Ajiniyoz nomidagi
Ma`ruza-10: Dizaynda ijodiy kontseptsiya
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ma`ruza-10: Dizaynda ijodiy kontseptsiya
Reja: 2. Dizayn kontseptsiyasining yo`llari 3. Dizaynda XX asr global kontseptsiyalari 4. Postindustrial tsivilizatsiya kontseptsiyasi. 5. “YAngi dizayn” tushunchasi. 6. “YAxshi shakl” tushunchasi 7. “Ochiq shakl” tushunchasi 8. Zamonaviy dizaynda ijodiy kontseptsiyalar. Adabiyotlar: 4 Zamonaviy dizaynni muammolarida ijodiy kontseptsiya muammosi (asosiy g`oya, loyihalash maqsadi va vazifalarini, ma`naviy yo`nalishi) markaziy o`rinni egallaydi. Kontseptuallik – bu loyiha madaniyatning mohiyatini asoslaydigan umumiy ijodiy ko`rsatmadir. Ijodiy kontseptsiya loyihaning qiymati va ma`naviy mazmunini belgilaydi. Ijodiy kontseptsiyaning mazmuni va xarakteri nafaqat muallifni shaxsiy dunyoqarashini bilan, balki 64 loyiha madaniyati va jamiyatni rivojlanish asosiy rag`batlari bilan bog`lik. Odatda, dizaynda kontseptsiyalar muhim muammolarni ifodalaydi, ular jamiyatni va insonni hayajontiradi. Dizayn insonlarning ehtiyojini hisobga olishi zarur va ularning muammolarini echishda o`z hissasini kiritish lozim. Aksi holda u madaniyatda insonparvarlik ma`nosidan o`z mavjudligindan mashhur bo`ladi. Dizaynning kontseptsiyalarini loyhalash quyidagi asosiy yo`llar bilan bog`liq: - baholash yo`li loyihalashni jamiyat va insonning turmush tarzi va shaxsning turini, ijtimoiy va shu jumlada estetik qoidalari bilan bog`liq ob`ektiv va sub`ektiv boyliklarni yaratish faoliyatini ko`rib chiqadi; - tizim yo`li dizayner loyihalash ob`ekti moddiy-funktsional va ijtimoiy-madaniy elementlarini o`zaro bog`liq tizim sifatida ko`rib chiqadi. Tizim yo`li muhit, uning elementlarini, inson va jamiyatni ishtirogida o`tayotgan jarayonlar orasidagi aniq funktsional bog`liqlarni aniqlashni ko`rib chiqishni talab qiladi. Loyihalashda shunday yo`lning natijasi – tizimli ob`ektni tuzilishi; - muhit yo`li – inson fazoviy-buyum muhitini, hayotiy atrofini o`zlashtirish natijasini ko`rib chiqadi. Insonning faoliyati va muomalasi muhitni ayrim elementlarini birgalikka bog`laydigan markaz va aniqlaydigan faktor sifatida e`tiborga olinadi. Bu holda loyihalash yaxlit siymoni yaratishga va muhitni funktsional tashkil etishga yo`naltirilgan. Kostyum dizaynida mavjud kontseptsiyalar, odatda, o`z davr dizayning asosiy muammolarini oqimidadir va turmush tarzini o`zgarish umumiy rag`batlari bilan bog`lanishidadir. Ammo, bu umumiy rag`batlar dizaynda har xil mualliflar kontseptsiyalarida o`zlashtiriladi, ya`ni dizaynerlar buyumning funktsiyasiga o`zgacha qarashadi, garderobni ta`millash turli kontseptsiyalarini tarafdorlari bo`ladi, har xil shakllantirish usullarni qo`llashadi, turli turmush tarzda yashayotgan insonlarga o`z kiyimini taklif etishadi. Bundan tashqari, kiyim dizaynini o`ziga xosligi shundaki, kontseptsiya matnda emas, balki vizual shaklda o`z ifodasini bayon etadi. Modani mavsumiy o`zgarish ritm an`anasi kiyim dizaynida ijodiy kontseptsiyasini asosiy o`zlashtirish shakli - modellar namoyishdir. Kontseptuallik faqat kiyim modellashdagina emas (garchi bu eng muhimi bo`lsa ham), balki modellarni tanlashda, muayyan siymo yaratishda (soch turmak, grim va b.), musiqa jo`rligida va namoyish o`tqazish joyda namoyon bo`ladi. Dizaynerlarning muallif ijodiy kontseptsiyalari, odatda, loyiha madaniyatni rivojlanish umumiy tendentsiyalaridan xoli emas va dizaynda mavjud u yoki bu umumiy kontseptsiyalarga qayd qilmaydi. XX asrda loyihalashda ikki global kontseptsiyalari mavjud: XX asrni birinchi yarmida dizaynning rivojini aniqlaydigan funktsionalizm; XX asrni oxirida postmodernizm (“yangi Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling