sovg`a qilardi. Slovakiya o`spirini bozorda qimmatbaho belbog` sotib olardi, aks holda qizlar unga e`tibor bermasdi. Belbog`ga pul soladigan chuntaklarni qistirishardi. Ozerboyjonda belbog`ga oltin tanga tikishardi va u avloddan avlodga o`tardi. Rus dehkoni belbog`siz yurish uyatli hisoblangan. Insondan belbog`ni olib tashlash shaniga insod keltirishni bildirardi. Qadimiy odatga ko`ra fol ochganda belbog`ni echish zarur edi. YAngi to`g`ilgan chaqaloqka belbog`ni hadya kilishardi. CHo`qintirgandan so`ng qizlarga belbog` bog`lashardi. Maitni ham belini bog`lashardi. Rus qishloq qizlari sevgan yigitiga duolar, sevgan ismlar, nasihatlar, o`g`itlar kashtalangan belbog`larni sovg`a qilishardi. Volga bo`ylab qishloqlarda belbog`da so`zlar to`qishardi. To`qilgan so`zlar soni bo`yicha belbog`ga nom berilardi: bir so`zli, ikki so`zli, uch so`zli, to`rt so`zli. Ayollar belbog`ni ko`krakni tegidan bog`lashardi, erkaklar esa – belidan pastroq. Belbog`lar eshilgan shoyidan qilinib, shokila va popuklar bilan bezatilardi. Kundalik belbog`ga qinda pichoqni osib qo`yishardi. Kaftan, pustin va choponlarini keng uch metrli jun yoki shoyi belbog` – kushak bilan bog`lashardi. Kushak Rossiyaga SHarqdan kelgandi (ko`shak turkcha so`z). O`rta Osiyoda erkaklar ko`ylak va choponini belbog` (charm yoki gazlamadan) yoki chorsi (qiyiqcha) bilan bog`lashadi. Ba`zan beliga baravariga bir nechtasini bog`lashadi. Odatda qarilar - oq, o`rta yoshlar - ko`k, yoshlar – qizil, sariq, malina rangli belbog`ni kiyishardi. Belbog`ni taxlamlariga pul, tamakidon, yo`lga olingan nonni, mayda buyumlarni solishadi. Belbog` bilan nomoz oldidan yuzini artishadi, u joynomoz yoki dastarxon sifatida ham bo`lishi mumkin edi. CHorsini boshiga salla qilib o`rashardi. Bo`yindagi ro`molni uchi pastka qarab osilib to`rsa g`am yoki dunyodan voz kechkanligini ko`rsatardi. Motam kiyimda ayol va erkaklar choponni ustidan bel bog`lashardi. Ayollar odatda belbog` kiyishmagan. O`rta asrlarda kasbni egallagan o`quvchiga belbog` bog`lashardi. 91 Janubiy–SHarqda YAponiya va Xitoyda ayol va erkak liboslarida belbog`lar bo`lgan. YAponiyada erkaklar belbog`ini kimononi o`stidan belidan sal pastroq kiyishgan, kundalik kiyimda uni uchui pastga qarab bog`lashadi, bashang kiyimda esa - uchlari yuqoriga qaratiladi. Ayollar kimononi ustidan ko`kragidan sal pstroq baravariga 3-7gacha belbog` kiyishadi. Ayollar belbog`i-obi uchun gazlama aloxida to`qiladi. Evropa o`rta asrlarida belbog`ning ramzi o`zgacha bo`lgan. U farovonlik va faxriylik, qadr-qiymatlik va iffatlik, er-xotin vafodorlik timsoli bo`lgan. Foxisha ayollariga belbog` kiyish man etilgandi. Musulmon sharqida charmdan kamar nasroniylarni farqlovchi belgisi bo`lgan, chunki ular xarom chuchka terisidan qilinardi. Musulmonlarning belbog`i gazalamadan qilinardi. XIII asrda sovut yoki xarbiy plashchni ustidan qilichni qistirish uchun beldan pastroq belbog` dupsinni kiyishgan. XIV asrni ikkinchi yarmida bu keng belbog` zar bilan bezatilardi, burgundlar modasida esa belbog`ga turli buyumlar (xamyon, oynani) qistirishardi. XV-XVI aa. quroli maxkamlangan gazlamadan keng belbog`-bandel`eni kiyishgandi. XVII asrda bandel`e shpagani olib yuradigan kavalerning modali aksessuari bo`lgan. XVII asrda Rossiyada belbog`siz yurish beadab xisoblanardi. Belbog`ni boy va qambag`allar kiyishgan. Boylarning belbog`lari qimmatbaho matolardan qilinib, ser bezatilardi. Ingichka belbog`ni ko`ylakni, kengini esa – kaftanni ustidan kiyishardi, ular bilan tugma va qo`yma qatorida fahrlanashardi. Belbog`lar yaxshilik va sermazmunli sovg`a sifatida hisoblanardi. XX asrga qadar belbog`siz yurish sharmandalik timsoli bo`lgan, insondan kamarni echish uni isnod qilingaligini aks etardi. XX asrda kostyum kopozitsiyasida belbog` muhim o`rinni egalladi. Ular uslubni yaratadigan kostyum elementlaridan biridir. Belbog`lar va kamarlar har xil materiallardan qilinadi, bezaklari va taqilmalari ham xilma-xil. Konstruktsiyasi va kiyish usuli bo`yicha ular bog`lanadigan va taqilmali. YOshi, jinsi, ijtimoiy holidan qat`iy nazar belbog` va kamarni xozir hamma taqadi. Uning asosiy vazifasi – kiyimni ushlab to`rishdan tashqari, u tanani kamchiliklarini yashiradi, komadni kelishgan, batartib qiladi, ayol belini go`zalligini namoyon etadi. Umuman, xozirgi modada belbog`larni guruhlarga bo`linishi shartlidir. Masalan keng belbog`ni xohlansa nimcha, korsaj, korset, mini-yubkaga aylantirish mumkin. Kamar va belbog`ni kiyish uchun ma`lum qoidalarni bilish kerak. Masalan, erkaklar kostyumida klassik qonuni bo`yicha kamar rangi poyabzal rangi bilan bir xil bo`lishi lozim; to`qasining va boshqa furnituralarni materiali soat materiali i rangiga mos bo`lishi lozim; poyabzal va qo`lkop kabi qora kamarlar rangli sport kiyimida qo`llanishi mumkin; smokingni shimiga asosiy gazlamadan kushak bo`lishi kerak. Ayollar kostyumida kamar rangi odatda sumka va tuflini rangi bilan moslanadi, dizayni esa bezaklar bilan o`yg`unlashadi. Ammo zamonaviy moda demokratik va o`zgacha bo`lgani bois, yuqoridagi qonunlari faqat etiket qoidalariga ko`ra va rasmiy sharoitda rioya qilinadigan bo`ldi. Xozir dizaynerlani va iste`molchilar e`tiborida har xil belbog`lar: dekorativ, funktsional, harbiy, etnik, avangard, militari uslubida va b. Kamarlar uchun asosiy material – charm. Ular perforatsiya, tuqa, tunog`ich, metall pistonlar, zaklyopkalar, shokila va popuklar, bosma naqshlar, zanjir, strazlar va b.bilan bezatiladi. Ularga al`ternativ materiallar sifatida plastik, metall va tekstil` qo`llanadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling