Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ekologik targ`ibot. Ishlab chiqarish jarayonni ekologizatsiyalash, yangi texnologik
echimlarni izlashni muhimligiga qaramasdan, ekologik muammo birinchi navbatda insonni ongi bilan bog`liq. Ekologik krizisni faqat tashqi muhitga insonning munosabatini o`zgartirib hal etish mumkin. Ekologik muammoni echish uchun barcha satxlarda ekologik madaniyatni shakllanishi – davlat satxidan to oddiy iste`molchigacha kerakli shartdir. Ongni ekologizatsiyalash talablarni ekologizatsiyalashnishni, ahloq sabablari va insonni o`z fe`l-atvorini nazarda tutadi. Ekologik ongni shakllanishiga ekologik ma`lumot asos bo`ladi. SHu bois “Moda va ekologiya” Halqaro forumida (Berlin, avgust 1994 y.) savdo-sotiq va iste`molchilarn mahsulotlarining insonga ta`siri to`risidagi ma`lumotlarni ishonchli ma`lumotlar bilan ta`minlashning muhimligi ta`qidlangandi. Ishlab chiqarish jarayon inobatga olingan holda ekologik sof mahsulot bankini barpo etish to`g`risida qaror qilingandi. Ekologik etika qiymatini jamoat ongida tasdiqlash vazifani echish uchun bozorda ekologik mahsulotni sotish va tashviqot etish (reklama qilish) kerak. Ekologik sof mahsulotni reklama qilishdan tashqari “ekologik targ`ibot” mavjuddir. Masalan, libos dizaynerlari kiyimda ekologik shiorlarni tasvir etishadi. Dizaynerlar fikri bo`yicha hozirgi vaziyatda ularni ijodida jamiyatni oldida turgan muhim muammolarni dahl qilish lozim. 39 Masalan, frantsuz dizayneri J.SH.de Kastel`bajak o`z kollektsiyasini bolalar kiyimi muammolariga bag`ishlagan. Uning fikri bo`yicha “model`er faqat moda to`g`risida o`ylamasligi kerakligning vaqti keldi”. Aynan shu fikrga britan dizayneri K.Xemnett va X.Storey qo`shilishdi, ular modellarida ekologik shiorlar va rasmlarni tasvirlashdi. Ekologik estetika tabiatni saqlash, tabiiy ehtiyojlarni himoya qilish, ekologik barqarorlikni saqlash, insonning imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Inson ekologiyasi va dizaynni gumanizatsiyalash. Faylasuf M.Mamardashvilining fikricha ekologik inqirozdan chiqish insonning o`zi o`zgarishini taqozo etadi, chunki ekologik, iqtisodiy va ma`naviy muammolar majmuini “antropologik fojea” deb baholasa bo`ladi. So`nggi vaqtda industrial jamiyat mafqurasiga mos “iqtisodiy inson”lar va dunyodagi yangi vaziyat orasida yaqqol farq ko`rina boshlandi. “Iktisodiy inson”ning texnokratik fikrlash, oqilonalik, moddiy talablarni ma`naviylardan ustun qo`yish, etik individuallik va pragmatizm, tabiatni cheklash, va undan hukumronlik qilish kabi xususiyatlari ko`zga tashlanadi. Individuallik moddiylikka egalik yoki mutaxassislik maqomi bilan assotsiatsiyalanadi. Hozirgi jamiyatni oldida “postindustrial davr” va “ekologik tsivilizatsiya” insonning yangi siymosini yaratish vazifasi turibdi. Insonni inqirozga olib kelgan industrial tsivilizatsiya al`ternativa ravishda zamonaviy insonni gumanizatsiyaga yo`naltiradigan “ekorivojlanish” va “ organik turmush tarzi” kontseptsiyalari paydo bo`ldi. Fanda “inson ekologiyasi” deb atalgan bu yo`nalish insonning tashqi muhitga moslanishi, uning jismoniy va ma`naviy sog`ligini saqlash uyg`un jamiyat va uyg`un insonni yaratish mummmolarnini o`rganadi. Faylasuf L.Mamfordni fikricha “yangi dunyo” insoni “organik talablar”ni qondirishda sevgida, dustlikda, muloqatda, o`z qobiliyatlarini ijodiy rivojlanishida erkinlikka ega. U “mul-kulchilikning o`sish” ideali o`rniga “ma`naviylikka va o`z ehtiyojlarinini cheklashga” intiladi. Biosferaning tadrijini aniqlaydigan omillarda aynan shu inson ekologik o`zgarishning asosiy ob`ekti bo`ladi, u biosferaning tadrijini aniqlaydigan omildir. “Ijtimoiy dizayn”ning kontseptsiyalari, kelajak inson to`g`risidagi mummolar ekologik yo`naltirgan dizaynnning yaratilishi bilan bog`liq. “Iste`mol Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling