Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Nazorat savollari
1. Dizayn – ijodiy faoliyat turi. 2. Dizayn turlari ta`riflang. 3. Dizaynning asosiy omillari ta`riflang. 4. Kostyum dizaynining asosiy funktsiyalari. 5. Kostyum dizaynini o`ziga hosligi nimada?. 20 Ma`ruza-4 Modaning funktsiyalari va rivojlanish qonuniyatlari. Reja 1. Istiqbolli moda yo`nalishining funktsiyalari va rivojlanish qonuniyatlari 2. Modani prognozlash 3. Modaning psixologiya nazariyasi. 4. Moda - ommabop muamola shakli. 5. Moda - reklama shakli sfatida. 6. Moda namoyishi. Adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 15, 19, 34 Moda ta`rifi va tarkibi. Dizaynerning asosiy faoliyatining mazmuni madaniy namunalarni yaratish bo`lgani uchun, unda moda kabi fenomen to`g`risida to`liq tassavuri bo`lishi lozim. Moda industriyasida muvaffaqiyatli ishlash uchun modaning asosiy qonuniyatlarini, modani ijtimoiy xodisa sifatida tushinish kerak, uni ijtimoiy psixologik va ijtimoiy rivojlanish jixatlarini, prognozlash usullarini va o`zgarish innovatsion va tsiklsimon mexanizmini bilish kerak. Bular barchasi faqat modali namunalarni taqlid qilmasdan va yaratmasdan, balki modaga ongli ta`sir etib, uni boshqarishdir. Moda faqat kostyum evolyutsyasini muhim fursatlarini namoyishchisi bo`lmasdan, balki zamonaviy jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning boshqaruvchi sifatida bo`ladi. XVII asrni oxirida moda inson madaniyatining o`ziga xos fenomeni sifatida san`at sohasida va kostyumda estetik ideal va didni o`zgarish bilan bog`liq estetik hodisa sifatida tahlil etildi. XIX-XX asrlarda moda tadqiqotchilari modani ijtimoiy va psixologik fenomen sifatida tahlil etishgan, uni paydo bo`lishiga rivojlanishiga sabablarni va uni ta`sirida ro`y beradigan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy oqibatlarini ko`rib chiqishgan. Modani har xil nuqtai nazardan o`rganishgan: ijtimoiy psixologiya va psixotahlil, bozor iqtisodi va madaniyatshunos, zamonaviy jamiyatda uni dinamikasini belgilaydigan muhim komponenti sifatida. Moda lot. modis- me`yor, qoida: frantsuzcha - moda; italian - moda; nemis - moda; inglis - moda (ko`pincha fashion atamasi qo`llanadi). Zamonaviy jamiyatda moda ommabop xulq shakllaridan biridir. Demak, moda atamasini quyidagicha ta`riflash mumkin: moda bu o`ziga xos usul, siymo, ijtimoiy axborotni ishlash uchun me`yor (psixolog L.Petrovning ta`rifi); moda bu ko`p insonlarga oid sezish turi (amerikan ijtimoiy psixolog E.Bogardusning ta`rifi); moda ijtimoiy guruhlar afzal ko`rgan takrorlanadigan o`zgarishlar seriyasi (amerikan ijtimoiy psixolog E. Rossning ta`rifi). Moda o`zgarish jarayonda bo`lgan moddiy va ruhiy qiymatlarga kiradigan barcha madaniyat turlariga mansub: san`at (rangtasvir, adabiyot, musiqa, teatr, kino, dizayn), fan, texnika, siyosat, sport. Dizayn - moda mexanizmini faol ta`sir etadigan madaniyat sohasidir. Moda insonni atrofidagi barcha buyum muhitiga ta`sir etadi, ya`ni inter`er va magazinni vitrinalari bezagiga, maishiy buyumlarni, ommabop bayramlarni va sair tomosha industriya dizayniga. Ammo, ko`pincha moda insonning tashqi ko`rinishida aks etadi: liboslarida, soch turmagida, makiyajida, muamola tarzida, buyumlar doirasida. Kostyumda insonning talaklari va intilishlari, o`zi to`g`risida va atrofdagi insonlarga ijtimoiy munosabati va ijtimoiy holini aks etgani bois, kanadalik jamiyatshunos M.Maklyuen insonning uyini va libosini “bizning terimizni davomi” deb aytishga asos bulgan. Moda kostyumga, buyumlar xossasiga, g`oyalarga, suzlarga va b., ya`ni moda namunasi bo`ladigan buyumlarga (mini yubka, soch rangi va turmagi, avtomobil` markasi, tog`da dam olishga va b.) ta`sir etadi. Modaning tarkibi quydagi elementlaridan iborat: modali 21 standartlar - muamola va hatti-harakat namunalari yoki usullari; modali ob`ektlar, ular moddiy va moddiy emas bo`lishi mumkin: buyumlar, g`oyalar, suzlar, ob`ektlarning xossalari; modaning qiymati; moda muxlislarning hatti-harakati modali standartlar, ob`ektlar va qiymatlarga orientlashgan. Modaning har bir namunasi uni muxlislariga muayyan maqsadga erishishga, intilishga; zamonaviy ko`rinib turishiga yoki ommalar orasida ajralib turishiga, atrofdagi insonlarga o`zi to`g`risida ma`lum ma`lumot berishiga imkon beradi. Zamonaviy yirik shaxar-megepolisda munasobat vositasi sifatida modaning roli juda katta, u erda insonlar orasidagi munasobatlar qisqa muddatli (kuchada, transportda, jamoat joylarida va b.). SHuning uchun o`zi to`g`risida inson bermoqchi bo`lgan ma`lumotni kostyum beradi. Moda tarkibining qiymatlarini orasida birinchisi (atributiv yoki ichki) va ikkinchisi mavjud. Modani birinchi qiymatlariga Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling