Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Beshinchi
bosqich – andozalarni ishlab chiqish. Andazlarni ishlash qimmat bo`lgani bois, ular kollektsiya batomom ishlab chiqilgandan so`ng qilinadi. Komp`yuter texnologiyalarni qo`llanishi bu bosqichda harajatlarni ancha kamaytiradi. Oltinchi bosqich – korxonada ishlab chiqarish. Dizaynerlar kollektsiyasining seriyasi tikiladi, modellar seriyasi soni firmaning baholash siyosati bilan bog`liq. Ettinchi bosqich - kollektsiyani taqsimlash va reklamasi. Bunda nafaqat savdo muassasasining hodimlarigina emas, balki sanoatga oid ko`rgazma va yarmakalarda, firma reklama va ommaviy axborot vositalar hodimlari faol qatnashishlari lozim. “Rret-a-porte” sanoatga oid kollektsiyasini yaratishda bir necha tafovutlar mavjud. Bu holda ishlab chiqarish bosqichiga kollektsiyani dastlabki namoyishdan so`ng kirishladi. Dizaynda modellar namoyishi reklamaning ilk va asosiy shakllaridir, modali mansabga erishish uchun dizaynerlar orasidagi raqobat kurashida kuchli reklama vositadir. “Rret-a-porte” xaftasi doirasida o`tkaziladigan modellar namoyishida (Parij, N`yu-York, Milan, London, Barselona, Dyussel`dorf, Moskva, Sankt-Peterburg) eng avvalo matbuot hodimlari (atoqli fotosuratchilar, moda jurnallari muharrirlari, moda sharhlovchilari) va savdo hodimlari taklif etiladi. Namoyishdan so`ng bayerlar (yirik univermag va butiklar uchun modellarni sotib oladigan mutaxassislar) firmalar bilan shartnomalar tuzadi. Bundan so`ng kelgusi mavsumga tanlangan modellarni ishlab chiqaradigan tiraji aniqlanadi. Undan tashqari “Rret-a-porte” kollektsiyasi perspektiv kollektsiya bo`lib, sanoatga oid ommabop kollektsiyalar uchun “prognoz” va “dastur” bo`ladi. Perspektiv kollektsiyani loyihalashda quydagi asosiy vazifalar bajariladi: - bo`lajak iste`molchilarning o`ziga va modaga munosabatini inobatga olib, yangi siymoni yaratish (uch komponentlik o`zgartirish qonuninga binoan uchdan ko`p etakchi kollektsiyaning siymosi taqdim etish tavsiya etilmaydi); - ana`naviy va noana`naviy assortimentni rang va plastik echimini yaratish; - yangi materiallar va furnituralarni kollektsiyalarda qo`llash; - kollektsiyani fazoviy shakllarini belgilaydigan etakchi siluetlarni aniqlash; - yangi texnolgiyalarni va uslubni ifodalaydigan bosh kiyimlarni, poyabzalni va aksessuarlarni loyihalash; - modaning yangi tamyilarini ifodalaydigan kollektsiyaning bazaviy shakllari uchun konstruktiv asoslarini ishlash; - modellarni ishlashda progressiv texnologiyalarni qo`llash; - reklama, yangi kollektsiyani namoyish etish uchun stsenariy tuzish, modellarni tanlash, namoyish siymolarini yaratish (soch turmagi, grim va b.), musiqa tanlash, namoyish uchun joy tanlash va b. Sanoatga oid kollektsiya bir qator assortiment kollektsiyalaridan iborat, chunki zamonaviy ommabop modada komplektlar ustunlik qiladi, alohida assortimentning ommabopligi saqlangan holda. Assortiment kollektsiyasini ustidan ishlash o`ziga hosligiga ega va quyidagi bosqichlaridan iborat: - ehtiyojlarni qondirish uchun muayyan assortimentning me`yorini aniqlash; - muayyan assortiment kollektsiyaning iste`molchilarning yosh va razmeri, to`lalik guruhlarini ko`rsatkichlarini aniqlash; 106 - perspektiv kollektsiyaning etakchi siluetlariga binoan iste`molchilarni moda ehtiyojlariga mos siluetlarni aniqlash. Buning uchun taqdim etiladigan kollektsiyalarda yangi modellar qatorida klassik va horijiy modellar bo`lishi lozim; - tavsiya etilgan siluetlariga materiallarni tanlash; - siluet shakllarning konstruktsiyasini ishlab chiqish; - bazaviy tarkibning model elementlarini bilan to`ldirish natijasida konstruktiv asosini ishlash. Natijada bitta konstruktiv asosida mini-kollektsiya barpo etiladi. Bir necha shunday mini-kollektsiyalar qo`shilishidan assortiment kollektsiyasi paydo bo`ladi. Sanoatga oid kollektsiyani loyihalash bosqichida unifikatsiya va standartizatsiyani qo`llab, kiyimning elementlarini konstruktiv- texnologik uzellari va detallari katalogini tuzish kerak. Bu yangi modellarni ishlab chiqarish jarayonida vaqt va vositalarni tejaydi. O`rta va kichik biznesning mobilligi qo`shimcha ustunlikni yaratadi, chunki bozor kon`yukturasi tez o`zgaradi. Kichik korxonalarda yangi modelgi potokka kiritish ikki hafta vaqt oladi: bir hafta ishlab chiqarishga va yana bir hafta nazorat ishlarini olib borishga (kichik Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling