Ajiniyoz nomidagi
Ma`ruza-7. Dizaynda ijodiy metodlar
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. YOrdamchi vazif usuli 10. Kamchiliklar ro`yxati 11. Antropotexnika usuli 12. Empatiya usuli
Ma`ruza-7. Dizaynda ijodiy metodlar
Reja: 1. Kostyum dizaynida ijodiy usullar 2. Evristika 3. Assotsiatsiya usuli 4. Bionika usuli 5. Karikatura usuli 6. Boshqalarni fikrini aniqlash 7. Neologiya usuli 8. Dekompozitsiya usuli 9. YOrdamchi vazif usuli 10. Kamchiliklar ro`yxati 11. Antropotexnika usuli 12. Empatiya usuli Tayanch iboralari: dizayn, manbaa, transformatsiya, tabiat, kollektsiya, o`yin usuli, empatiya, antropotexnika, aql xujumi, ilg`or texnologiya, dekompozitsiya, karrikatura, bionika, analogiya, assotsiatsiya, evristika, neologiya. Adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 10, 11, 15, 30. Dizayner kostyum kollektsiyasini yaratishda ijodiy manba sifatida har qanday tabiiy hodisalar, buyum muhitning turli elementlari, dunyoda sodir bo`layotgan voqealar, musiqa, rangtasvir, adabiyot, balet , teatr, tsirk, kino, tomosha tadbirlari, etnik mavzular, me`morchilik, muhandislik inshoatlari, mashina detallari, turli mexanizmlar, maishiy buyumlar, amaliy san`at asarlari (shisha, tosh, yog`och, metall, keramika va b.), musiqa asboblari, er fakturasi, yulduzli osmon, origami o`yini, ekologiya, tarixiy, xalq va klassik kostyumlar, eklektika usuli, parodiya usuli, stilizatsiyalash usuli va h.k. bo`lishi mumkin. Har bir dizayner o`z faoliyatining muayyan bosqichida tarixiy va xalq an`analari bilan ilhomlanib, ijodiy manbalarga murojat qiladi. Ekzotik mamlakatlarning madaniyati ko`p badiiy uslublarda g`oya o`zlashtirish moda tarixida doimo bo`lgan. XX asr modasi ko`pincha etnik va tarixiy manbalarga murojat qilgan. Klassik shaklni va ekzotik xalqlarnidan o`zlashtirilgan bezakni birga qo`shib, modellarni barpo etadigan dizaynerlar avlodi paydo bo`ldi, masalan, J.P.Got`ening “eskimos” kollektsiyasi. Tabiat azaldan inson uchun ish maydoni bo`lgan. Tashqi dunyoni tushunish va o`rganish ehtiyoji uning qonunlarini o`rganishga va o`zlashtirishga olib keladi. Asrlar mobaynida ma`lumot yig`ib, odamzod bionika (yunoncha biou – “hayot elementi”) fanni barpo etdi. Bu yo`nalish 1950 yillarning oxirida paydo bo`ldi. Ushbu fanning asosiy maqsadi – biologik tizimlar va jarayonlarning imkoniyatlarini o`rganish edi. Leonardo da Vinchi, N.E.Jukovskiy, L.Gal`vani bionikaning kashfiyotchilari deb hisoblasa bo`ladi. 51 X1X-XX asrlar oralig`ida paydo bo`lgan badiiy uslub Modern jonli tabiatga asoslangan va aynan shu davrda cheklangan me`morchilik imperiyasi paydo bo`ldi. Ispan me`mori A.Gaudining ishlari bunga yorqin dadil. Uning ishlarida egri chiziqli yuzalar me`mor konstruktiv shakllarni biologizatsiyalanishi desa bo`ladi. Bionika boshqa sohalarda jadal tarqaldi: maishiy texnikada, harbiy sanoatda (suv osti kemalarining shakli baliq shaklida) va b. Zamonaviy kostyumda bionikaning timsoli chakamug` o`simlikning tikani asosida kashf etilgan “velkro” tasmasi keng qo`llaniladi. Tabiat million yillar davomida durdona asarlar yaratib, o`z mahoratini doimo oshiradi. Tabiatning organik va mantiqiy bog`liqlari mujassamlashgan yangi shakllarni yaratish imkoniyatni topish, zamonaviy dizayn yangi yo`nalishning asosiy vazifasi bo`ldi, bunga o`zaro chambarchas bog`liq bo`lgan bionika va kristallografiya katta ta`sir etmoqda. Ularning asosida ko`p ob`ektlar va dizayn buyumlari (aksessuarlar, zargarlik buyumlari va b.) barpo etilmoqda. Jonli tabiatda yashash jarayoni organik ma`qullik bilan bog`liq. Huddi shunday odam ham o`z faoliyatida istagan natijaga erishishga intiladi. Muammoni echish uchun birinchi planga buyumning ko`pfunktsionalligi chiqadi, ya`ni buyumlar bir necha mo`ljalda qo`llash mumkinligi. Bu muammoni transformatsiyasiz echish mumkin emas (bu usulni 1920 yillarda konstruktivistlar taqdim etishgandi, ammo u hozirgi kunlarda amalga oshirildi). Transformatsiya – bu buyum shakli va hajmini har xil usulda biriktirish, joyini o`zgartirish, ayrim detallarni almashtirish hisobiga o`zgartirish. Boshqacha aytganda, buyum loyihasiga qandaydir qo`zg`aluvchanlikni asos qilinadi, chunki iste`molchining hamkorligi nazarda tutiladi. Standart detallar to`plamidan asosiy shaklga har xil biriktiruv usullari yordamida ko`p variantlarni hosil qilish mumkin. Zamonaviy moda buyumlarni funktsional trasformatsiyasi normativ operatsiyalarni doimo bo`lganligi oqibatidir. So`nggi yillarda dizayn stilistik o`zgarishlarga uchraganligi ayniqsa seziladi, bu stilistik o`zgarishlarni impul`slari esa faqat funktsional-konstruktiv tarkibidagina emas, balki formal- estetik izlanishlaridan ham. Dizaynerlar ko`proq shakllantirish sohasida konstruktivizmga murojat etishadi. Bu yo`nalish “xay-tach” deb nomlanadi. Xay-tach dizaynning rivojlanishida zamonaviy yo`llardan biridir. Bu yuqori texnologiyalar, insonning yashash muhitiga korxona elementlarini o`tqazishdir. Oxirgi paytlarda sun`iy muhitning o`zgarish tezligi insonning unga moslashish qobiliyatidan o`tib ketdi. Texnogen muhitda antropologik adaptatsiyaning asosiy qiyinchiligi buyum dunyosining real moddiyligini yo`qotilganligi, shuning uchun dizaynerlar oldida yangi o`ta ta`sirli dunyoni hosil qilish masalasi qo`ilgan. “Xay-tech” – bu o`ziga xos shakllantirish, sensorlik, moddiylik, rang, muhitning akustik rejimi, yorug`lik dizayni. Kostyum kompozitsiyasida ifodali siymolarni barpo etishga assotsiativ fikrlash imkon to`g`diradi – buyum, abstrakt va psixik assotsiatsiyalarni, ob`ekt echimini grafik izlanishlarga aylantirish, ya`ni assotsiativ rasm solishdir. Kostyum dizaynida evristik usullar. Ijodiy jarayon – bu mazmun va shakl birligini qidirishdir. Ba`zan ijodiy vazifa echilganda an`anaviy usullarni qo`llanishi qiziqarli echimni bermaydi. SHuning uchun loyihalash jarayonida dizaynerning ijodiy faoliyatini intensivfikatsiyalashga yo`naltirish kerak. Butun jaxon dizaynerlari dizaynni barcha sohalarida davrga munosib yangi mollarni yaratish uchun yangi g`oyalarni qidirmoqda. Buyumlarni ishlab chiqaradigan firmalar dizaynerlardan qiziqarli bir g`oyani emas, balki ajoib, yangi cheksiz g`oyalarni talab qilishadi. Bu ijodiy fantaziyani jadallashtirish usullarni yoki evristika usullarni qidirilishiga sabab bo`ladi. Evristika (grek. heurisiko – qidiraman, kashf etaman) – bu ma`sul ijodiy fikirlashni urganadigan fandir. Ijodiy jarayon juda murakkab va o`ta xilma xil hodisa. Ijodiy tasavvurni rivojlanishi, loyiha ijodiy vazifalarni noan`anaviy usullar bilan echish, psixologik inertsiyani engish – bu evristik usullarning imkoniyatlaridir. Zamonaviy dizaynerlar ko`pincha analogiya, assotsiatsiya, 52 kombinatsiyalash, inversiya va b. usullarga asoslangan oddiy evristik usullari bilan foydalanadi. Loyhalovchi evristik usullari bilan foydalanishni bilishi kerak. Turli evristik usullari bilan qo`llanish natijasida dizaynerning ijodiy qobiliyatini va tashabussini professional yo`nalishda fikirlash mantiqasini rivojlanishiga imkon beradi. Bu holda ijodiy qidirishni tartibga solish va jadallashtirishga imkon paydo bo`ladi. SHu tarzda dizaynerni o`qitish eng muhim maqsadi – bu har bir talaba loyihalash faoliyatida o`z qobiliyatini ochishga va o`z o`zini baholash qobiliyatini rivojlanishiga imkon berish, va loyihaga qo`yilgan vazifani echish uchun individual usullarni ishlab chiqish. Dizayner faoliyatida qo`llanish mumkin evristik usullarini ko`rib chiqamiz. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling