Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Kostyum va moda funktsiyasi. Dizaynerning asosiy maqsadi – buyumning yaxlit badiiy
kontekstining belgisi va borlig`ini loyiha ob`ektini yaratishdir. Buyum muayyan funktsiyani bajaradi. Buyumning funktsiyalari har xil, uning funktsional “portretini” yaratish uchun funktsiyalarni tiplashtirib, tagtizimlarini ajratish kerak, ular inson tizimiga kiradi va eng avvalo tagtizim-inson buyum muhitiga. Unda inson va muhitning o`zaro aloqasi barpo etiladi: inson tabiatni o`zlashtirib, unga moslashadi. Buyumda inson siymosini (individual va ijtimoiy) ifodalash, odam tanasi morfologiyasini tiklash – loyhalovchining vazifasidir, qayerda buyumning funktsiyasi modellashtiriladi. Buyum bu holda inson–buyum– muhit tizimida bog`lanuvchi funktsional qismi sifatida qo`riladi. “Buyum funktsiyasi” tushunchasi – badiiy loyihalashning markaziy kategoriyasidir. Kostyum funktsiyalari tarixiy tashkillangan. Jamoaning turmush tarzi kiyim bilan foydalanishda o`z aksini ifodalaydi. Ilk bor kiyim himoya (tashqi muhitdan) funktsiyani bajargan. Xalqning turmush tarzi, asosiy faoliyat turi (tomir va meva yig`ish, ov va dehqonchilik va b.) kiyimda spetsifik elementlarni paydo bo`lishiga sabab bo`lgandi (belbog`lar, yopinchoqlar, to`qilgan bosh kiyimlar va b.). Kostyum funktsiyasida jugrafik va iqlim sharoiti, milliy an`analari, estetik didlari va jamoaning ijtimoiy buyurtmalari aks etadi. SHakl va kostyum funtsiyasi yoki uning funktsional tarkibi bir-birini o`zaro bog`laydi. Kostyumning funktsional tarkibini tadqiqod etib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: kostyumning mo`ljali, uning funktsiyasi, “adresi” shakl, gazlama va bezaklarni o`zaro bog`likligini aniqlaydi. Ammo funktsiya tushunchasini faqat utilitar omillari bilan cheklamaslik kerak. Ma`lumki, ilk bor funktsiya atamasini (lot. functio – bajarish, qilish) XU11 asrni oxirida G.Leybnits matematikaga kiritdi. Gumanitar va tabiiy fanlarda bu ko`rsatkich boshqacha echiladi. Ba`zilari funktsiyaning elementlarini o`zaro bog`likligini aniqlaydi. Bizni esa sanoatda ishlab chiqaradigan buyumning muljaliga binoan funktsiyasi qiziqtiradi. Funktsiya - bu buyumning faoliyati va uni harakatini dinamik tavsifidir. Mo`ljal tushunchasi maqsdli kategoriyalariga kiradi va buyum bilan foydalanish imkonini muayyan jarayonda odamning konkret talablarini tavsiflaydi. Buyum funktsiyasini ta`riflash uchun ikki dastlabki nizomni ifodalash mumkin: funktsiya buyumning mo`ljali emas, mo`ljal va funktsiya o`zaro bog`liq; funktsiya - bu buyumning morfologiyasi emas, funktsiya va morfologiya o`zaro bog`liq. Demak, bo`larni asos qilib olganda, funktsiyani quyidagicha ta`riflash mumkin: buyum funktsiyasi – bu buyumni o`z vazifasini real bajarish uchun tafsifidir. Boshqacha aytganda, iste`mol jarayonida uni mo`ljali va morfologiyasi belgilaydigan realizatsiyasi. Dizaynning asoschilaridan biri G.Zemper X1X asrda quyidagini yozgan: san`atning har bir asarni unga berilgan utilitar belgisini yoki ramziy effektini, unga berilgan moddiy funktsiya nuqtai nazaridan ko`rib chiqilishi lozim; har bir badiiy asar yaratilganda material bilan foydalanish natijasi, foydalangan mehnat qurollarni, mashinalarni va texnologik jarayonlarni ta`siri bo`ladi. 23 Demak, funktsiya, shakl va konstruktsiya o`zoro bog`liq. I = f (x, y, z, …, n), qayerda I – yakuniy rezul`tat, x, y, z,…, n – o`zgaruvchan ko`rsatqichlar. “Funktsiya” atamasi yaxlit va qisimni o`zaro bog`langan ma`noda qo`llanadi. Buyumning funktsiyasi uning foydasi va ijtimoiy qiymatidan kelib chiqadi. Buyumning foydali funktsiyasini uch ko`rsatkich ifodalaydi: nimaga mo`ljallanganligi, foydaligi, qiymati. Buyumning shunday funktsiyasini konkret ko`rsatqichlari va ifodasi uni ijtimoiy–qiymat xossalaridir – foyda, qulaylik, go`zallik. Buyumning funktsiyasi iste`mol sharoiti va buyumning morfologik tarkibi bilan asoslangan. Real funktsiyani aniqlash uchun uni iste`mol etish tashqi tavsiflarini bilish zarur. Foydali funktsiyani bajarish uchun u bir qator xossalarga ega bo`lishi kerak: vazni, o`lchamlari, materiali, konstruktiv-texnologik xususiyatlari va b. Har bir foydali buyum baravariga ijtimoiy, madaniy, estetik ifodali bo`ladi, ya`ni ko`pgina ijtimoiy foydali xossalariga ega va insonning turli ijtimoiy ixtiyojlariga mos bo`ladi. Agar kostyumda utilitar funktsiyasi ustunlik qilsa, kostyum buyum sifatida bo`ladi; mintaqaviy, ijtimoiy, marosim yoki estetik funktsiyasi ustunlik qilsa u timsol yoki belgiga ega bo`ladi. Kostyum funktsiyasi badiiy manoga ega emas. Buyumning qiymati uni iste`mol qilinganda aniqlanadi. Muhitsiz, mo`ljali yo`q, inson siymosidan holi buyum – bu mujmal qobiq, “latta”dir. SHunga ko`ra funktsiyaning mohiyati g`oya va reallikni birligidadir. Funktsiyaning asosiy mazmuni – buyumga insonning talablari va ularni echish darajasidir. Javob fakturani, shakl, konstruktiv va rang echimlarida va materialning belgilarida ko`rinadi. Kostyum – bu bizning maqsadlarimizni, xarkatlarimizni, intilishilarimizni o`ziga xos aksidir. SHuning uchun funktsiya badiiy siymoga ega bo`lmasdan, o`zi siymoning badiiy qiymatini tasdiqlaydi. “Ratsionallik va maqsadga muvofiqlik” tushunchalar mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy va estetik kontseptsiyalarni o`zgarishi bilan o`zgaradi. Demak, yangi davrda eski kostyumni avvalgi turida kiiysh mumkin emas. Kostyum funktsiyasini quyidagicha tasniflanishi tavsiya etiladi: - muhit va insonni o`zgartiradigan funktsiya; - moslashtiruv funktsiya, inson-kostyum tizimini saqlash; - maqsadga erishishni ta`minlaydigan rezul`tativ funktsiya; - integrativ funktsiya buyumning madaniy yutuqlarini ko`rsatadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling