Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Modani prognozlash. Modani tsiklsimon rivojlanish qonuniyati uni prognozlashga imkon
beradi. Prognoz – bu kelajakda ob`ektnig xolatini ilmiy asoslangan mulohazasi. Prognozlar vaqt davomiga ko`ra quydagicha farqlanadi: operativ – bir oygacha; qisqa muddatli – bir oydan bir yilgacha; o`rta muddatli – bir yildan besh yilgacha; uzoq muddatli - besh yildan 15 yilgacha; cheksiz muddatli - 15 yildan ko`proq. SHunisi ayonki, modani prognozlash maxsulotni ommabop ishlab chiqaradigan korxonalarning talablari bilan bog`liq: uni ishlab chiqarishni rejalashtirish zarurligi, yangi modali namunalarnini paydo bo`lishini rejalashtirsh, yangi texnologiyalarni o`zlashtirish, yangi konstruktsiyalarni yaratish zarurligi bilan asoslangan. YAngi kiyimlar kollektsiyasi taxminan yarim yildan oldin namoyish etiladi, loyiha esa 1- 1,5 yildan oldin qilinadi. Ko`pincha qisqa va o`rta muddatli prognoz qilinadi. Prognozlash asosida kelajak to`g`risida uch o`zaro bog`liq manbalar mavjud: 1) prognozlanadigan ob`ektni taraqqiyot istiqbolini ma`lum jarayonlar va voqealar analoglari bilan solishtirish. Modani prognozlaganda san`at asarning yangi rag`batlarini taqqoslash: me`morchilikda formal–estetik tilini, haykaltaroshni, rang tasvirni, komp`yuter grafikani va b. o`rganish; 2) o`tmishida va hozirgi vaqtida rivojlanish qonuniyatlari ma`lum rag`batlarni kelajakda shartli davomlash (ekstrapolyatsiyalash). Modani tsiklsimon rivojlanishi shunday prognoz qilish uchun imkon beradi; 3) kutayotgan yoki hohlayotgan shartlarga mos, ularni istiqboli ayon bo`lgan modellarni yaratish. Dizaynda shunday modelni futuroloyiha deyishadi. Ularga avangard dizaynerlar kiyim kollektsiyalarini kiritish mumkin. Modani prognozlash uchun ikki umuman har xil yo`llarni ajratish mumkin. Birinchi yo`lni rus nazariyachisi A.Gofman “fatalistik” deb nomlagan moda tsikllarini tabiiy tsikllariga o`xshatib (mavsumlar almashgan kabi moda ham almashadi). Kostyum dizaynida bu usul kiyim shaklini va uni tarkib elementlarini prognozlashni nazarda tutadi. SHunday yo`lni “shakllik ” deb nomlansa bo`ladi, chunki faqat kostyum shakli, ya`ni stabil elementlari tadqiqot etiladi. T.V. Kozlovaning tadqiqoti bo`yicha bu qonuniyatlarni aniqlash uchun ma`lum vaqt davomida kostyum shakllari tahlil etilishi kerak. Ushbu tadqiqotga ko`ra kostyum shakli oddiy geometrik shakllarga yaqinlantirilganda oval, to`g`riburchak va trapetsiyadan iborat. Tahlil asosida kiyimnig shakli, uzunligi, shaklning yuzalari, bel chizig`ini joylanishi va b. xususiyatlari orasidagi o`zaro aloqalar aniqlanadi. So`ng jamlangan nazariy yoki formalizatsiyalangan “moda modeli” tuziladi - kostyumda modali shakllari takrorlanishi (matematik modeli) va moda tsikllari aniqlanadi. Aniqlangan kostyum shaklini rivojlanish rag`batlari kelajakka shartli davom etiladi (ekstrapolyatsiya qilinadi) va kerakli vaqtga kostyum shakli prognozlanadi. SHunday usulda kostyumning rangi, materiali, naqshi va boshqa xususiyatlari, kostyum shakli tarkibi o`zgarishi bilan bog`lanib, prognozlanishi mumkin. 27 Ammo, bu usulni bir necha kamchiligi bor, chunki bu erda prognoz faqat bir manbaga – kostyum an`anasiga asoslanadi. A.Gofman fikri bo`yicha dizayner bu holda o`tmishni zamonaviy qilishadi yangilikni yaratmasdan. Modani prognozlash ikkinchi yo`li modani barcha tarkibiy qismlariga taaluqli, bu uslda insonlarning turmush tarzinining turli tomonlari va ularning ehtiyojlari prognozlanadi. Bu holda ayrim moda (kostyum shakli) emas jamoa taraqqiyoti prognozlanadi. YAngi buyum aynan iste`molchilarni ehtiyojlaridan boshlanadi, yangi buyumni (modani) yaratuvchisi – iste`molchidir, shuning uchun modanining prognozi uni ijtimoiy ehtiyojlarini prognozi bilan chambarchas bog`liq. Buyum ehtiyoji tarqqiyotining bosqichlari uch aspektda bo`lishi mumkin: 1) ehtiyoj – holat, qachonki iste`molchiga ob`ekt noma`lum yoki faqat loyihalanishga imkon borligi mavjud; 2) ehtiyoj – intilish, qachonki iste`molchi ob`ekt bilan tanishish, ammo u ushbu ob`ektga erisha olmaydi; 3) ehtiyoj – yo`naltirish, qachonki iste`molchi ob`ektni o`zi tanlaydi. Moda prognozi ijtimoiy prognozlarga asoslanadi, ya`ni ijtimoiy ehtiyojlarga, turmush tarziga, demografik va ta`minlaganlik darajasiga va h.k. Ijtimoiy prognozlar aholiy va ekspertlarni anketa surovi, insonning yoki ijtimoiy guruhni, insonni yashayotgan buyum muhiti, yashash sharoiti va x.k. asosida prognoz qilinadi. Aynan shunday ma`lumotlar kelajak modani pronozlashga imkon beradi. Prognoz bilan shug`ullanadigan mutaxassislar- “trend-skaut”lar, ular tasodifiy modani o`rganishadi, diskoteka, preme`ralar, ko`p odamlar yig`ilgan joylarga (rok-kontsertlar, stadionlar, savdo markazlr va x.k.) borib, yangi tamoyillarni aniqlaydi. Masalan, kiyimni noan`anaviy kiyish usulini, elementlar birikmasini, muayyan uslublarni hohlanishini. Bundan tashqari ular modada dizayner- avangardistlarning so`ngi kollektsiyalaridan kelajak modaning elementlarini ular anglashi mumkin. Yrik kompaniyalarda albatta shunday tadqiqot bo`limlari bo`lishi lozim. Modaga umuman orientatsiya etish faqat modani e`tiborga olishinigina nazarda tutmaydi, balki unga ta`sir etish, uni boshqarishga imkon beradi. Modani effektiv boshqarish uchun faqat muayyan ko`p g`oyalarni mavjudligi emas, balki uni paydo bo`lish va o`zgarish ijtimoiy sabablarini tushinish kerak. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling