Ajiniyoz nomidagi


Ma`ruza-11  Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

Ma`ruza-11 
Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish 
Reja: 
1.  Buyum muhitini badiiy-siymo modellashtirish  
2.  G`oyadan buyumga 
3.  Dizayner fikrlashni o`ziga xosligi  
4.  Mazmunini tashkil etishdan shakllantirishga  
5.  Loyihalovchini buyumga nisbatan har xil nuqtay nazarlari 
6.  Dizaynda madaniy namuna bilan foydalanish  
 
 
Tayanch iboralari: ijod, assosiasiya, badiiy bosqich, badiiy syimo, ramz, o’yin usuli, intuisiya
kompozisiya, koloristika, xajmiy..  
 
 
Dizaynerning  ijodiy  faoliyati  uchun  ko’p  bilim  sohalaridan  ma’lumotlargga  ega  bo’lishi 
lozim, ular bir biridan uzoq bo’lsa ham. Ijobiy natijaga erishish uchun dizayner san’at sohasiga 
va fan yo’nalishiga ta’luqli bilimlarini o’zlashtirishi lozim.  
San’atni  har  bir  turida  g’oyaviy-ijodiy  asosi  –  kompozisiyadir.  Boshqacha  aytganda, 
kompozisiya orqali dizayner qiziqtirgan g’oyani ifodalaydi.  
Badiiy  asar  –  muayyan  o’zaro  bog’lanishda  bo’lgan  bir  turli  elementlar  (chiziqlar,  rangli 
dog’lar, hajm, naqsh, kolorit va b.) murakkab tizimi.  
Badiiy  asarda  estetik  va  siymo  prinsiplarini  o’zaro  nisbati  iste’molchida  tasavvur  va 
fantaziyani  uyg’otadi,  assosiativ  fikrlar  va  xis  to’yg’ular  murakkab  tizimini  tasavvur  etishga 
sabab bo’ladi.  
Assosiativlik  –  go’yo  bir  biriga  to’g’ri  kelmaydiganlarni  orasida  bog’lanishni  sezish  va 
o’rnatish qobiliyatdir. O’xshah yoki kontrast bo’yicha assosiasiyalari buyumlarni funksionallikka 
oidligini  engishga,  ularni  orasidagi  qonuniy  bog’liqlarni  va  yangi  funksional  mo’ljalni  barpo 
etishga  kumak  beradi.  San’atga  oid  umumiy  badiiy  shakllantirish  usullar  simmetrik  va 
nosimmetrik, kontrast va nyuans, grotesk, metafora va b.bo’lishi mumkin.  
Badiiy shakl – ma’noning ichki tarkibini san’at qonunlariga oid buyum sifatida barpo etish. 
Shakl barcha san’at turlariga oid umumiy tushunchasidir.  
Kompozision  shakllantirish  baravariga  ikki  sohadan  kelib  chiqadi  –  shaklni  ramzidan  va 
formal aloqalaridan. Ulardan qaysinisi dastlabki, qaysinisi ikkilamchi ekanligi noma’lum, chunki 
ijodiy  jarayon  aqlga  bovar  qilmaydi.  Ammo  shunisi  ayonki,  assosiasiyalar  manbasi  –  muallifni 
ijodi  o’ziga  hosligi,  uning  shaxsiy  siymolar  dunyosidir.  Formal  –  kompozision  aloqalar  sohasi 
esa odam shakllini tasavvur etish ob’ektiv mavjud qonunlaridan kelib chiqadi. Shunga qaramay 
bir-birisiz ijod bo’lmaydi. Ularni orasidagi aloqa chuqur va tabiiy.  


68 
 
Assosiasiyalaridan 
to’g’iladigan 
mavzu 
tartibsiz, 
tarqatib 
joylantirilgan 
morfologizasiyalangan  elementlar  to’plami  sifatida  ko’rinishi  mumkin.  Reallik  va  yaxlitlikni  u 
faqat kompozisiya orqali, barcha elementlarini uzviy bog’liq tartibiga binon erishiladi.  
Dizayner ikki vazifani echadi: ijtimoiy-kommunikativ va estetik madaniyni. Dizaynga oid 
ommabop kommunikasiya ma’lumotni estetik ehtiyojni uyg’otib, rivojlantirib va mustahkamlab, 
toki  u  iqtisodiy  kuchga  aylangancha  ko’p  odamlarga  “estetik  ma’lumotni”  etqazishga  imkon 
beradi.  Odamlar  yangi  buyumlarni  faqat  ularni  yangi  utilitar  xossalarini,  modali  va  prestijligi 
uchungina talab qilmaydi, balki “tirikchilik uchun eng zarur”, estetik didga binoan estetik ehtiyoj 
ommabop  talabiga  aylanadi.  Estetik  talabni  qondirish  uchun  buyumlarning  shakli  doimiy 
o’zgarishi kerak: shakllar uslubiy bir xil bo’lgan holda individual har xil bo’lishi lozim, shunga 
ko’ra dizayner faqat stilist bo’lmasdan, balki rassom, ijodiy shaxs bo’lishi zarur.  
Ijod  –  bu  voqelikni  qayta  tushinish  va  o’zgartirishdir.  Bilim  va  sezgisiz  ijodiy  fantaziya 
to’g’ilmaydi. Boy va to’g’ri tuzilgan bilimlar majmui – ijodning asosidir. Qachonki yaratuvchi, 
ijodiy  faoliyat  puxta  va  aniq  bilimlar  mantiqa  asosida  barpo  etilsa,  tanish  buyumlardan 
yangilarga  o’tishi  ayon.  Qachonki  yangi  g’oya  tasodifiy,  mantiqiy  va  ongli  jarayondan  xoli 
paydo  bo’lsa,  intuisiya  va  ilhom  keladi  deyishadi.  So’ngi  yillarda  odamni  fikrlash  faoliyati 
qonuniyatlarini  tadqiqot  etadigan  fan  tug’ildi,  u  erda  fahm,  ongsizlik  va  intuisiya  evrisitka 
elementlari mavjud. Ushbu fan odamni intuisiya yordamida ijod etish, “gazlamani sezish” bilan 
shug’ullanadi.  
Dizayner  umumiy  va  mutaxassisga  oid  bilimlarini  to’plashi  lozim.  Ijodiy  fantaziyani 
tarbiyalash professional qiziquvchanliksiz va kuzatuvchanliksiz mumkin emas.  
Dizayner  kostyum  kolleksiyasini  yaratganida  ijodiy  manba  sifatida  har  qanday  tabiiy 
hodisalar,  buyum  muhitining  turli  elementlari,  dunyoda  sodir  bo‘layotgan  voqealar,  musiqa, 
rangtasvir,  adabiyot,  balet,  teatr,  sirk,  kino,  tomosha  tadbirlari,  etnik  mavzular,  me’morchilik, 
muhandislik inshootlari, mashina detallari, turli  mexanizmlar, maishiy buyumlar, amaliy san’at 
asarlari  (shisha,  tosh,  daraxt,  metall,  keramika  va  b),  musiqa  asboblari,  er  fakturasi,  yulduzli 
osmon, origami o‘yini, ekologiya, tarixiy, xalq va klassik kostyumlar, eklektika usuli, parodiya 
usuli, stilizatsiyalash usuli va boshqalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.  
Har bir dizayner o‘z faoliyatining muayyan bosqichida tarixiy davr va xalq an’analaridan 
ilhomlanib, ijodiy manbalarga murojaat qiladi.  
Moda  tarixida  ekzotik  mamlakatlarning  madaniyatidan  va  ko‘p  badiiy  uslublardan  g‘oya 
o‘zlashtirish  doimo  bo‘lgan.  XX  asr  modasi  ko‘pincha  etnik  va  tarixiy  manbalarga  murojaat 
qiladi.  Keyinchalik  klassik  shaklni  va  ekzotik  xalqlardan  o‘zlashtirilgan  bezakni  birga  qo‘shib 
modellarni  barpo  etadigan  modelerlar  avlodi  paydo  bo‘ldi.  Masalan,  J.P.Gotening  «eskimos» 
kolleksiyasi fikrimizni isbotlaydi.  
Tabiat azaldan odam uchun ish maydoni bo‘lgan. Tashqi dunyoni tushunish va o‘rganish 
ehtiyoji uning qonunlarini o‘rganishga va o‘zlashtirilishiga olib keldi.  
Asrlar mobaynida ma’lumot yig‘ib, odamzod bionika faniga (yunoncha  — Bio — «hayot 
elementi») asos soldi. Bu  yo‘nalish 1950-yillarning oxirlarida paydo bo‘ldi.  Bu  fanning  asosiy 
maqsadi  biologik  sistemalar  va  jarayonlarning  imkoniyatlarini  o‘rganish  edi.  Leonardo  da 
Vinchi, N.E.Jukovskiy, L.Galvanilarni bionika fanining kashfiyotchilari deb hisoblasa bo‘ladi.  
XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘lgan badiiy uslub modern, jonli tabiatga asoslangan va 
aynan  shu  davra  cheklangan  me’morchilik  nazariyasi  paydo  bo‘lishiga  asos  bo‘ldi.  Ispan 
me’mori  A.Gaudining  ishlari  bunga  yorqin  dalil.  Uning  ishlarini  egri  chiziqli  yuzalarning 
me’mor  konstruktiv  shakllari  biologizatsiyalanishi  desa  bo‘ladi.  U  ilk  bor  odamlar  tabiat  bilan 
genetik  bog‘lanishini  qayta  tiklash  konkret  prinsiplarini  taqdim  etdi.  Shuningdek,  uni  qonuniy 
ravishda  me’morchilik  bionikasining  asoschisi  desa  bo‘ladi.  Bugun  bionika  boshqa  sohalarga 
ham  jadal  tarqaldi:  maishiy  texnikada,  harbiy  sanoatda  (suv  osti  kemasining  shakliga  baliq 
tanasining  shakli  asos  qilib  olingan)  va  boshqa  zamonaviy  kostyumda  bionikaning  timsoli 
chakamug‘ o‘simligining tikani asosida kashf etilgan «velkro» tasmasi keng qo‘llaniladi.  
Tabiat  bosh  dizayner  kabi  million  yillar  davomida  durdona  asarlar  yaratib  kelayotganiga 
shubha qilmaymiz. Uning organik va mantiqiy bog‘liqliklari mujassamlashgan yangi shakllarni 


69 
 
yaratish  imkoniyatini  topish  zamonaviy  dizayn  yangi  yo‘nalishining  asosiy  vazifasi  bo‘ldi. 
Bunga esa o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bionika va kristalolografiya katta ta’sir etmoqda. 
Ularning  asosida  ko‘plab  ob’ektlar  va  dizayn  buyumlari  (aksessuarlar,  zargarlik  buyumlari  va 
boshqalar) barpo etilmoqda (1-rasm).  
Jonli tabiatda yashash jarayoni organik ma’qullik bilan bog‘liq.  
Xuddi  shunday  odam  ham  faoliyati  davomida  o‘zi  istagan  natijaga  erishishga  intiladi. 
Muammoni  echish  uchun  birinchi  o‘ringa  buyumning  ko‘p  vazifaliligi  chiqadi,  ya’ni  buyumni 
bir  necha  mo‘ljalda  qo‘llash  mumkin.  Bu  muammoni  transformatsiyasiz  echish  mumkin  emas 
(bu usulni 1920-yillarda konstruktivistlar taqdim etishgan, ammo u hozirgi kunlardagina amalga 
oshirildi).  

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling