Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Moda - psixologik va ijtimoiy fenomen. Modani tadqiqotlariga muhim hissani
psixolog va sotsiologlar muhim hissa kiritishadi. Moda inson psixologiyasini, ijtimoiy guruhning xulq atvorini, inson, ijtimoiy guruh va butunlay jamiyatni ehtiyojlarini ifodalaydigan ijtimoiy hodisa sifatida tahlil etadi. Aynan modani o`rganish psixologik va sotsiologik yo`llari uni haqiqiy mohiyatini aniqladi va uni paydo bo`lish va o`zgarish sabablarini ochadi. Modaning psixologik nazariyasi. Moda psixologik fenomen sifatida tadqiqot etilgan. Bu nuqtai nazardan ijtimoiy koniformizm va shahsiy erkinlik orasidagi to`qnashuvni hal etish mexanizm sifatida odamlarning ehtiyojlarini qondiradi. Moda tadqiqotchilari modani psixologik funktsiyasiga aktsent qilishgan, u emotsional yumshash usuli bo`lib, odamni yangi to`yg`ulari va ehtiyojlarini qondiradidi deb xisoblashgan. Psixolog L.Petrov modani damba-dam (6-8 yil) larzasi deb nomladi, uni yordamida inson tez o`z hissalarini yangilaydi. Modaga psixologik nuqtai nazaridan qarash, uni o`zgarish ikki asosiy sabablarini aniqlashga imkon beradi: 1) “orientirovkani so`lish” psixologik qonuni: orientir refleksini pasayishi, so`lishi, idroq etilgan siymoni o`z ahamiyatini yo`qotishi, moda ob`ektini asta-sekin zamonaviylik qiymatini yo`qotishi; 2) oldingi moda namunalariga nisbatan yangi ta`sir qiluvchini paydo bo`lishi. Avvalgi namuna o`z muhimligini yo`qotgandagina yangi namuna modali bo`lishi mumkin. SHuning 28 uchun sharoit etilgandagina yangi modani taqdim etish mumkin. Dizaynerlar shu payitni sezishi lozim, bo`lmasa g`oya joriy etilmaydi (masalan, 1922 va 1969 yillarda modaga “maksi” uzunlikni kiritishga o`rinish behuda bo`lgandi). Z.Freyd va E.Fromm psixoanalitklari modani paydo bo`lish sabablarini g`ayriyshuriy jarayonlar bilan bog`lagan. Masalan, Z.Freyd modani shunday ta`riflaydi: “Go`zallik, ma`nolik va erkinlikka murojatlar ta`sirida yangi moda paydo bo`ladi”. Moda prestij yo`qligini tiklaydi qandaiydir aldanish hisobiga, o`zgarish illyuzisini yaratib. Masalan, uy bekasi peshbandda o`zini xizmatchi sifatida his qiladi, bashang kiyimda esa u o`zini ledi deb his qiladi. Psixotadqiqotchilar nuqtai nazaridan insonning bir hislati etishmaydigandan kompleksi modani asosiy harakatlantiruvchchi kuchidir. SHunday modani o`rganish yo`li hayrishuriy jarayonlari bilan modani erotk interpretatsiyasiga olib keldi, ya`ni erotik ehtiyojlarini qondirish. Evropa kostyumi o`zgarish sababini tushunish uchun Dj.Flyugel` “erogen zona”lari nazariyasini tavsyai etdi. SHubhasiz, kostyum tarixida shunday misollari ko`p: siluet o`zgarishni mantiqasi, krinolinni o`rniga turnyurni kirishi, uzun yubkani o`rniga mini yubkani kelishi, odam tanasini berkitadigan kiyim shakllari va x.k. Odatda, erogen zonasini kostyumning kompozitsion markazi ko`rsatadi. Moda fenomenida shaxs o`zini ikki tomonidan ko`rsatadi: moda jamiyatga, tashqi dunyoga va o`ziga insonning munosabatini ko`rsatadi. Bir tomondan inson o`z individualligini saqlashga va ko`rsatishga xoxlaydi, ikkinchi tomandan esa – jamiyatni boshqa a`zolariga o`xshashga intiladi. Demak, bittalari moda yordamida ajrab to`rishga intilsa, boshqalari esa – xammaga o`xshashga intiladi. XX asrni oxirida individuallik faqat kiyimdagina ifodalanmasdan, barcha buyum muhitiga mansub bo`ldi, ammo, ommabop modada “hammadek bo`lish” shiori tarqalgandi. Ijtimoiy yoki yosh guruhiga nisbatan inson modaga o`z munosabatini ko`rsatadi. Agar yoshlar, ayniqsa tineydjerlar moda yordamida ajralib to`rishga intilsa, o`lg`aygan yoshdagilar modaga tanqidiy qarashadi va faqat o`ziga yarashadigan modani tanlashadi. Inson modaga nisbatan befarq va modadan tashqari bo`lishi mumkin emas: u avangardist, o`rtacha yoki konservator bo`lishi mumkin. Modaga o`z munosabatini ko`rsatishdan ko`ra unga bo`ysunish onsonroq. Undan tashqari inson tashqi ko`rinishini atrofidagilarni ma`qullashini xoxlaydi. Bu ehtiyoj “hammadek bo`lish” xoxishning kuchli stimulidir. Moda koniformizmga bo`ysunish va individual ajralib turish xoxishni orasidagi to`qnashuvni yumshatadi, baravariga ikkalasini ta`minlab. Bunda modaning ijtimoiy funktsiyalaridan biri namoyon bo`ladi – bu ijtimoiy nazorat funktsiyasidir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling