Ajiniyoz nomidagi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

Bionik usuli 
bionika konkret ob`ektlarni tahlilidan iborat. 


53 
 
Masalan,  hashoratlar  kanotlarini  tahlil  etib,  yangi  o`ralish  shakllarni,  ustki  kiyimlarni 
qavatlanishini,  detallar  transformatsisini  yaratish  mumkin.  Ba`zi  hashoratlarni  nurlanishi  ichiga 
yoritqich o`rnatilgan poyabzalni yaratish g`oyani to`g`diradi . 
Dizaynda  bionik  yondoshish  o`zgacha  konstruktiv  bug`umlarni,  yangi  xususiyatli 
fakturalarni hosil qilishga imkon beradi. 
Undan  tashqari,  bu  usul  dizayner  e`tiborini  tabiat  ob`ektlarini  diqqat  bilan  o`rganishga; 
odatiyda qiziqarli g`oya, printsip va usulni ko`rishga imkon beradi. Bunda ijodiy shaxsni tashqi 
dunyo, odamni yashash muhit bilan bog`langanligi ayonidir. 
Neologiya  usuli  xorijiy  va  o`z  mamlakatiga  oid  loyihalashda  yot  g`oyalari  bilan 
foydalanish  usuli.  Umuman aytganda, moda taqlidga asoslangan. SHuning uchun mutahassislar 
va ist`emolchilar har bir yangilik yoki alomatni psixologik charchash ro`y bergancha tirajlanadi. 
Bunga ham prototipni fazoviy qayta tuzish asosida qiritish mumkin. 
O`zlashtirish  jarayonda  quyidagi  savollarni  qo`yish  va  ularga  javob  berish  kerak. 
Prototipda nimani o`zgartirish kerak? Prototipda nimani o`zuartirish mumkin? Qanday qilib? 
SHunisi  tushunarliki,  prototipni  o`zgartirmasdan  foydalanish  yoki  o`zlashtirsh 
professional janjalga va plagiatga oboradi. 
Faqat usulni qo`llash korrekt hisoblanadi. Masalan, charm sumkani o`rilish masshtabini, 
fragmentlar shaklini va b. o`zgartirib, libos modelida qo`llash mumkin. 
Karrikatura  usuli  –  dizayn  mahsulotining  siymo  echimini  be`mani,  yangi  tasodifiy 
echimini  hosil  qilishga  olib  keladigan  usul.  U  siymoli  model`  chegarasini  aniqlashga  va  ijodiy 
tasavvurni  rivojlanishiga  yordam  beradi.  Giperbola  usuli,  grotesk  siymoni  yaratish  zamonaviy 
modali  eskizlarida va ba`zi  dizaner modellarida ifodali siymoni  yaratish  uchun keng qo`llanadi 
(masalan, I.Miyake, Dj.Gal`yano, A. Mak-Kvin, D.Van Notten). 
Boshqalar fikrini aniqlash 
yoki “aql yig`iladigan usuli”doimo talabalar o`qitilganda ularni 
qandaydir muammo echish to`g`risida suralganda qo`llanadi: ”Bu to`g`risida nima o`ylaysiz?” Etilgan 
ko`p muloxazalar asosida loyiha vazifasini echish uchun optimal varianti aniqlanadi. 
Umuman aytganda, dizayner kabinet xodimi emas.  Dizayn mahsulotini  ishlab chiqishda 
kollektiv  ijod  muhimdir.  Ba`zi  dizayn-studiyalari  ishni  boshlaganda  etarli  miqdorda  g`oyalarni 
generatsiya  qilish  uchun  ko`p  odamlarni  jalb  etishadi.  Bunga  loyihalashdan  oldin  dastlabki 
tadqiqotlarni  o`tqazish  bosqichini  kiritish  mumkin,  qayerda  loyihaning  muammolari  va 
maqsadlari  shaklllanadi:  ilmiy-texnikaviy  jurnallaridan,  surov  va  interv`yulardan,  analoglarni 
o`rganishdan ma`lumot yig`iladi. Bular barchasi yangi ma`lumotni hosil bo`lishiga olib keladi. 
Dekompozitsiya  va  ketma-ket  yaqinlashish  printsip  usuli  -  murakkab  vazifani  qismlarga 
ajratish va ketma-ket ularni echish. Bu usul “o`zlashtirish” usulga o`xshaydi. Masalan, loyihalash 
vazifasi ayollar ustki kiyim seriyasini ishlab chiqish, bu usul bilan foydalanib loyihani bir necha 
ketma-ket  bosqichlarga  bo`lamiz:  qanday  yangilikni siz tavsiya  etasiz, qanday  stereotipdan voz 
kechish kerak – bu asosiy bosqich; qanday assotimentni ishlab chiqish kerak; sanoat yoki shaxsiy 
buyurtma  uchun;  qanday  shakl,  siluet,  proportsiyalarda  va  boshqa  kompozitsion  vositalarida 
bo`ladi; so`ng bosh va oyoq kiyimlar va aksessuarlar to`g`risida o`ylanadi. 
To  g`oyaga  mansub  echim  topilmagancha  bu  yul  bilan  yurish  kerak.  Bunda  murakkab 
loyixa  vazifasini  avval  echish  uchun  engil  vazifalarga  bo`lish  mumkin  bo`lganda  “o`zgartirish 
usul”ni  qo`llash  ma`qul.  Masalan,  estrada  kostyumni  eskizlar  seriyasini  yaratish  uchun  avval 
siymoni, imidjni, so`ng bezaklar va kostyum o`ylanadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling