Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Kostyum (ital. costume – urf-odat, fe’l-atvor) – bu insonning ijtimoiy, milliy, hududiy
mansubligini, uning jinsi, yoshi, kasbini aks ettirib turuvchi, yagona g‘oya, maqsad va vazifa bilan birlashtirilgan buyumlar va elementlar tizimidir. Kostyum maishiy turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lib, muayyan tarixiy davr, xalq yoki elatning ijtimoiy ahvoli, urf-odatlari, an’analari, muayyan insonning jamiyatdagi tutgan o‘rnini, xulqi va fe’l-atvorini, o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Muayyan inson yoki ijtimoiy guruh bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, kostyum ham kiyim kabi himoyaviy va utilitar-amaliy vazifalarni bajaradi. Lekin kostyumning muhim vazifasi – axborot funksiyasidir, chunki kostyum o‘zaro muloqot turlaridan biri bo‘lib, atrofdagilarga insonning ijtimoiy ahvoli, siyosiy qarashlari, diniy mansubligi, badiiy didi va madaniyatini bildirib turadi. Bundan tashqari kostyum quyidagi vazifalarni bajaradi: odamning yoshi haqida ma’lumot beradi. Ma’lumki zamonaviy yevropacha kostyum insonning yoshini aniqlashi yoki berkitishi mumkin, milliy kiyimlar insonning yoshini ochiq- oydin ko‘rsatib turadi, masalan kiyimning rangi, bichimi, bosh kiyim turi vositasida va hokazo; odamning jinsi va ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot beradi. Deyarli hamma milliy kostyumda insonning nafaqat jinsi, balki uning oilaviy ahvoli ham aks etib turadi: uzatiladigan qizmi yoki unashtirilganmi, turmushga chiqqan ayolmi yoki bevami va hokazo. An’analarga tayangan jamiyatda o‘ziga xos bo‘lmagan kiyimni kiyish qat’iyan mumkin bo‘lmagan. Hozirgi zamonda kostyumning bu vazifasi deyarli yo‘q bo‘lib ketdi: kostyumiga qarab odamning nafaqat oilaviy ahvoli, hattoki ba’zan jinsini ham aniqlab bo‘lmaydi; odamning qaysi ijtimoiy tabaqaga, sinfga yoki guruhga mansubligini (sinfiy jamiyatda), o‘z ijtimoiy mansubligini namoyish qilishini yoki yashirishini ko‘rsatadi; odamning kasbini, faoliyat turini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa tarixiy kostyumda yaqqol namoyon bo‘ladi: olimlar, din arboblari, mansabdorlar, tabiblar, qozilar, hunarmandlar, dehqonlar va hokazolarning kiyimlari bichimi, materiali va rangiga ko‘ra bir-biridan ajralib turgan. Zamonaviy kostyumda bu funksiya ko‘proq ishlab chiqarish kiyimlarida namoyon bo‘ladi, maishiy kiyimda esa deyarli ko‘rinmaydi, lekin kostyumiga qarab rasmiy kishilar bilan «erkin kasb» egalarini osongina ajratib olish mumkin; 8 - hududning iqlimiy xususiyatlarini va aholining turmush tarzini aks ettiradi. Masalan sahroyi arablarning kostyumi yoki Uzoq Shimol xalqlarining kostyumi iqlim sharoitini ko‘rsatib turadi; - diniy mansubligini bildiradi. Masalan, Hindistonda ilgari faqat musulmonlar bichib tikilgan kiyim kiyishgan, hindlarning kiyimlari esa burmalangan matolardan iborat bo‘lgan; Fransiyada XVI asrda kostyumiga ko‘ra katoliklarni gugenotlardan ajratish mumkin bo‘lgan. Hozirgi zamonda ham kostyumning bu funksiyasi saqlanib qolgan, lekin ilgarigidek ahamiyatga ega emas. Hozir yevropacha tipdagi zamonaviy kostyumlarning biron bir aniq funksiyasini aniqlash qiyin. Kostyum ko‘p funksiyali bo‘lib, funsiyaning o‘zi esa ko‘p ma’noli bo‘lib qoldi. Shunga qaramay kostyum ilgarigidek estetik funksiyani bajaradi. Bu ma’noda kostyum muayyan insonning estetik didini bildiradi hamda shu davrga xos bo‘lgan go‘zallik tushunchalarini o‘zida aks ettiradi. Kostyumni individual ravishda tanlanishi (nafaqat kiyimning uslubi, ranglarining yoki alohida predmetlarining o‘zaro uyg‘unligi, balki insonning gavda tuzilishiga va tashqi ko‘rinishiga, kiyilish o‘rniga mosligi) odamning bilimliligi, va umumiy madaniyati, ijtimoiy kelib chiqishi haqida ma’lumot berib turadi. Zamonaviy kostyumni loyihasini tayyorlashda avvalo uning qaysi funksiyalari ustun bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinishi lozim va bu bilan kostyumning konstruktiv yechimini ham, material tanlashni ham, obrazli yechimini ham hal etish mumkin. Buyumni loyihalashga bunday yondoshuv «funksional yondoshuv» deyiladi. bunda buyum emas, uning iste’molchiga beradigan foydasi loyihalanadi (bunday nuqtai-nazardan qaralganda, bashang ko‘ylak emas, yaxshi kayfiyat yoki lab bo‘yog‘i emas, balki go‘zalroq bo‘lish imkoniyatini loyihalamoq kerak). Ilgari aytib o‘tilganidek kiyim – bu iste’mol buyumi va ko‘pincha ommaviy ravishda yoki individual tartibda ishlab chiqariluvchi mahsulot. Bu mahsulotlarning loyihasini yaratuvchilar libos Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling