Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ikkinchi bosqichda (loyixalash va modellash) shakllantirish usullarni aniqlashda
tadqiqotlarning natijasini amalga oshiriladi. Bu bosqichda kollektsiyaning g`oyasi materialda ifodalanadi. Kollektsiyaning g`oyasi yuqorida ko`rsatilgan talablarga binoan konkret modellarda amalga oshiriladi. Bu holda yuqori moda, “pret-a-porte” va sanoatga oid kollektsiyalar yaratilganda albatta ularni o`ziga hos spetsifikatsiyalari inobatga olinadi. Frantsuz kutyur`esi K.Dior “Kristian Dior va men” nomli o`z asarida yuqori moda kollektsiya yaratish ketma-ketlikni bayon etgan. Bu kitob chop etilgan vaqtda yuqori moda yaratishda K.Diornning usuli ana`naviy bo`lmagan. U modellashni gazlamadan emas, eskizdan boshlagnan. Ammo, keyinchalik yuqori moda uylarida yangi g`oyaga qiziqish etakchi rol` o`ynaydigan bo`ldi va kollektsiya yaratishda K.Dior tavsiya etgan bosqichlar ana`naga aylandi. K.Dior kollektsiya yaratish uchun ketma-ketlikni tavsiya etgan bosqichlari ana`naga aylandi. “Studiya” deb nomlangan birinchi bosqichda: - tabiiy va boshqa shakllarning assotsiatsiyalari asosida bo`lajak kollektsiyaning ilk homakilari ishlanadi va modellar eskizlari yaratiladi - bo`lajak kollektsiyaning g`oyalari muhokama qilinadi, eng yaxshi eskizlar tanlanadi va kollektsiyaning asosiy g`oyasiga binoan qo`ldan chiqariladi, tanlangan eskizlar asosida modellar maketlari ishlab chiqariladi, bezak turlari tanlanadi. Bitta eskiz bo`yicha gazlamadan bir necha maket yaratish mumkin va ularning ichidan eng yaxshisi tanlab linadi; - kollektsiyaning modellari maketlari muhokama qilinadi va eng so`nggi tanlov qilinadi. “Ustaxona” deb nomlangan ikkinchi bosqichda: - kollektsiya namoyish etish uchun reja tuziladi; - modellarni namoyish tartibi aniqlanadi; - namoyish rejissurasi aniqlanadi. “Salon” deb nomlangan uchinchi bosqichda modellar kollektsiyasi iste`molchilarni nazorat guruhida sinab ko`riladi. To`rtinchi bosqichda yangi kollektsiyaning reklamasining asosi loyihalanadi. Sanoatga oid ommabop kollektsiyani loyihalash. Eskizlarni yaratish avval kollektsiyaning kollektsiyaning kontseptsiyasi, assortimenti, hom ashyosi, modellarni nimaga mo`ljallanganligi aniqlanadi. Biririnchi bosqich –“yaratish”. Bu bosqichda bo`lajak kollektsiyaning muayyan rang gammasi, konkret matoga, etakchi siluet (siluetlar) va kollektsiya uslubiga mos eskizlari ishlanadi. Ikkinchi bosqich - kollektsiyalarni rejalashtirish. Kollektsiyada modellar soni aniqlanadi, ular muayyan firmaning baholash siyosati, taqsimlash usullari, bir yilda chiqarilgan kolletsiyalar soni bilan bog`liq, keyn matoda qilinadigan modellarning dastlabki tanlovi o`tqaziladi. Uchinchi bosqich- modellarni ishlab chiqish. Eskiz asosida kollektsiya uchun gazlama tanlanadi modelning konstruktsiyasi tekshiriladi, nuqsonlari tuzatiladi. Modelning konstruktsiyasi ko`pincha konstruktiv modellash usuli yordamida bajariladi. Keyin manekenshchitsalar uchun matodan model tikiladi. 105 To`rtinchi bosqich – modellarni tanlash yoki kollektsiyani “o`toq” qilish – rasmiy namoyishdan avval modellar tanlanadi. Odatda tanlovda kompaniya direktori, sotuv bo`limlimning hodimlari va asosiy buyurtmachi qatnashadi. Talab tendentsiyalari bo`yicha ma`lumotlar asosida eng foydali va muvafaqiyatli modellar tanlanadi. SHu bilan birga manekenshchitsalarning fikri albatta inobatga olinishi kerak. Tanlash usullari firmani siyosatiga bog`liq, ammo har qanday holda kollektsiyadan bir necha modellar qoladi, ular ham baholanadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling