Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
YAngi kollektsiyalar ustida ishlash. YAngi kollektsiyalar yaratish uchun quidagi tartib
nazarda tutiladi: - modaning prognozi asosida perspektiv moda kontseptsiyasi tuziladi, ya`ni materiallar kollektsiyasi, ularning tarkibida tendentsiyalar va modali rang gammasi mavsumdan bir yarim yil oldin materiallar salanida namoyish etiladi (masalan, “Premer Vision” Parij salonida va Frankfurt-Maynda “Intershtoff” materiallar yarmarkasiida); - yuqori modani perspektiv kollektsiyalari yaratiladi, ular mavsumdan yarim yil oldin namoyish etiladi; bahor-yoz mavsumi uchun – yanvarda, kuz-qish uchun – iyulning oxiri avgustning boshida (garchi unda tavsiya etilgan uslublar va ommabop modadagi tendentsiyalar anga kechroq amalga oshishi mumkin), va shuningdek “pret-a-porte” kollektsiyalari mavsumdan etti-sakkiz oy oldin namoyish etiladi: bahor-yozgi - sentyabr`-oktyabrning boshida, kuz-qishgi – fevralda yaratiladi va ishlab chiqariladi; - sanoatga oid ommabop kollektsiyalarini yuqori modada “pret-a-porte” kollektsiyalarida taqdim etilgan perspektiv tendentsiyalari rivojlaydi. YAngi uslublar ommabop va perspektiv kollektsiyalarida taqdim etilagandan so`ng, taxminan 1,5-2 yildan keyin ishlanadi, ba`zi undan ham kechroq. Erkaklar modasining tendentsiyalari to`g`risida shuni ham aytish mumkin-ki, u ayollar modasiga nisbatan 1,5-2 yilga “kechikadi”. Sanoatga oid ommabop kollektsiyani ishlab chiqarish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Ishlab chiqarishning birinchi bosqichida (loyihalashda dastlabki tadqiqotchilar bosqichi) quyidagi ishlar qilinadi: - iste`mol va talabning ob`ektiv omillarini o`rganish: aholining daromadini, chakana savdoni, to`lov oborotini, aholining jon boshiga daromad darajasini va b. dinamikasi; - iste`molchining tipologik xossalarini aniqlash (marketing tadqiqotlari); - iste`molchining aniqlangan talablarini va iste`molchilar guruhining baholi orientatsiyasi bilan o`zaro bog`liqligi. Yirik kompaniyalarda dizayn strategiyasining tadqiqot etish uchun maxsus tashkilotlari mavjud, ular istemochilarning talablarini va xulqini tahlili bilan shug`ullanadi va firmaga oid uslubni, muammolarni aniqlashadi. Bu tadqiqotlar ijrochilar uchun loyihalash jaryoniga asos 103 bo`ladigan tavsiyalarni berishadi (iste`molchilar guruxi, tablab qilingan kollektsiya uslubi, assortimentning afzal turlari, buyumlarga tavsiya etilgan baholari va b.). Iste`molchilarning tipologik xossalarini aniqlashda quyidagi omillariga e`tibor beriladi: jins va yoshi; razmeri va bo`yi; to`laligi; moda orientatsiyasi; estetik istaklarning shakllanish darajasi. Iste`molchilar shartli ravshda to`rt guruxga bo`linadi. Iste`molchilarning ko`pchiligi birinchi guruhga kiradi, ya`ni ular buyumlarni stereotip usuli asosida solishtiradi va ularda dizayn to`g`risida o`z taassuroti shaklanmagan bo`ladi. Bunday haridorlarning xulqiga buyumning markasi yoki muayyan imidjni tashkil etib, oson ta`sir etish mumkin. Iste`mochilarning ikkinchi guruhiga yangilikni paydo bo`lishiga, buyum muhitini asta- sekin o`rganishga tayyor va tanlash kriteriyalari to`g`risida o`z tasavvurlari borlari kiradi. Iste`molchilarning uchinchi guruhida dizayn to`g`risida o`z individual, muayyan asoslangan tasavvurlari mavjud bo`ladi. Ularnig xulqiga hattoki reklama yordamida ham ta`sir etish qiyin. Ularning talablarini loyihalash bosqichda inobatga olish kerak. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling