Ajiniyoz nomidagi


Ma`ruza -6. Kostyum dizayninig ijodiy-nazariy asoslari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

Ma`ruza -6. Kostyum dizayninig ijodiy-nazariy asoslari. 
Reja. 
1.  Dizaynda ijodiy asoslarini o`rni. 
2.  Dizaynda badiiy ijod bosqichlari. 
3.  Dizaynda siymolik. 
4.  Dizaynda hajmiy shaklning o`rni. 
Tayanch iboralari: ijod, assotsiatsiya, badiiy bosqich, badiiy syimo, ramz, o`yin usuli, intuitsiya
kompozitsiya, koloristika, xajmiy.. 
Dizaynerning ijodiy faoliyati uchun ko`p bilim sohalaridan ma`lumotlargga  ega bo`lishi 
lozim, ular bir biridan uzoq bo`lsa ham.  Ijobiy natijaga erishish uchun dizayner san`at sohasiga 
va fan yo`nalishiga ta`luqli bilimlarini o`zlashtirishi lozim. 
San`atni  har  bir  turida  g`oyaviy-ijodiy  asosi  –  kompozitsiyadir.  Boshqacha  aytganda, 
kompozitsiya orqali dizayner qiziqtirgan g`oyani ifodalaydi. 
Badiiy asar – muayyan o`zaro bog`lanishda bo`lgan bir turli elementlar (chiziqlar, rangli 
dog`lar, hajm, naqsh, kolorit va b.) murakkab tizimi. 
Badiiy  asarda  estetik  va  siymo  printsiplarini  o`zaro  nisbati  iste`molchida  tasavvur  va 
fantaziyani  uyg`otadi,  assotsiativ  fikrlar  va  xis  to`yg`ular  murakkab  tizimini  tasavvur  etishga 
sabab bo`ladi. 
Assotsiativlik  –  go`yo bir biriga to`g`ri kelmaydiganlarni orasida bog`lanishni  sezish  va 
o`rnatish  qobiliyatdir.  O`xshash  yoki  kontrast  bo`yicha  assotsiatsiyalari  buyumlarni 
funktsionallikka  oidligini  engishga,  ularni  orasidagi  qonuniy  bog`liqlarni  va  yangi  funktsional 
mo`ljalni  barpo  etishga  kumak  beradi.  San`atga  oid  umumiy  badiiy  shakllantirish  usullar 
simmetrik va nosimmetrik, kontrast va nyuans, grotesk, metafora va b.bo`lishi mumkin. 
Badiiy  shakl  –  ma`noning  ichki  tarkibini  san`at  qonunlariga  oid  buyum  sifatida  barpo 
etish. SHakl barcha san`at turlariga oid umumiy tushunchasidir. 
Kompozitsion shakllantirish baravariga ikki sohadan kelib chiqadi – shaklni ramzidan va 
formal aloqalaridan. Ulardan qaysinisi dastlabki, qaysinisi ikkilamchi ekanligi noma`lum, chunki 


47 
 
ijodiy jarayon aqlga bovar qilmaydi. Ammo shunisi ayonki, assotsiatsiyalar manbasi – muallifni 
ijodi o`ziga hosligi, uning shaxsiy siymolar dunyosidir. Formal – kompozitsion aloqalar sohasi esa 
odam shakllini tasavvur etish ob`ektiv mavjud qonunlaridan kelib chiqadi. SHunga qaramay bir-birisiz 
ijod bo`lmaydi. Ularni orasidagi aloqa chuqur va tabiiy. 
Assotsiatsiyalaridan 
to`g`iladigan 
mavzu 
tartibsiz, 
tarqatib 
joylantirilgan morfologizatsiyalangan elementlar to`plami sifatida ko`rinishi mumkin. Reallik va 
yaxlitlikni  u  faqat  kompozitsiya  orqali,  barcha  elementlarini  uzviy  bog`liq  tartibiga  binon 
erishiladi. 
Dizayner  ikki  vazifani  echadi:  ijtimoiy-kommunikativ  va  estetik  madaniyni.  Dizaynga 
oid  ommabop  kommunikatsiya  ma`lumotni  estetik  ehtiyojni  uyg`otib,  rivojlantirib  va 
mustahkamlab,  toki  u  iqtisodiy  kuchga  aylangancha  ko`p  odamlarga  “estetik  ma`lumotni” 
etqazishga  imkon  beradi.  Odamlar  yangi  buyumlarni  faqat  ularni  yangi  utilitar  xossalarini, 
modali va prestijligi uchungina talab qilmaydi, balki “tirikchilik uchun eng zarur”, estetik didga 
binoan estetik ehtiyoj ommabop talabiga aylanadi. Estetik talabni qondirish uchun buyumlarning 
shakli doimiy o`zgarishi  kerak: shakllar uslubiy bir xil bo`lgan holda individual har xil bo`lishi 
lozim, shunga ko`ra dizayner faqat stilist bo`lmasdan, balki rassom, ijodiy shaxs bo`lishi zarur. 
Ijod – bu voqelikni qayta tushinish va o`zgartirishdir. Bilim va sezgisiz ijodiy fantaziya 
to`g`ilmaydi. Boy va to`g`ri tuzilgan bilimlar majmui – ijodning asosidir. Qachonki  yaratuvchi, 
ijodiy  faoliyat  puxta  va  aniq  bilimlar  mantiqa  asosida  barpo  etilsa,  tanish  buyumlardan 
yangilarga  o`tishi  ayon.  Qachonki  yangi  g`oya  tasodifiy,  mantiqiy  va  ongli  jarayondan  xoli 
paydo  bo`lsa,  intuitsiya  va  ilhom  keladi  deyishadi.  So`ngi  yillarda  odamni  fikrlash  faoliyati 
qonuniyatlarini  tadqiqot  etadigan  fan  tug`ildi,  u  erda  fahm,  ongsizlik  va  intuitsiya  evrisitka 
elementlari mavjud. Ushbu fan odamni intuitsiya yordamida ijod etish, “gazlamani sezish” bilan 
shug`ullanadi. 
Dizayner  umumiy  va  mutaxassisga  oid  bilimlarini  to`plashi  lozim.  Ijodiy  fantaziyani 
tarbiyalash professional qiziquvchanliksiz va kuzatuvchanliksiz mumkin emas. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling