Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`ruza-3 Dizaynning nazariy asoslari Reja
Nazorat savollari
1. San`at turlarini ta`riflab bering. 2. Dizayn va san`at orasidagi farqi. 2. Texnikaviy inqilobni san`atga ta`siri. 3. Dizayn asoschilari. 4. Zamonaviy dizayn muammolari. 15 Ma`ruza-3 Dizaynning nazariy asoslari Reja: 1. Dizayn – ijodiy faoliyat turi. 2. Dizayn turlari. 3. Dizaynning asosiy omillari. 4. Kostyum dizayni. 5. Kostyum dizayning asosiy funktsiyalari. Tayanch iborlari: san`akt, dizayn, fan, kostyum, faoliyat, omillar, kostyum, funktsiya, inson, maqsad, jamoa, qobiliyat, did. Adabiyotlar: 1, 2, 5, 4, 6, 15, 30, 33 1. Dizayn – ijodiy faoliyat turi. “Dizayn” atamasi italian so`zi “disegno”dan kelib chiqadi. O`yg`onish davrda bu tushuncha bilan ishni asosida yotgan loyihalar, rasmlar va g`oyalarni atashardi. XVI asrda “design” so`zi bilan g`oya yoki naqshni, loyihalash va konstruktsiyalash jarayonni atashardi. Dizaynga besh asosiy nuqtai nazarlari mavjud: 1) dizayn – bu buyumni funktsionalligi va ratsional konstruktivligini qonuniy natijasi; 2) dizayn – bu fan; 3) dizayn – bu san`at turi. Inson dizayn mahsulotini badiiy buyum sifatida tasavvur etadi; 4) dizayn - uyg`unlashtiriladigan soha. Uni yordamida insonga ijobiy estetik ta`sir etishi uchun sanoat buyumlarning xossalari o`zaro moslashtiriladi; 5)) dizayn – sanoatda ishlab chiqariladigan buyum sifatining maxsus aspekti. Sanoat sohasida maxsus ijodiy faoliyat sifatida dizayn X1X-XX asrlarda paydo bo`ldi. Ommabop ishlab chiqarish va sanoat inqilobi natijasida paydo bo`lgan dizayn, go`zal va foyda orasidagi nomufoqiqlikni bartaraf qildi, san`at va texnikani orasidagi chegarani yo`qotdi. Dizayn loyiha faoliti bo`lib, yangi turdagi madaniyat bilan bog`liq, ya`ni madaniyati bilan. Bu madaniyat turida ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy madaniyatlar o`zgacha biriktirildi, zamonaviy fikrlashda loyihalash o`ziga xos xususiyat bo`ldi, insonni dunyoda yangi o`rni hisobga olindi, tashqi muhit bilan bog`ladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida loyihalash madaniyatini qayta ishlab chiqarishda asosiy usuldir, u turmush tarzni uzliksiz o`zgarishiga mo`ljallangan va yangi buyum yaratishda faoliyatning barcha tomonlarini: texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va estetik tomonlarini o`zaro qamradi. Loyihalash madaniyati qonun-qoidalar xukumiga asoslangan, qadimiy madaniyatlarni (qadimiy tsivilizatsiyalar, Evropa o`rta asr, Hindiston, Xitoy, YAponiya madaniyatlari) o`rniga O`yg`onish davrida keldi. Qonuniy madaniyatni mualliflari noma`lum edi va natijada o`qituvchilardan o`quvchiga o`tardi. Taqlid etish uchun namuna sifatida uzoq zamonlarda paydo bo`lgan an`analar bo`lgan. Loyihalash madaniyati esa muallifga oid, unda shaxs loyihalash xuqukiga ega bo`ladi. Loyihalash madaniyatida eski qonun-qoidalarni buzmasdan, yangini yaratish mumkin emas: bu siz barcha sohalarda (texnikaviy, ijtimoiy, badiiy) ijod bo`lmaydi. Ammo yangi davrdan boshlab (X1X asrni yarmidan) texnokrat va texnotsentrik fikrlash madaniyatni degumanizatsiyalanishi bois tanqid ob`ekti bo`ldi. X1X asr oxiri–XX asr boshida dizayn nazariyachilari D.Ryoskin va U.Morrisdan boshlab, mashinalar xukumligiga yo`qotilgan madaniyat yaxlitligini kutarish fikrini taqqoslashdi. Bu g`oya dizaynni zamonaviy tamoyillarida ham o`z aksini topdi. Dizayn sanoat va san`at orasidagi nomuvofiqlikni engish lozim: loyihalash madaniyatida go`zallik va foyda uyg`unlashadi. 16 Dizayn loyihalash faoliyat sifatida jamoa va insonni turli talablarini qondiradi. Dizayn – ijodiy loyihalash faoliyat, uning maqsadi – insonni ruhiy va moddiy talablarini to`liq qondiradigan uyg`un buyum muhitini yaratish. Buyumlarga yuqori iste`mol va estetik xossalarni ta`minlaydigan mutaxassis dizayner deb ataladi. Dizayn tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: dizayn – faoliyat sub`ekti – dizayner va iste`molchi; dizayn - faoliyat ob`ekti: dizayn-loyiha va dizayin-mahsulot; muhit – faoliyatning har xil tizimlari. Dizayn ob`ektlar sifatida sanoat mahsulotlari, shaxar, korxona va yashash muhit element va tizimlari va h.k. bo`lishi mumkin. Loyihalash ob`ektiga ko`ra dizayn quydagi turlarga bo`linadi: industrial dizayni (“A” guruhidagi mahsulotlar – mehnat uchun asbob uskunalar va mexanizmlar, transport va qurol; “B” guruhiga ommabop iste`mol qilinadigan buyumlar, ya`ni idish-tavoq, maishiy uskunalar, mebel`); me`morchilik muhit dizayni (inter`er, me`mor va tashqi muhit dizayni); komp`yuter dizayni; landshaft dizayni; artdizayn; ijtimoiy dizayn; kostyum dizayni; poligraf dizayni. Dastlab dizaynga faqat sanoatga oid loyihalash kirsa, endi unga ko`pincha yagona namunada yasalgan noyob loyihalar (artdizayn, elita dizayni) ham kiradigan bo`ldi. Zamonaviy jamiyatda dizayn ommabop aloqa vositasi ham bo`ldi, chunki savdo-sotiq orqali ishlab chiqarish va iste`mol qilishni birlashtirdi, talab va taklifni tartibga soldi, aholining xarid qilish qobiliyati aktivligini oshirdi. Buyumni xarid qilganda, iste`molchi faqat o`z ehtiyojini qondirishgina emas, balki ijtimoiy ramzini ham qondiradi. Xullas, dizayn – iste`molchi va ishlab chiqaruvchi orasida marketing va aloqa vositasidir: “sotsiologiya tomonidan qaralsa, dizayn – bu buyumlarni tashqi ko`rinishiga nufuz timsoli, farovonlik, sodiqlik berish orqali sanoat va bozorni hamkorligini boshqarish tizim. Madaniy tomonidan qaralsa, dizayn – san`atdir” (K.Kantor. Pravda o dizayne. – M.: Anir, 1996.). Bu o`zaro aloqalarni aniq tasavvur etish uchun dizayn loyihalash jarayonini aniqlaydigan asosiy omillarni ta`riflaymiz. 1.Funktsional kompleks. Asosiy funktsiyalar va ular belgilaydigan buyumning printsipial shakli. Ushbu funktsiyani qiymatini va iste`molda buyumni rolini aniqlash. 2. Korxona, sotish va reklama nuqtai nazaridan buyumning tejamligi. Ko`p vaqt davomida buyumni seriyali ishlab chiqarish va korxonani oqilona tashkil etish. 3. Dizayn talablariga javob beradigan materiallarni tanlash. 4. Dizayn talablariga javob beradigan konstruktsiyani tanlash. 5. Dizayn talablariga javob beradigan, materiallarni tejamlaydigan, asbob uskunalarni va texnologik jarayonni qo`llash uchun imkoniyat beradigan texnologik usullarini tanlash. 6. Ijtimoiy omillar. Buyumni iste`mol etadigan haridorlar tuo`g`risida ma`lumotlarni e`tiborga olish (jinsi, yoshi, mutahassisligi, millati, ishlash joyi, did va hohishlari, turmush tarzi, jugrafik va iqlim sharoitlari). 7. Psixologik omillari. Buyumning moddiy va emotsional tomonlari. 8. Fiziologik talablariga javob berishi. Akustika, gigiena, harorat, ventilyatsiya, tozalik, kir, chang, shovqindan himoya qilish. 9. Detallarini unifikatsiyalash. Standartlash, modul tizimini, elementlarni kombinatsiyalashn usullarini qo`o`lash. 10. Buyum shakliga qo`yiladigan asosiy talablar: buyum yoki buyumlar kompleksini muhitga moslanishi, buyumning proportsionnalligi va buyum, inson va tashqi muhit bilan o`zaro proportsionalligi; insonning antropometrik ko`rsatkichlariga mosligi va h.k.; vuizual tartibligi: farqlar va kontrastlar, vizual ritmlar va tarkiblar, rangli birikmalar va kontrastlarni qo`llash, buyumning yuqori sifatli ko`rinishi; material va 17 rangni mo`ljalga mosligi; rangni informativ, signal va reklama sifatida qo`llanishi; taktil tartiblanishi: taktil xossalari yordamida buyumning yukori sifatligini tasavvur etilishi; akustik tartibligi; buyumni stabilligi va harakatchanligi bilan bog`liq muammolarini e`tiborga olish; reklama va upakovka; shakllantirish vositasi sifatida texnologiya: shakl va qo`llangan texnologik jarayonlarning mosligi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling