Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Dizaynda badiiy ijod bosqichlari. Ijodiy intuitsiya va tahlil, ya`ni o`z ijodini mantiqiy
anglash, badiiy ijodning bosqichlaridir. Faqat intuitsiya va tahlilni o`yg`un birligi yaxshi komponovka qilingan va yakunlangan asarni yaratishga imkon beradi. Siymoli fikrlash, intuitsiya, baholash faoliyat va emotsional kayfiyatsiz ijodiy jarayon mavjud bo`lmaydi. Ijodiy faoliyat bilan rivojlanadigan va ortiriladigan estetik negizlar va psixoligik mexanizmlar barcha ijod elementlarida bor. Borliq va san`atni estetik tasavvur etilishi avtomatik ravishdagi odatiy tasavvurni bartaraf qilishni nazarda tutadi. Estetik qayg`u paydo bo`lishi uchun avval buyumga e`tibor berilmagan tomonlarni ko`rish kerak, uni yangi nuqtai nazardan ko`zdan kechish lozim. Intuitsiya – bu faraz, ziyraklik, sezarlik. O`zaro qandaydir umumligi bor uch atama mavjud: intuitsiya, ilhom, instikt – tasavvuf bilim, tasavvf ko`tarinkli, tasavvuf faoliyat. Ko`p amaliy masalalarni echishda, shu jumladan muhitni loyihalashda, ijodiy intuitsiyaga asoslangan usullar (miyani hujum qilish usuli) keng tarqala boshlandi. Ko`pincha bu masalalar hisoblash yordamida emas, balki intuitsiya asosida echiladi. Dizaynerni ishlash jarayonida intuitiv faraz va mantiqiy tuzilishlar o`zaro bog`liq bo`lib, navbatma-navbat almashib to`radi va murakkab chatishib to`radi. Dizayner intuitiv fikrlashi samarali vujudga kelishi uchun ost ongiga taalluqli elementlarni ajratib olishi kerak. Ijodiy masalani echgan payitda formal-mantiqiy komponentni susaytiradigan imkoniyatni yaratish lozim. Quyidagi cheklashlarni kiritgan holda shunday sharoitni yaratish mumkin: berilgan vaqt maboynida qo`yilgan masalani echish; maslani echish uchun jalb etilgan yordamchi vositalar bilan foydalanish; g`oyani ifodlalaydigan vositalar bilan foydalanish. Birinchi cheklash masalani hal qiluvchini formal-mantiqiy tuzilishlarni ishlatmaslikka majbur qiladi. Demak, fikrlash intuitiv komponenti jalb etilgan holda, natijani spontan ravishda kelib chiqishiga rag`batlantiradi. 48 Ikkinchi cheklashda vosita sifatida yordamchi ma`lumotlar, mahsus adabiyotlar, Internet ma`lumotlari va b. nazarda tutiladi. Bu holda tashqaridan olingan konkret ma`lumotga tayanish imkoniyati inkor etiladi. Bu cheklash muammoni echish uchn o`z bilimlariga tayanishga rag`batlantiradi. Uchinchi cheklash vositalrga taalluqli, ular yordamida dizayner o`z g`oyasini ifodalaydi. Ulardan asosiylari – grafik va hajmiy modellashdir. SHaklni grafik usulida tasviri va minimal vositalar yordamida uni hajmiy timsoli faqat shaklni emas, balki mummmani ko`rishga undaydi. YUqorida ko`rsatilgan cheklashlar faqat qisqa muddatli topshiriqlarni bajarish uchun qo`llanishi mumkin. Sezgi bilan yaratilganni to`g`ri baholashnishini bilishdan tahlil boshlanadi. Rassom faoliyatida bu muhim payt. Ijodiy intuitsiyaga qobiliyat – rassomning iste`dotligini namoyonidir. Tahlil etishga qobiliyatni, ya`ni o`z ijodini mantiqiy ko`rib chiqish, o`stirish va etishtirish lozim. Mazmundan shaklga o`tganda barpo eilganni intuitiv o`stirib, dizayner nafaqat muhit va personajlarni o`zaro munosabatini, kompozitsiya formatini, balki manbasini va hattoki bajarish vositalarini ham o`rnatadi. Faqat intuitsiya bo`yicha yaratilganni tahlil etib, dizayner ijodiy yakunlovchi bosqichiga yo`llar va vositalarni topishi mumkin. Ijodiy jarayonni sxemasi quydagicha bo`ladi: intuitsiya – tahlil – intuitsiya, chunki san`at ham his bilan boshlanadi, ham yakunlanadi, ammo tahlil yordamida tushuntiriladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling