Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
zamonaviylik,
universallik, demonstrativlik va o`yin kiradi. Zamonaviylik – modaning tarkibida fundamental qiymatidir. Har qanday yangiliklar modali bo`la olmaydi, va har qanday modali standartlar va namunalar ham yangi bo`lmaydi (masalan, “retro” uslubi). Ekologik uslub modada yangi yuqori texnologik sintetik materiallarni ishlatishni inqor etib, ming yillar maboynida ma`lum an`anaviy zig`ir, ip, shoyi va jun gazlamalarni kiritdi. Modada yangilik- bu avvalgi modaga nisbatan yangi g`oyalardir. Zamonaviylikning qiymati modani muxlisigasiga “vaqt bilan yuruvchi” deb o`zini xis qilishga va tez o`zgaryapgan zamonga moslashishga imkon beradi. Universallik (diffuzlik) vaqtdan tashqari xech qanday cheklashni e`tirof etmaydi. Kostyum tarixida modaning universalligi XIX asrda yuz berdi, XVI asrda esa Evropada avval italian, keyin ispan modalari keng tarqalgandi. Modaning rivojlanishi jamiyatni barcha o`zgarishlarini aks etadi: sanoatning gurkurab rivojlaninishini, yangi transport va kommunikatsiya vositalarini paydo bo`lishini, xalqlar aro madaniy aloqalarni kuchayishini. Madaniy namunalarni bir ijtimoiy guruhdan ikkinchisiga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga o`tishida modaning muhim qiymatlaridan biri universallik xisoblanadi. V.M.Krasnov moda tarixida universallik bilan bog`liq uch tomonini ajratgan: yagona moda (ibtidoiy jamiyatda); mahsus moda (tabaqali jamiyatda); ommabop moda (demokratik jamiyatda). Qisqa vaqt davomida ommabop bo`lgan hodisalarni “moda doirasida ichki oqimlar” deb amerikan jamiyatshunos E. Bogardus nomlagan. Ularga fad (injiqlik, tentaklik, tez utar ishqivozlik barcha jamiyatni emas, balki ayrim ijtimoy guruhlarni og`ushiga olgan), craze yoki fetish (moda bilan ommabop ishqivoz etilish, moyillik). Demonstrativlik moda kommunikatsisyaini bir shaklidir, u moda muxlislariga o`z to`g`risida boshqalarga ma`lumot berishiga imkon beradi. Eng avvalo moda o`z ijtimoiy maqomini yoki undan ham yuqori illyuziyasini namoyish etishga imkon beradi. Modaning o`yin qiymati evristik ijodiy faoliyati bilan bog`liq va u yangilikni izlashni, yangini yaratishni, eskilikni yangi sifatida tavsiya etishni rag`batlantiradi. XX asr o`yinni inson miadaniyatini universal elementi sifatida hisoblaydi. Postmodernizmda o`yin madaniy boyliklar va timsollarni cheksiz kombinatsiyalash usuli yordamida madaniyatni yaratish usuli bo`ldi. Zamonaviy dizaynda o`yin elementlari muhim rol` o`ynaydi, chunki o`yin insonning ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga qaratilgan, unda natijasi emas, balki jarayon muhim (dizayner va iste`molchining hammuallifligi kontseptsiyasi bilan bog`liqligi). O`yin dunyo tushunish shakli bo`lsa, moda esa o`ziga xos qoidalariga ega o`yin muamolasining shakllaridan biridir. Modaga asosiy o`yin xususiyatlari mansub: fazoda emas, vaqt maboynida cheklanish, ixtiyorlik, odatiy hayot chegarasidan chiqish, muayyan “o`yin qoidalarini” mavjudligi. 22 Modaning ikkinchi (sirtqi) qiymati konkret vaziyat va moda muxlislarning kategoriyasi bilan bog`liq, ular qarama-qarshi qiymatlarni ko`zlaydi: ijtimoiy tenglikni yoki elitarlikni, go`zallik yoki faqat qulaylikni va b. Bir xil moda namunalari har xil maqsadga erishishga imkon beradi. Masalan, sitilgan djins buyum bittalar uchun prestij marka bilan maqtanish imkoniyati bo`lsa, boshqalar uchun esa o`z demokratikligini, iste`molda odmiligini namoyon etishdir. Ikkinchi qiymatlar insonni dunyoga va o`ziga, jamiyatga va ijtimoiy guruhlarga, tabiatga munosabatini namoyish etadi. U yoki bu modali namunalarni tanlaganda odam shularni faraz qiladi: “Men hammadek”, “Menda boshqalarda yo`q narsalarim bor”, “Menda xoxlagan narsalarim bor”. Ma`lum modani tanlaganda inson modaga o`z munosabatini namoyish etadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling