Ajiniyoz nomidagi


Ma`ruza-7. Dizaynda ijodiy metodlar


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

Ma`ruza-7. Dizaynda ijodiy metodlar 
Reja:  
1.  Kostyum dizaynida ijodiy usullar  
2.  Evristika  
3.  Assotsiatsiya usuli  
4.  Bionika usuli  
5.  Karikatura usuli  
6.  Boshqalarni fikrini aniqlash  
7.  Neologiya usuli  
8.  Dekompozitsiya usuli  
9.  YOrdamchi vazif usuli  
10. Kamchiliklar ro`yxati  
11. Antropotexnika usuli  
12. Empatiya usuli  
 
Tayanch  iboralari:  dizayn,  manbaa,  transformatsiya,  tabiat,  kollektsiya,  o`yin  usuli, 
empatiya,  antropotexnika,  aql  xujumi,  ilg`or  texnologiya,  dekompozitsiya,  karrikatura,  bionika, 
analogiya, assotsiatsiya, evristika, neologiya. 
Adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 10, 11, 15, 30. 
Dizayner  kostyum  kollektsiyasini  yaratishda  ijodiy  manba  sifatida  har  qanday  tabiiy 
hodisalar,  buyum  muhitning  turli  elementlari,  dunyoda  sodir  bo`layotgan  voqealar,  musiqa, 
rangtasvir,  adabiyot,  balet  ,  teatr,  tsirk,  kino,  tomosha  tadbirlari,  etnik  mavzular,  me`morchilik, 
muhandislik  inshoatlari,  mashina  detallari,  turli  mexanizmlar,  maishiy  buyumlar,  amaliy  san`at 
asarlari  (shisha,  tosh,  yog`och,  metall,  keramika  va  b.),  musiqa  asboblari,  er  fakturasi,  yulduzli 
osmon, origami o`yini, ekologiya, tarixiy, xalq  va klassik  kostyumlar, eklektika usuli,  parodiya 
usuli, stilizatsiyalash usuli va h.k. bo`lishi mumkin. 
Har  bir  dizayner  o`z  faoliyatining  muayyan  bosqichida  tarixiy  va  xalq  an`analari  bilan 
ilhomlanib, ijodiy manbalarga murojat qiladi. 
Ekzotik  mamlakatlarning  madaniyati  ko`p  badiiy  uslublarda  g`oya  o`zlashtirish  moda 
tarixida  doimo  bo`lgan.  XX  asr  modasi  ko`pincha  etnik  va  tarixiy  manbalarga  murojat  qilgan. 
Klassik shaklni  va ekzotik xalqlarnidan o`zlashtirilgan bezakni  birga qo`shib, modellarni  barpo 
etadigan dizaynerlar avlodi paydo bo`ldi, masalan, J.P.Got`ening “eskimos” kollektsiyasi. 
Tabiat azaldan inson uchun ish maydoni bo`lgan. Tashqi dunyoni tushunish va o`rganish 
ehtiyoji uning qonunlarini o`rganishga va o`zlashtirishga olib keladi. 
Asrlar  mobaynida  ma`lumot  yig`ib,  odamzod  bionika  (yunoncha  biou  –  “hayot 
elementi”)  fanni  barpo etdi. Bu  yo`nalish 1950  yillarning oxirida paydo  bo`ldi. Ushbu  fanning 
asosiy maqsadi – biologik tizimlar va jarayonlarning imkoniyatlarini o`rganish edi. Leonardo da 
Vinchi, N.E.Jukovskiy, L.Gal`vani bionikaning kashfiyotchilari deb hisoblasa bo`ladi. 


51 
 
X1X-XX  asrlar  oralig`ida  paydo  bo`lgan  badiiy  uslub  Modern  jonli  tabiatga  asoslangan 
va  aynan  shu  davrda  cheklangan  me`morchilik  imperiyasi  paydo  bo`ldi.  Ispan  me`mori 
A.Gaudining ishlari bunga yorqin dadil. Uning ishlarida egri chiziqli yuzalar me`mor konstruktiv 
shakllarni  biologizatsiyalanishi  desa  bo`ladi.  Bionika  boshqa  sohalarda  jadal  tarqaldi:  maishiy 
texnikada,  harbiy  sanoatda  (suv  osti  kemalarining  shakli  baliq  shaklida)  va  b.  Zamonaviy 
kostyumda  bionikaning  timsoli  chakamug`  o`simlikning  tikani  asosida  kashf  etilgan  “velkro” 
tasmasi keng qo`llaniladi. 
Tabiat million yillar davomida durdona asarlar yaratib, o`z mahoratini doimo oshiradi. 
Tabiatning  organik  va  mantiqiy  bog`liqlari  mujassamlashgan  yangi  shakllarni  yaratish 
imkoniyatni  topish,  zamonaviy  dizayn  yangi  yo`nalishning  asosiy  vazifasi  bo`ldi,  bunga  o`zaro 
chambarchas  bog`liq  bo`lgan  bionika  va  kristallografiya  katta  ta`sir  etmoqda.  Ularning  asosida 
ko`p ob`ektlar va dizayn buyumlari (aksessuarlar, zargarlik buyumlari va b.) barpo etilmoqda. 
Jonli 
tabiatda 
yashash 
jarayoni 
organik 
ma`qullik 
bilan 
bog`liq. 
Huddi 
shunday 
odam 
ham 
o`z 
faoliyatida 
istagan 
natijaga 
erishishga 
intiladi. 
Muammoni 
echish 
uchun 
birinchi 
planga 
buyumning 
ko`pfunktsionalligi  chiqadi,  ya`ni  buyumlar  bir  necha  mo`ljalda  qo`llash  mumkinligi.  Bu 
muammoni  transformatsiyasiz  echish  mumkin  emas  (bu  usulni  1920  yillarda  konstruktivistlar 
taqdim etishgandi, ammo u hozirgi kunlarda amalga oshirildi). 
Transformatsiya 
– 
bu 
buyum 
shakli 
va 
hajmini 
har 
xil 
usulda 
biriktirish, 
joyini 
o`zgartirish, 
ayrim 
detallarni 
almashtirish 
hisobiga 
o`zgartirish. 
Boshqacha 
aytganda, 
buyum 
loyihasiga 
qandaydir 
qo`zg`aluvchanlikni  asos  qilinadi,  chunki  iste`molchining  hamkorligi  nazarda  tutiladi.  Standart 
detallar  to`plamidan  asosiy  shaklga  har  xil  biriktiruv  usullari  yordamida  ko`p  variantlarni  hosil 
qilish  mumkin.  Zamonaviy  moda  buyumlarni  funktsional  trasformatsiyasi  normativ 
operatsiyalarni doimo bo`lganligi oqibatidir. 
So`nggi  yillarda  dizayn  stilistik  o`zgarishlarga  uchraganligi  ayniqsa  seziladi,  bu  stilistik 
o`zgarishlarni  impul`slari  esa  faqat  funktsional-konstruktiv  tarkibidagina  emas,  balki  formal-
estetik  izlanishlaridan  ham.  Dizaynerlar  ko`proq  shakllantirish  sohasida  konstruktivizmga 
murojat  etishadi.  Bu  yo`nalish  “xay-tach”  deb  nomlanadi.  Xay-tach  dizaynning  rivojlanishida 
zamonaviy  yo`llardan  biridir.  Bu  yuqori  texnologiyalar,  insonning  yashash  muhitiga  korxona 
elementlarini  o`tqazishdir.  Oxirgi  paytlarda  sun`iy  muhitning  o`zgarish  tezligi  insonning  unga 
moslashish  qobiliyatidan  o`tib  ketdi.  Texnogen  muhitda  antropologik  adaptatsiyaning  asosiy 
qiyinchiligi  buyum  dunyosining  real  moddiyligini  yo`qotilganligi,  shuning  uchun  dizaynerlar 
oldida  yangi  o`ta  ta`sirli  dunyoni  hosil  qilish  masalasi  qo`ilgan.  “Xay-tech”  –  bu  o`ziga  xos 
shakllantirish, sensorlik, moddiylik, rang, muhitning akustik rejimi, yorug`lik dizayni. 
Kostyum  kompozitsiyasida  ifodali  siymolarni  barpo  etishga  assotsiativ  fikrlash  imkon 
to`g`diradi  –  buyum,  abstrakt  va  psixik  assotsiatsiyalarni,  ob`ekt  echimini  grafik  izlanishlarga 
aylantirish, ya`ni assotsiativ rasm solishdir. 
Kostyum  dizaynida  evristik  usullar.  Ijodiy  jarayon  –  bu  mazmun  va 
shakl 
birligini 
qidirishdir. 
Ba`zan 
ijodiy 
vazifa 
echilganda 
an`anaviy 
usullarni  qo`llanishi  qiziqarli  echimni  bermaydi.  SHuning  uchun  loyihalash  jarayonida 
dizaynerning ijodiy faoliyatini intensivfikatsiyalashga yo`naltirish kerak. 
Butun  jaxon  dizaynerlari  dizaynni  barcha  sohalarida  davrga  munosib  yangi  mollarni 
yaratish  uchun  yangi  g`oyalarni  qidirmoqda.  Buyumlarni  ishlab  chiqaradigan  firmalar 
dizaynerlardan  qiziqarli  bir  g`oyani  emas,  balki  ajoib,  yangi  cheksiz  g`oyalarni  talab  qilishadi. 
Bu ijodiy fantaziyani jadallashtirish usullarni yoki evristika usullarni qidirilishiga sabab bo`ladi. 
Evristika  (grek.  heurisiko  –  qidiraman,  kashf  etaman)  –  bu  ma`sul  ijodiy  fikirlashni 
urganadigan fandir. 
Ijodiy  jarayon  juda  murakkab  va  o`ta  xilma  xil  hodisa.  Ijodiy  tasavvurni  rivojlanishi, 
loyiha  ijodiy  vazifalarni  noan`anaviy  usullar  bilan  echish,  psixologik  inertsiyani  engish  –  bu 
evristik usullarning imkoniyatlaridir. Zamonaviy dizaynerlar ko`pincha analogiya, assotsiatsiya, 


52 
 
kombinatsiyalash, inversiya va b. usullarga asoslangan oddiy evristik usullari  bilan foydalanadi. 
Loyhalovchi evristik usullari bilan foydalanishni bilishi kerak. 
Turli  evristik  usullari  bilan  qo`llanish  natijasida  dizaynerning  ijodiy  qobiliyatini  va 
tashabussini professional yo`nalishda fikirlash mantiqasini rivojlanishiga imkon beradi. Bu holda 
ijodiy qidirishni tartibga solish va jadallashtirishga imkon paydo bo`ladi. 
SHu tarzda dizaynerni o`qitish eng muhim maqsadi – bu har bir talaba loyihalash faoliyatida 
o`z qobiliyatini ochishga va o`z o`zini baholash qobiliyatini  rivojlanishiga  imkon  berish,  va  loyihaga 
qo`yilgan vazifani echish uchun individual usullarni ishlab chiqish. 
Dizayner faoliyatida qo`llanish mumkin evristik usullarini ko`rib chiqamiz. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling