Ajiniyoz nomidagi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

Antimoda - rasmiy modaga qarama-qarshi moda. Odat bo`lib qolgan modaga oppozitsiya 
antimoda  deb  ataladi.  Odatda,  rasmiy  modaga  e`tirozi  insonning  tashqi  ko`rinishida  aks  etadi. 
Ijtimoiy  tizim  bilan  noroziligini  namoyish  etish  uchun  ular  o`zini  ijtimoiy  guruhiga,  turmush 
tarziga  va  ehtiyojlariga  mos  o`z  modasini  yaratishadi.  Masalan,  XVII  asrda  ingliz  burjuaz 
inqilobi  davrida  puritanlarning  (asosan  burjuaziyada  diniy  sektsiya  a`zolari)  kostyumi  bilan 
e`tiroz bildirishardi. Puritanlar zodagonlar modasini rad etib, qora kul va jigar rang movutdan, oq 
polotnodan  oddiiy  yoqali  kiyim  kiyishgan,  sochini  kalta  qirqishgan  (shuning  uchun  ularni 


30 
 
dumaloq  boshli  deb  atashgan).  SHunday  vaziyat  Buyuk  frantsuz  inqilobi  boshida  ham  ro`y 
bergan, uchinchi tabaqalar zodagonlar modasidan farqlanadigan o`z modasini yaratgan. YAkobin 
klubning a`zolari – sankyulotlr aslzodalar kiyigan kalta ishton “kyulot”ni o`rniga uzun matroslar 
ishtoni  “matlo”ni, duxoba  yoki  shoyi  abini  o`rniga karman`olani  (surgunchining kurtkasi)  yoki 
ingliz  modasi  bo`yicha  frakni  va  pat  bilan  bezatilgan  uch  qirrali  shlyapani  o`rniga  qizil  rangli 
frigiya  qalpog`ini;  kumush  tuqa  bilan  bezatilgan  tuflini  o`rniga  shnurlangan  botinkalarni 
kiyishgan.  SHunday  qilib  bu  kiyim  turlari  (frak  va  uzun  pantalaonlar  va  botinkalar)  ikki  asr 
davomida bir necha o`zgarishlarga duch kelib erkaklar modasida klassikaga aylandi. 
XX asrni ikkinchi yarmida rasmiy modaga nisbatan negativizm yoshlarga mansub bo`ldi. 
Farovonlikni  o`sishi,  aksel`ratsiya,  o`spirin  yoshdan  katta  yoshgacha  masofa  ko`paygani  bois 
yoshlar modasini paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. 
Ikkinchi jaxon urshidan keyin avlodlar orasidagi to`qnashuv yoshlarni kattalar modasidan 
voz kechishi ro`y berdi, chunki u munofiqona burjuaz ahloqi, ijtimoiy tengsizlik, shaxsni ustidan 
zurovonlik  timsoli  sifatida  tasavvur  etilardi.  “N`yu  luk”  uslubdagi  dabdaba  liboslarni  o`rniga 
yoki mungli standart erkak kostyumlarni va oq ko`ynaklarni o`rniga yoshlar qora pulover (Parij 
talabalari  kiyigan  kiyim),  djins  va  trikotaj  futbolkalarni  (amerikan  bitniklari  kiyigan  kiyim) 
kiyishgan. 
1950  yillarni  ikkinchi  yarmida  London  kuchalarida  paydo  bo`lgan  mini–moda  ham 
“kattalar moda”siga e`tiroz, seksual inqilob va feminizm timsoli bo`lgan. 1960 yilda mini–moda 
rasmiy bo`lganda, e`tiroz timsoli xippilar kostyumida ro`y berdi, ular har bir shaxsni teng xuquqi 
va  individuallik  timsoli  bo`ldi.  Ammo,  1970  yillarda  xippilar  kostyumi  “xippi  uslub”iga  tez 
aylandi, modaga esa etnik va fol`klor manbalar, djinslar, rasmiy modada xippidan o`zlashtirilgan 
“retro” uslubi modaga kirdi. 
XX asrni ikkinchi yarmida yoshlarning e`tirozi har xil bo`lgan: 1940 yy.  – zut AQSHda, 
zazu  Frantsiyada;  1950  yy.  –  bitniklar  va  baykerlar  AQSHda,  teddi-boylar  Angliyada, 
stilyagalar  SSSRda;  1960  yy.  –  rokerlar,  modernistlar,  xippilar;  1970  yy.-  yangi  romantiklar, 
repperlar, yashillar
Ko`pincha yoshlar orasida antimodani paydo bo`lishiga iqtisodiy inqirozlar sabab bo`ladi, 
chunki  shu  payitda  yoshlar  birichi  bo`lib  jabrlanadi  –  ular  ishni  yo`qotadi  yoki  topa  olmaydi. 
1970 yy. ijtimoiy inqiroz panklar, 1990 yy. "granj” uslubini paydo bo`lishiga sabab bo`ldii. 
Irqiy  ziddiyatlar  oq  tanali  bo`lmagan  aholining  orasida  antimoda  paydo  bo`lishiga  ham 
sabab  bo`lishi  mumkin  –  ikkinchi  jaxon  urshi  paytida  AQSHda  “zut”  kostyumi,  1970-80  yy. 
Angliyada “ratafara”, AQSHda “rep” paydo bo`lgan. 
SHu  bilan  birga  antimodaning  yangi  g`oyalari,  uslub  va  siymolari  rasmiy  moda  uchun 
o`ziga xos manba bo`lgan. Masalan, 1950-60 yy. bitniklar, xippilar, “chap”lar talabalariga ko`ra 
djins kiyimlari ommabop modaga aylandi. Aynan, raqobatdosh submadaniyatlar o`zi katta yangi 
potentsialga  ega  edi,  uni  zamonaviy  moda  o`zlashtirdi.  1960  yy.  libos  dizaynerlari  g`oyani 
rasmiy  modadan  tashqari  mavjud  g`oyalarni  o`zlashtirgan:  kucha  modasidan  va  yoshlar 
submadaniyatidan (bitniklar, baykerlar, xippilar, panklar). 
Zamonaviy  insonning  tashqi  ko`rinishiga  xippi  submadaniyati  o`zgacha  ta`sir  etdi. 
Xippilar  kostyumi  har  xil  davr  va  xalqlar  kostyumlarini  eklektik  aralashmasi  bo`lgan.  U 
yordamida  ular  o`zini  individualligini  ifoda  etishgandi.  Rasmiy  moda  xippi  uslubidan  insonni 
tashqi  ko`rinishini  individualligini,  eski  buyumlar  va  boshqa  xalqlar  madaniyat  elementlarini 
qo`llashga qiziqishni, eklektizmni o`zlashtirgan. 
Panklar  submadaniyatidan  yorqin  ranglardan,  agressiv  aksessuarlar,  an`analarga  buzuq 
o`xshatma qilish, epatajga tamoyilni rasmiy moda o`zlashtirdi. 
Ommabop 
axborot 
vositalari, 
ommabop 
ruhiy 
ongini, 
ijtimoiy 
hayotni 
demokratizatsiyalanish  tarqqiyoti  ta`sirida  “yuqori  san`at”  o`rniga  “ommalar  madaniyatlari” 
bo`lishi lozim, ular yangi standartlar va ob`ektlar paydo bo`lishiga tubsiz manbadir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling