Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
madaniyat”ining
inqirozi “yangi odam” syimosini yaratish muammosini tug`dirdi. XX asrda “nufuzli iste`mol” insonni ijodkorlikdan tayyor moddiy boyliklarni iste`molchisiga aylantiradi. Inson ekologiyasi, uning jismoniy sog`ligini saqlashdan tashqari, uning ma`naviy talablarini qondirish, ijodiy imkoniyatlarini va qobiliyatlarini namoyon etish muammolarini ko`taradi. Ushbu yo`nalish vaqtincha jamiyatning real o`zgarishiga olib kelmadi, ammo iqtisodda paydo bo`lgan jarayon – mahsulotni ommaviy ishlab chiqarmasdan, energiya va materialni tejaydigan texnologiyalarga asoslangan kam seriya ishlab chiqarishga o`tishdi. “Insoniy omil”ni to`liq e`tiborga olish – dizayn-faoliyatining asosiy shartidir. Zamonaviy dizaynda shaxsda, ya`ni dizayner va iste`molchi shaxslariga qiziqish kuchaydi. Bu holda odam to`g`risida evropa an`analariga taaluqli tasavvur o`zgardi: “xomo sapiens” (ongli inson) g`oyasi o`rniga “xomo senuns” (sezgir inson), “xomo lyudens” (o`ynaydigan inson) kontseptsiyalar keng tarqala boshlandi: “texnikaviy inson” kontseptsiyasi o`rniga “ekologik inson” va “madaniyat inosnni” kontseptsiyalari paydo bo`ldi. Aynan “yangi dunyo insoni” to`g`risidagi shunday tasavvurlar dizaynda muhitga asoslangan asosiy printsiplarninig kelib chiqishiga sabab bo`ldi, u dizayn-loyihalash ekologik yo`nalishning quyidagi xulosalarni keltirib chiqardi: - muhitni total loyihalash bilan birga tabiat va madaniyat ekologiyasini inobatga olib, uni real madaniy-tarixiy kontekst loyihasiga kiritish; - iste`molchini mavhum-tipologik jihatdan modellashtirish, loyihani real shaxsga 40 mo`ljallash; - iste`molchi bilan hammuallif bo`lish, unga rahbarlik qilmasdan, uni muhit ijodida teng huquqli qatnashchi sifatida tan olish; - iste`molchi o`zining buyum-fazoviy muhitni dizayn mahsulotlaridan loyihalovchi yaratgan sxema bo`yicha passiv foydalanmasdan, ularni faol transformatsiyalash. “Inson ekologiya”siga yo`naltirilgan dizayning oliy maqsadi – shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, inson uchun qo`lay va shinam muhit yaratishdan iborat. Ekologik yo`naltirilgan dizayn mahsulotlarga ekologik estetikaga tayanadigan quyidagi talablarni qo`yadi: ular yoqimli, sezgir va idroqli bo`lishi lozim; insonni ruhiyatiga yaxshi ta`sir etadigan holda, unga osoyishtalik, tabiiylik va erkinlik his qilishga imkon berishi lozim; ijobiy hissiyot tug`dirishi zarur; insonga ijod qilish va o`z fikrini erkin ifodalashga imkoniyat berishi lozim. Insonning hayot tarzi sifatini yaxshilash uchun zamonaviy dizayn belgilab bergan yo`nalish moddiy boylik va kar`eraning o`rniga insonning ijodiy rivojlanishiga, hamjihatlikka va teng huquqlikka erishishiga kelishi lozim. Masalan, 1983 yildan boshlab Germaniya federativ respublikasi Dizaynerlar Uyushmasi sanoatda chiqariladigan buyumlarda iste`molchining kunglini ochadigan va quvnoqtiradigan, ruhiy-ma`naviy kuchaytirishning bo`lishini talab etgandi. Dizaynning bunday yo`nalishi buyumning funktsiyasiga bulgan munosabatni o`zgartiradi: avval utilitar funktsiya buyumning muhim xususiyati bo`lgan bo`lsa, endi u orqaga o`tib, o`yin, fantaziya, shaxsning ijodiy rivojlanishiga, o`z o`rnini bo`shatib berdi. Dizayn mahsulotlaridan iste`molchi faol emotsional va intellektual ta`sir o`tkazishni talab qiladi. Buyum muhitini syimoligi zamonaviy loyihalash madaniyatni turli yo`nalishlarini umumiy xususiyatidir. Buyum, muhit va fazoning syimoligi dizanning muhim kategoriyasidir, chunki buyum muhitining ko`p ma`noligi va har xilligi – insonni erkin fikrlashiga imkon beruvchi sharoit yaratadi. Paradokslar, tasodifiy assotsiatsiyalar, ramzlar zamonaviy dizaynning ifodali vositalarini boyitadi. Syimolikni oliy baholash dizayn uchun printsipial bo`ldi – syimoli fikrlash esa loyihalashda hattoki yangi usulga aylandi. Dizaynerlik faoliyatning mohiyati nafaqat buyumni yaratishda, balki turmush tarzini “stsenariyini” yaratishda, buyumlar yordamida iste`molchi bilan aloqa o`rnatishda ham namoyon bo`ladi. O`zgaruvchan inson syimolari – kostyum dizaynerining asosiy ob`ekti. Tsivilizatsiyaning ma`naviy inqirozi vaziyatida dizayning yangi rolini tushunish kostyum dizaynida dizaynning nazariyasi va kontseptsiyalaridan ana`naviy bir muncha chetta turgan sohada ham tarqala boshladi. Dizaynning faoliyati faqat insonning ehtiyojini tashkil etishdan iborat emas, u insonning faoliyatini yaratishda ham namoyon etadi. Dizaynerlarning ijtimoiy ko`rgazmasi ular yaratgan buyum muhiti yordamida insonning real turmush tarziga ta`sir etadi. Zamonaviy inson o`z qo`li bilan birorta narsani qila olmaydigan bo`lib qoldi, u ijodkorlikdan tayyor mahsulotni iste`mol qiluvchiga aylandi. Dizaynni gumanizatsiyalash bugungi kun kishisini funktsionalizmga oid fazoviy va ijtimoiy muhitni rejalashtiradigan va loyihalashtiradigan insonga aylantirishdir. ”Iste`molchini loyihalash” tushunchasi bugungi kunda o`z ahamiyatini yo`qotdi, chunki inson to`g`risida dizaynerlarning professional tasavvuri va insonning haqiqiy ehtiyojlari, talablari, xulqi orasida nomutanosiblik mavjudligi ayon bo`ldi. Birinchi bo`lib me`moriy nazariya o`z munasobatini bildirdi – ishning natijasiga ko`ra ish tutmasdan, balki loyihalash jarayoniga oid bo`lgan “me`morchilik me`morchiliksiz” kontseptsiyalari paydo bo`ldi. Professionallar tashabuskorlar ijodining mahsulotlariga taqlid etadigan bo`ldi. “Kompromissli Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling