Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
dizaynerlari yoki stilistlar deyiladi. Libos loyihalarini yaratuvchi mutaxassislar ilgarilari
modelyerlar deyilar edi. Tayyor kiyimlarni ishlab chiqarish sohasida 1950 yillarda paydo bo‘lgan «pret-a-porte» tushunchasi mavjud. Pret-a-porte (so‘zma-so‘z tarjimasi «kiyish uchun tayyor») – taniqli modelyerlar yoki firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli tayyor kiyimdir. «Kiyim dizayni» tushunchasi faqatgina ommaviy tarzda kiyim ishlab chiqarish degani emas, balki, umuman kostyum yaratish faoliyati demakdir. 1960 yillardan dizayn deganda sanoatda ishlab chiqariladigan kiyimlar to‘plamini yaratish tushunilardi. Yuqori darajadagi moda elitar dizayn sohasiga kiritildi. Libos dizayni sohasiga kutyurye va stilistlarning ijodi ham kiritila boshlandi. (Kutyurye – fransuzcha haute couture – so‘zma-so‘z tarjimasi «yuqori darajadagi tikuv» bo‘lib, ularning faoliyati ilgari hunarmandchilik turi hisoblangan). Kiyim dizayni obyekti – amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan utilatar buyum bo‘lib, san’at asarlari kabi estetik funksiyani bajarishdan tashqari boshqa yana ko‘pgina funksiyalarni bajaradi. Dizayner buyumlar olamini tasvirlamaydi, uni yaratadi. Loyihalash madaniyatining oldinga intilishi, uning dinamik ravishda rivojlanishi, yangi obrazlarni yaratishga qaratilganligi dizaynning asosiy vazifasini – ya’ni, buyumlarning yangi madaniy namunalarini yaratish, eski narsalarning badiiy variantlarini emas, balki, tamomila yangi buyumlarni yaratish vazifasini belgilaydi. Shuning uchun kiyim dizayni an’anaviy shakllarning bezagi sifatida bo‘lishi kerak emas, odamlarning turmush tarzining va ehtiyojlarining o‘zgarishiga mos ravishda kiyimning yangi funksiyalarini va xususiyatlarini loyihalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, buyum umuman turmush tarzini aks ettirsa, kiyim insonning qiyofasini va uning turmush tarzini ifodalaydi. Italyan dizayneri E. Sotsass dizaynerlik faoliyatiga baho berib, «Dizayner – bu yuqori malakali rassom, hunarmand va faylasuf» degan edi. Faylasuf deyilishining sababi shuki, dizayner inson uchun uning ehtiyojlari, talablari va didiga mos ravishda buyum loyihasini yaratar ekan, u insonning o‘zini: uning qiyofasini, ruhiy holatlarini, yashash uslubini loyihalaydi. Dizayner bevosita buyumni loyihasini yaratadi, bilvosita esa insonni va jamiyatni loyihalaydi. Shunday qilib, dizaynning asosiy maqsadi – insonni, uning qiyofasini, turmush tarzini 9 loyihalashdan iborat, shuning uchun loyihaning asosi sifatida inson obrazi mohiyati, jamiyat mohiyati turishi kerak. Dizayn ijodiy faoliyatning alohida turi sifatida XIX-XX asrlarda ishlab chiqarish sohasida vujudga keldi. Dizaynda sanoat inqilobi va ommaviy ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida go‘zallik va naf-foyda o‘rtasidagi uzilish bartaraf etiladi va san’at bilan texnika orasida chegara olib tashlanadi. Dizayn loyihalashtirish faoliyati bo‘lib, yangi turdagi san’at-loyihalashtirish san’ati bilan bog‘liq, ilmiy texnik va gumanitar madaniyatni boshqacha bir sifat darajasida birlashtirgan, ya’ni insonni tevarak atrofdagi muhitga munosabati bilan ijodiy faoliyatini o‘zaro bog‘lagan faoliyatdir. Ilmiy texnik rivojlanish sharoitida loyihalashtirish jarayoni turmush tarzining tinimsiz yuksalib borayotganini hisobga olgan holda yangi buyum tayorlash faoliyatining hamma jihatlarini-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va estetik jihatlarini o‘z ichiga oladi. Loyihalashtirish san’ati Uyg‘onish davridayoq shakllana boshlagan va ming yillar davrida hukm surgan. Kanonik madaniyatni, ya’ni qadimiy sivilizatsiya va o‘rta asrlar madaniyati, shuningdek, Hindiston, Xitoy, Yaponiya kabi sharq mamlakatlari madaniyatining o‘rnini egallay borgan. Kanonik madaniyat turg‘un turmush tarziga mo‘ljallangan bo‘lib, uni bir necha asrlar, xatto ming yilliklar davomida aks ettirib kelgan. Ananaviy kanonik madaniyatning aks ettirishning asosiy shakli marosimlar hisoblanadi. Kanonik madaniyat anonim bo‘lib, ustoz-shogird uslubida, ularning bevosita muloqoti natijasida avloddan avlodga o‘tib kelgan. Namuna, taqlid obyekti sifatida uzoq o‘tmishda vujudga kelgan an’analar xizmat qilgan. Loyihalashtirish san’ati esa «loyihalashtirish» xuquqiga ega bo‘lgan subyekt bor bo‘lgan mualliflik san’ati hisoblanadi. Loyihalashtirish san’atida yangilik yaratishda qadimiy an’analarni buzmaslikni iloji yo‘q, chunki busiz hech bir sohada (texnik, gumanitar, badiiy) ijodiy faoliyat bo‘lmaydi, lekin XIX asrda dizayn nazariyotchilari zamonaviy yo‘nalishlariga yo‘qolib borayotgan madaniyat yaxlitligini qarshi qo‘ydilar, bu g‘oya zamonaviy dizayn yo‘nalishlarida rivoj topdi. Dizayn xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyati bilan san’at orasidagi to‘siqni yengishi kerak, chunki loyihalashtirish san’atida go‘zallik va naf-foyda birlashtirilgan bo‘ladi. Dizayn quyidagi elementlardan tashkil topgan: Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling