Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash. Bu yo`nalish texnologik jarayon bilan bog`liq
muammolarni echadi: tabiiy boylikni tejamlash, bezarar va chiqindisiz texnologiyalarni qo`llash, buyumlar bilan qayta foydalanish, ekologik “aylanish” bilan shug`ullanish. Kostyumda ushbu muammolar quyidagicha echiladi: - birinchidan, tashqi muhitda o`zlashtirimaydigan sun`iy sintetik materiallar bilan foydalanmaslik, chunki ularni ishlab chiqilishi tashqi muhitni iflos qiladi va insonni sog`ligiga futur etkizadi (masalan, statik elektrni to`playdi); sintetikani o`rniga ana`naviy tabiiy materiallardan foydalanish tavsiya etiladi. 1960 yy. avjda bo`lgan sintetika 1970 yy. oxirida past did va qambag`allarni eslatadigan bo`ldi; qimmat va sifatli kiyimlar asosan tabiiy yoki sintetika aralashgan materiallardan (masalan, laykra bilan yung) ishlab chiqariladigan bo`ldi. SHu bois kiyimning g`ijimlangan effekti baholanadigan bo`ldi, chunki shunday tashqi ko`rinishi gazlamaning sof tabiiyligidan dalolat berardi. Ammo, 1990 yy. boshida ommabop uslub “granj” va ayniqsa “neo-pank” (1994- 1995 yy.) avvalgiday bo`lmasada sintetika yana qiziqish tug`dirdi. Sintetik materiallar tabiiy materiallrning xususiyatlariga ega bo`lgani yoki ulardan o`zib ketgani bois ularni mavjud bo`lishga sazavor bo`ldi (masalan, suv va shamoldan saqlaydigan, membrana bilan qoplangan, “nafas oladigan”, havo o`tqazadigan ko`pqavatli yuqori texnologik gazlama-buterbrod maxsus kiyimlar uchun qo`llanadi); - ikkinchidan, hayvonlarni saqlash uchun “yashillar”ning harakati bois kostyum dizaynida tabiiy charm va mo`ynani o`rniga sun`iylarni qo`llashga tavisiya etiladi. Ammo, bu muammoga dizaynerlarning munasobati har xil, chunki charm va mo`yna faqat dabdabalik timsoligina bo`lmasdan, balki qadimdan kiyim uchun ana`naviy material bo`lgan. Masalan, italian “Fendi” firmasi dizayneri K.Lagerfel`dning fikricha tabiiy mo`yna va charmli kiyimdan voz kechish go`shtni iste`mol qimaslik bilan baravardir. 1990 yy. oxirida tabiiy mo`yna, charm va patlar podium va butiklarga qaytib keldi va bu “yashil”larga dizaynerlarni ikkiyuzlamachilikda ayiblashga bahona bo`ldi. Har holda, bugun dizayner va iste`molchilar uchun charm va mo`yna bilan foydalanish va voz kechish masalasi erkin tanlanadi. SHuningdek, masalani echishda tabiiy materiallarning o`rnini bosuvchilar kiyimda qanday qo`llanishlishi kerakligi to`g`risida bir ma`noli javob yo`q. Demak, sintetika tabiiy materiallarga o`xshamasdan, o`ziining sun`iyiligini oshkora, masalan, yorqin ranglarga bo`yalib, namoyon etishi kerak, garchi 2000-2001 yy. ba`zan tabiiy mo`yna va charm yorqin ranglarga bo`yalgan bo`lsa ham. 1990 yy. dizaynerlar yana sintetika bilan qiziqib qolishdi: sun`iy mo`yna va charmlar, vinil va plastiklar, tabiiy materiallarga o`xshatib ishlangan (masalan, “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob hayvonlarning mo`ynasiga o`xshatib ishlangan) materiallar qo`llanadigan bo`ldi. Buning ustiga, garchi sintetik materialllarni ishlab chiqarishi tabiatga zarar bersa ham, hozir sintetikadan voz kechish mumkin emas. YAngi xossali, ayniqsa yuqori ekspluatatsion xossalaridan tashqari o`zi irish xossasiga (biodegradabli) ega bo`lgan materiallarni va ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida bezarar va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratish perspektiv deb hisoblanadi. Uchinchidan, ishlab chiqarishni ekologizatsiyalash – bu faqat resurslardan iste`mol qilishni kamaytirishgina, yangi bezarar va chiqindisiz texnologiyalarni yaratishgina emas, balki an`anaviy texnologiyalarni tiklanishidir. Bu jixatdan “Espri” amerikan 38 kompaniyasining tajribasi namunali hisoblanadi. Bu kompaniya 1992 yildan beri ekologik kollektsiyalarni ishlab chiqaradi. “Ekokollektsiya” bo`yalmagan ip gazlamalardan (chunki bo`yash jarayoni tashqi muhitga eng ko`p zarar etqazadi), “molniya” taqilmasi jezdan, tugmalari yog`och, suyak va sadafdan ishlangan modellar kollektsiyasidan iborat. Daniya “Novoteks” kompaniyasi gazlamani bo`yashdan voz kechgan holda, texnologik tsiklning tashqi muhitga maksimal zarar etqazmasligiga intildi. U o`z buyumlarida defoliantsiz o`stirilgan paxtani qo`llab, bo`yash jarayonidagi chiqindilarni yo`q qilishga erishdi. Bu muammoni echish yo`llaridan biri an`anaviy o`simlik bo`yoqlarini qo`llashdir (masalan, amerika “Livays” firmasi djins kollektsiyalari uchun o`nmaydigan o`simlik bo`yoqlarini qidirib topish borasida maxsus tadqiqotlar o`tqazmoqda). Materiallarga bo`lgan an`anaviy munosabat, buyumlarni yaratishda hunarmandchilik nuqtai nazaridan yondashish dizaynda an`anaviy faoliyat modeliga qaytish darak bo`ladi. Bu muammoni echishning yana bir yo`li – chiqindisiz texnologiyalar va resurslar bilan qayta foydalanishga imkon beruvchi tutashtirilgan ekotsikllarni qo`llashdan iborat, chunki “axlat krizis”i xom ashyodan nooqilona foydalanishning eng sezilarli alomati bo`lib qoldi. Bugun qayta ishlangan xom ashyodan foydalanish – tashqi muhitni ifloslantirish muammosini echish uchn eng ommabop usul bo`lib qoldi. Kiyim dizayni bu masalani echish uchun qayta ishlov berilgan chiqindilarni qo`llashdan to ma`naviy eskirgan kiyimlardan foydalanishgacha bo`lgan bir necha variantlari taqdim etiladi. 1990 yy. “sekond xend” biznesining ravnaq topishi shundan dalolat beradi. Zamonaviy modaning “retro” va “vintage” (o`tmish kiyimlar bilan ishqibozlik) uslublari bilan qiziqish ham fikrimizning yorqin dalilidir. Masalan, 1969 yilda amerikalik S.Leyn kelinlarning tuy libosini qog`ozdan tayyorlagan, 1994 yilda londonlik X. CHaloyan ham modani tez o`zgarishini tasdiqlab, avia konvertlarning qog`ozlaridan tayyorlangan ko`ylak va kostyum modellarini namoyish etgan, so`ng uni yoqib tashlagan (garchi bu qog`oz chidamli bo`lsa ham). Kostyum shakllanishida noan`anaviy materiallardan foydalanish materiallarning yangi imkoniyatlarini, yangi shakllarini va yangi siymolarini qidirishga imkon tug`diradi. “Al`ternativ ekonomika”ni tarafdorlari ekologik ishlab chiqarish qiziqarli g`oyani tavsiya etishadi. Ularning fikri bo`yicha xom ashyoni minimal talafotini ta`minlaydigan mukammal texnologiyaga asoslanishi zarur va aholini kichkina guruhining talablarini qondirish uchun bo`yumlarni kam seriyali ishlab chiqarish, ular resurslarni katta tejamligiga olib keladi, chunki faqat kerakli mahsulot ishlanadi. Mantiqaga zid ravishda uslublar ko`pligi, loyihalash differentsiatsiyasi, bir xil buyumlarni ommabop seriyali ishlab chiqarishdan ancha tejamli bo`lib chiqadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling