Ajiniyoz nomidagi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

estetika”ning  “yaxshi  dizayn”  va  “kich”  orasidagi  estetika,  “yaxshi  dizayn”ning  shakl 
fazilatlarini  kichni  emotsional  jozibaligi  bilan  o`yg`unlashtirishga  qaratilgan  kontseptsiyasi 
vujudga  keldi.  Aralashtirish  printsipi  quyidagini  nazarda  tutadi:  inson  uyga  kirib  o`zining 
xohishiga, go`zallik va foyda tasavvuriga ko`ra uni barpo etgandagina me`morchilik mazmun va 
madaniy  ma`noga  ega  bo`ladi.  Tashabbuskorlikda  ijodning  faollashishi  ro`y  beradi,  asarni 


41 
 
yaratish  jarayonda  ist`emolchi  o`z  hissasini  qo`shadi.  Hamkorlik,  sheriklik  san`at  va  hayot 
orasidagi chegarani yo`qotishga imkon yaratib, iste`mol jarayonni o`yin, ermakka aylantiradi. 
Aynan  iste`molchini  buyum  muhitini  loyihalash  jarayoniga  jalb  etgandagina  inson 
ekologiyasi  muammosini  echish  mumkin.  Bugungi  kunda  nihoyasiga  etmagan  estetik  ob`ektni 
loyihalashga  o`tish  ro`y  bermoqda.  Iste`molchidan  nafaqat  “tashabbuskor  dizayner”  va  buyum-
fazoviy  muhitini  ijodkori  bo`lish,  balki  shu  bilan  birga  loyihalash  jarayonni  qayta  anglash, 
hamkorlikka  kiritish  yo`li  bilan  uni  nazarda  tutiladi,  funktsional  transformatsiyalash,  buyumni 
foydalanish darajasigacha etkizib tugatishni ham talab qilinadi. 
Iste`molchining hamkorlik kontseptsiyasi kostyum dizaynerlari orasida o`z tarafdorlarini 
topdi. Aynan kiyim dizaynida bu kontseptsiya amalda to`liq ro`yobga chiqqan, nazariy ma`lumot 
bo`lib  qolmasdan,  inson  o`z  siymosini  yaratish  jaryonida  ham  qatnashadi,  chunki  unga  tayyor 
siymolar  o`tqazilmaydi.  Zamonaviy  modaning  demokratikligi,  uslublar,  shakllar  siluetlarining 
xilma-xilligi, inson o`ziga yoqqanini va yarashganini tanlab olishi mumkin  - bularning barchasi 
modaga rioya qilishda erkinlik beradi. 
Evropa va halqaro modasida inson va kiyimning o`zaro aloqasiga yangi tushuncha kiritgan 
yaponiya dizaynerlari bunga ko`p e`tibor berishadi. 
Masalan, 
I.Miyake 
ijodiy 
jarayonida 
iste`molchining 
hamkorligi 
to`g`risida 
shunday 
degan: 
”Mening 
kiyimimni 
kiyganlarning 
ijodkorligisiz  mening  kiyimim  -  kiyim  emas.  Unda  iste`molchining  ijodiy  faoliyati  uchun  keng 
imkoniyat to`g`dirilgan, uni har kim o`zicha tushunishi mumkin” (International Herald Tribune– 
1988 – Desember 12. – p.16); “Mening modalarim – o`ralish emas. Va men ularni qanday kiyish 
uchun  ko`rsatma  bermayman  ”  (Time.  –  1986.-  January,  27,  -  p.50).  YO.YAmomoto  ham 
shunday  fikrda:  ”Men  xech  qachon  buyumlarni  o`zimning  tasavvurim  bo`yicha  yaratmayman. 
70-80%  yaratishga intilaman, keyin ularni iste`molchi o`z xohishi bo`yicha tugallashi uchun va 
uni ular o`z xohishlari bo`yicha kiyishi mumkin deyman”. 
Dizayner  va  iste`molchining  hamkorlik  kontseptsiyasida  yana  bir  yo`nalish  mavjud:  bu 
iste`mol  jarayonini  ermakka  aylantirishga  intilishdir.  Dizaynning  bunday  yo`nalishi 
postindustrial  jamiyat”da  bo`sh  vaqtning  yangi  kontseptsiyasi  –  “bo`sh  vaqt  tsivilizatsiyasi” 
bilan  bog`liq.  Faoliyatning  bir  turi  bo`lgan  bo`sh  vaqt  bir  necha  muhim  xususiyatlarga  ega: 
begonalikdan  ozod  bo`lish,  baxt,  xursandchilik,  yashash  ma`nosi  va  hayot  quvonchini  topmoq 
shular jumlasidandir. 
Aynan 
bo`sh 
vaqt 
sohasida 
madaniyatda 
insonning 
individualligini 
va 
uning 
ijodiy 
qobiliyatlarini 
ilgari 
suradigan 
yangi 
model 
munosabatlarining  yangi  etikasi,  qiymatining  yangi  tizimi  yuzaga  keladi.  Aynan  shu  sohada 
inson quvonch, o`yin, kulgi, orzuga erishish huquqini amalga oshiradi. 
G`arbda 1980 yildayoq iste`molning yangi turiga sayr-tomosha bo`sh vaqt maxsus turga 
aylandi.  Dizayn  mahsulotning  iste`mol  etish  jarayoni  sayir-tomosha,  o`yin  va  ijodiy  faoliyatga 
aylandi.  SHuning  uchun  dizaynerlar  erkin  kombinatsiyalanadigan  buyumlarini  loyihalashga 
e`tibor beradigan bo`ldi. 
Kostyumga  munosabat  o`zgargani  to`g`risida  tanqidchilar  va  dizaynerlar  so`z  yurtilar. 
Modellarining  o`ziga  xos  xususiyatlari  to`g`risida  yapon  kiyim  dizayneri  I.Miyake  shunday 
deydi: “Men faqat kiyimni  yaratishga intilmasdan, balki yaxshi kayfiyatni ham tadbiq etaman” 
(Time  –  1986  January  27).  Unday  effektga  “quvonchli”  rang  birikmalari,  g`alati  shakllar, 
kostyumni kiyish jarayonida uni o`zgartirishga imkon beradigan erkin tarkiblar orqali erishdi. 
Dizaynda  o`yinli  effetlar  turli  aspektlarda  namoyon  bo`ladi.  Birinchidan,  modaga 
munosabat o`zgardi: moda-ijtimoiy maqomning aksi degan fikrning o`rniga modada o`yinga oid 
jiddiy munosabat g`oyalari paydo bo`ldi. 
Ikkinchidan,  o`yin  elementlarini  dizaynerlar  kiyim  kiyish  jarayonida  nazarda  tutishadi. 
SHunday  imkoniyatlarini  transformatsiya  etiladigan  shakllarda  tugma  yordamida  biriktiladigan 
elementlarda  ko`rish  mumkin.  Masalan,  J.-SH.  de  Kastel`bajakning  damlama  yostiqlardan 
ishlangan pal`toni yoki o`rama turidagi kurtka yoqalari; F. Moskinonining “kulgili” qo`shimchalari 


42 
 
va aksessuarlari. O`yindagi cheksiz imkoniyat kiyimning ayrim elementlari, aksessuarlari, ranglar va 
rasmlarning kombinatsiyalanishi beradi. 
Uchinchidan, dizaynda o`yinga oid payt rolli o`yin tushunchasi bilan bog`liq. Dizaynerlar 
fikriga binoan modali kiyim odam hayotida o`z “rolini” o`ynaydigan kostyumga o`xshaydi. Ko`p 
vaqt davomida kostyum insonning real ijtimoiy holini yoki maqom illyuziyasini namoyon etardi. 
Ammo,  individuallik  tamoyili  kuchaygan  sari  kiyimdan  ko`p  hollarda  ijtimoiy  rolni 
bartaraf qilish vositasi sifatida foydalanidigan bo`ldi. Har mavsumuda dizaynerlar tavsiya etgan 
turli  siymolar  iste`molchiga  tanlash  uchun  juda  ko`p  imkoniyat  beradi  –  kundalik  hayotni 
chegaralarni  haddan  ortiq  ochib,  barcha  shu  “rollarni”  o`ziga  o`lchab  ko`rishi  lozim,  chunki 
amerikalik dizayner Dj.Karrano so`zi bo`yicha “inson kiyimni almashtirib o`z hoxishiga binoan 
o`z imidjini o`zgartiradi”. 
Hozirgi  kunda  dizaynerlar  “megapolisda  yashovchilar”ning  oddiy  kunlarini  quvnoq 
qilishga, uning erkin va tabiiy bo`lishiga yordam berishga intilmoqda, ular kiyimning ranglarini 
o`zgartirib,  ko`pincha  avval  qo`llanmagan  “quvnoq”  yorqin  ranglarni  tavsiya  etishdi.  Masalan, 
rangli doiraning “o`lik” sektori hisoblangan va kiyimda kamdan-kam qo`llanilgan to`q qizil-sariq 
rangdan  sariqqacha,  sariq-yashildan  yashil-sariqqacha  bo`lgan  ranglardir.  Bu  ranglarni  kiyish 
insonlarning erkinligini va hayotdan manmunligini quvonchga berilishini namoyon etadi. 
Neotexnologik  dizayn”  rang,  yoro`g`lik,  hid,  iqlim,  muhitning  akustik  va  fakturaviy 
tartibini  ekologik  yo`naltirilgan  dizayn  deb  tushunish  mumkin.  “Ovoz  beradigan”,  yorug` 
effektli,  hidli,  harorat  yoki  yorug`likning  o`zgarishini  sezadigan  suyuq  kristallardan 
materiallarning loyhalari paydo bo`ldi. YAngi texnologiyalar bilan shunday tajribalarni yapon va 
italian dizaynerlari (A.Mendani, D. Santaq`yara, CH. Rudjeri va b.) o`tqizmoqda. 
Informatsion tsivilizatsiyaga o`tish “sensor inqilob” yangi sezgiga oid madaniyatni barpo 
etish,  dizaynda  yuqori  texnologiyalarni  qo`llab,  sensorizatsiya  asosida  yangi  shakllar  hosil 
qilishni talab qiladi. “Xay-tach” deb nomlangan dizaynda bu yangi yo`nalish aktual bo`lmoqda, 
chunki  dunyo  faqat  oqilona  jihatdan  emas,  balki  barcha  his  qiladigan  organlar  va  intuitsiya 
yordamida tasavvur etiladi. “Xay-tach” ekologik yo`naltirilgan dizaynning muhim qismi, chunki 
u  zamonaviy  yuqori  texnologiyalarni  insonni  ehtiyojlariga  va  qiymatlariga  moslashuv 
muammolarini hal qiladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling