Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Dizaynerning imidji ham reklamaning bir turi, ayniqsa XX asrni oxirida, bu payitda shou
biznes kabi u taniqli shaxs bo`lib qoldi. Uning tashqi ko`rinishi yaratgan modellar kolletsiyasiga mos bo`lgan. Dizaynerning imidj tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi: - dizaynerning tashqi ko`rinishi. Birinchi astoidl o`ylab yaratilgan imidjning misoli – K.SHanel`. Ko`pkina mijozlarini 34 u yaratgan modeli emas, balki “buyuk madmuazel`” siymosi o`ziga jalb etardi. O`z siymolarini Jan-Pol` Got`e, Ral`f Loren, Djon Gal`yan, Viv`en Vestvud, Sonya Rikel` yaratishgan; - jamoa oldida chiqish, kitob va maqolalari, xikmatli so`zlari, o`z fikrlarni ifodali rasm solish, interv`yu berish, fil`m chiqazish (Kristian Dior, El`za Skap`yarelli, Karl Lagerfel`d). Bu manoda ham K.SHanel` birinchi bo`lgan – uning ajoyib shior-maksimalari hozirgacha eslatiladi (garchi ularning muallifi K.SHanel`ning dusti P.Reverdi bo`lsa ham): “Moda o`zgaradi, haqiqiy uslub esa – xech qachon”, “kurimsizlikka o`rganish mumkin, ammo isqirtlikka xech qachon”, “yubka oyoqlarni chalishtirish uchun, eng o`mizi qo`llarni kukrakka qovushtirish uchun”, “modaning ikki maqsadi bor – komfort va sevgi. Ikki maqsad amalga oshsa – go`zallik ro`y beradi”. Mashhur ism haqiqiy boylik bo`ladi, qo`shimcha daromad olishga imkon beradi. 1949 yilda K.Dior xizmatchisi J.Rue o`ylab chiqqan litsenziya aynan shunga asoslangan. U bilan xozirgacha dizaynerlar foydalanadi; - pressada nashr etilish; - dizayner ismi u yaratgan uslubi bilan bog`likligi; - dizaynerning imidji yangi badiiy uslub bilan bog`liqligi; - modani muvaffaqiyatli reklama qilish uchun yangi moda tamoyillarini differentsiatsiya qilish kerak, shuning uchun har bir mavsum yangi uslublarni ishtiroq etadi, bittalari kam vaqt bo`lsa, ikkinchilari esa – muayyan vaqt ramzi bo`ladi. 1930 yy. - modada neoklassitsizm uslubi (M.Vionne va Aliks), tarixiylik (E.Balansega, E.Molino), syurrealizm (E.Skap`yarelli); 1950 yy. – N`yu luk (K.Dior), K.SHanel` uslubi; 1960 yy. – London uslubi (M.Kvant), kosmik uslub (Andre Kurrej, Pe`r Karden, P.Rabani); 1970 yy. - etnik uslub (Kenzo); 1980 yy. - neoklassik (K.Lagerfel`d), neobarokko (K.Lakrua), seksi (A.Alayya, T Myugler), - “mul kulchilik” (Jan Pol` Got`e); 1990 yy. – minimalizm (K.Klyayn, D.Keran, D.Sander, M.Prada), dekonstruktivizm (A.Domel`meyster, D.Van Notten, YO.YAmomoto, R.Kavakubo), kiber-pank (V.Van Berendonk), tarixiylik (Dj.Gal`yano, V. Vestvud) va b. bo`lgan; - dizaynerda jamoaning kelajak turmush tarzini prognozlash qobiliyati bo`lishi kerak; - dizayner imidji bilan ishlayotgan firmasi bilan aloqasi. Tayanch iboralari: moda, tarkib, qiymat, funktsiya, qonuniyat, innovatsiya, psixologiya, ijtimoiy, nazariya, mohiyat, iste`molchi, antimoda, vazifa, guruh, reklama, tsikl, usul, prognozlash. Nazorat savollari. 1. Moda atamasini ta`riflab bering. 2. Modaning tarkibi. 3. Modaning qiymatlari nimadan iborat? 4. Kostyum va modaning funktsiyalari. 5. Modani rivojlanish qonuniyatlari. 6. Modaning innovatsiyasi qanday usullari bilan ijro etilishi mumkin? 7. Modaning rivojlanish tsikllari qanday? 8. Modani prognozlashda manbalar. 9. Modaning psixologik nazariyasini ta`riflab bering. 10. Modaning ijtimoiy mohiyatini ta`riflab bering. 11. Modaning ommabop shakli. 12. Antimoda turlari. 13. Modani yaratuvchilarning vazifasi. 14. Moda iste`molchilari qanday guruhlariga bo`linadi? 15. Modada reklamaning o`rni va uning turlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling