Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Bazaviy shakl 8. Modali shakl 9. SHaklni prognozlash
Nazorat savollari.
1. Ijod atamasining ma’nosi nimadir? 2. Assosiativlik kostyum dizaynida qanday qo’llanadi? 3. Kostyum dizaynida badiiy bosqichlar. 4. Intuisiya kostyum dizaynida qanday qo’llanadi? 5. Badiiy siymo kostyumda qanday ifodalanadi? 6. Kostyum dizaynida ramzlarning o’rni. 7. O’yin usulini ijod jarayonida qo’llanishi. 72 Ma`ruza-12 SHakl kostyumni badiiy loyihalash asoslari Reja: 1. SHakl tushunchasining mohiyati 2. SHakl tarkibi 3. SHaklni rivojlanish qonuniyatlari 4. SHaklni bir shaklda rivojlanish qonuniyatlari 5. Rang va shakl 6. Klassik shakl 7. Bazaviy shakl 8. Modali shakl 9. SHaklni prognozlash Tayanch iboralari: Shakl, kategoriya, moxiyat, tarkib, qonuniyat, geometrik, plastik, pulsasiya, sikl, bazoviy, klassik, modali, xususiyat, moda, uslub. Shakl tushunchasining moxiyati. Buyumnning tashqi ko’rinishi va chegarasini ifodalaydigan geometrik mohiyati shakl deb hisoblanadi. shakl (lot. forma) – tashqi ko’rinish, chegara. Shaklni tanlash va uni tuzilishidan san’at boshlanadi deb san’atshunoslar hisoblaShadi. San’atni boshqa turlariga nisbatan kostyum insonning siymosi va qomadiga ko’ra doimo rivojlanadigan ko’p sathli tizim. Kostyum tarixi, san’atshunoslik, falsafa, psixologiya, bionika, ergonomika, modellash amaliyotidan va kostyum grafikasi sohalaridan kostyum shaklini tadqiqodchisining bilimi bo’lishi kerak. Faqat chiziqlar harakatining nyuansini, figura va shaklni burulishlarini sezilgandagina bir shakldan ikkinchisiga o’tilganini sezish mumkin. Shakl tushunchasi quyidagi nuqtai nazarlardan tahlil etilishi lozim: Shakl – falsafa kategoriyasi; Shakl – ramz; Shakl – ob’ekt, buyum; Shakl – faoliyat. Shu bilan bir qatorda shakl – bu ketma-ket omillar tuplanishi va ularni doimo o’zgarishi, ya’ni tizimning dinamik modeli desa bo’ladi. Shakl tushunchasi insonning dunyoqarashi bilan chambarchas bog’liq. Masalan, Aflotun shaklni tashqi dunyoning mohiyati deb hisoblagan. Qadimiy yunonlarda Shakl tashkilni, uyg’unlikni timsoli, moddiy dunyoni ifodasi bo’lgan. Bejiz emaski, ular dunyoning uyg’unligini “Kosmos”, tartibsizlikni – “Xaos” deb nomlashgan. I.Kantni fikri bo’yicha shakl – bu figura, tur, qiyofa, uyin. Shu bilan birga uyin figuralar yoki sezgilar uyini bo’lishi mumkin. Uyin fazoda va muayyan vaqtda ro’yobga chiqadi. “Koinotning barcha tarkibiy qismlari Galaktikadan atomgacha mozaikaning har bir bulakchalari kabi bir biriga mos bo’lishi lozim. Koinotni ifodalaydigan mozaika ko’p o’zgarishlarga sazovor. Vaqt mobaynida o’zgarishi ayrim fragmentlarni to’g’ri ketma-ketlikka yig’sh uchun bizga yordam beradi” – deb M.Born yozgan. Demak, xozirgi shakl o’tmish shakllar bilan taqqoslanmasdan va kelajak shakl uchun xulosa qilinmasdan tahlil etilishi mumkin emas. Vaqt mobaynida shaklni rivojlanishi ketma-ketligini, namunani, ideal shakl sifatida zamonaviy shakl standartini (damba–dam dizaynerlar tomonidan buziladigan) paydo bo’lishini anglaydi, bu uslubni o’zgarishiga, uni rivojlanishiga va yangilanishiga olib keladi. Shakl buyum mavjudligining usuli, texnik va estetik zarurligi bilan ta’riflanadi. Shakl ma’lum psixologik ma’noni ifodalaydi va muayyan siymoli mazmunni ifodalavchi belgi, ramz tizimi deyiladi. Dizayn shakli yaratilganda quyidagi talablariga ahamiyat beriladi: funksional – buyumning texnik maqsadini va insonning utilitar talablarini oldindan aniqlaSh; konstruktiv-texnologik - 73 materialning fizik va mexanik va xususiyatlari va shakl konstruksisiyani oqilona ifodalash; estetik – jamiyatning estetik ideallariga buyumning mosligi. Kostyum shakli inson bilan chambarchas bog’liq va faqat uning siymosi, razmeri, harkatini inobatga olgan holda tahlil etilishi lozim. Kostyumning har bir qatlami o’z xossalariga ega: ustki qatlami: rang, faktura, chiziq, naqsh, bezak, yani kompozision bezak qatlamlaridan iborat; geometrik tarkib, u shakl elementlarining o’zaro proporsional nisbatlarini aniqlaydi; tana va qobiq orasidagi fazo; odam figurasi. Kostyum shaklini biz harakatda ko’ramiz, harakat – bu kostyum shaklini ta’riflash uchun eng muhim omillaridan biridir. Shakl rivojlanish jarayonida turli fazalardan o’tadi, chunki harakat – bu faqat fizik jismini fazoda kuchib yurishigina emas, balki biologik, intensivlik va tanglikni o’zgarishlari, tovush va ritmik harakati – bular barchasi moddani harakatidir. Kostyum shakli biologik tizim kabi xususiyatlar to’plami yordamida barpo etiladi. Demak, shakl – bu odam qomati, muhit va belgilangan muayyan funksiya bilan bog’liq, elementlari esa o’zaro tarkibiy moslashgan fazoviy-vaqt modeli. Shakl tarkibi. Kostyumni muayyan tarkib ifodalaydi, ya’ni uning bo’limlarining tarkibi. Siymoli, funksional va texnik echimlari bilan bog’langan shakl geometrik elementlarining ma’lum fazoviy tizimi shakl deb tushuniladi. Kostyum tarkibi – bu kostyumning ayrim elementlarining (kiyim, bosh va oyoq kiyim, qo’shimchalar, taqinchoqlar) turg’un tashkil etish usuli. Kostyumda shakl – bu uning tarkibini tashqi ko’rinishi. Kostyum tarkibi harakat bilan bog’liq va faqat unga ko’ra shaklni to’g’ri tasavvur etish mumkin. Kostyum tarkibini o’rganish uchun shaklni oddiy xususiyatlari, geometrik figuralari, ularning aloqalari va kombinasiyalari orqali kiyimning turli-tuman turlarini ifodalash kerak. Tarkib elementi – bu eng oddiy geometrik shakl, ya’ni shakl yaratish uchun “qurilish” elementi. Kostyum tarkibini aniqlash uchun hajmlarning geometrik asoslarini ajratib olish kerak. Bu holda albatta bezak elementlari hisobga olinmaydi. Kostyumda asosan uchburchak, to’g’riburchak, trapesiya va oval kabi tarkib elementlari uchraydi. Tashkiliy prinsipi bo’yicha kostyum tarkibi simmetrik va nosimmetrik bo’lishi mumkin. Simmetrik tarkibli kostyum odam figurasiga nisbatan simmetrik joylashadi, nosimmetrik tarkibli kostyumda esa – figura va kostyum nosimmetrik joylashadi (masalan, Gotik va Modern badiiy uslubdagi ayollar kostyumi). Kostyum shakli stabil va mobil elementlaridan iborat. Stabil elementlar (muayyan vaqt maboinida o’zgarmaydigan) asosiy tarkibiy elementlarning shaklini, kelajak mohiyatini, uning geometrik shaklini va fazoviy tavsifini aniqlaydi. Kostyumda unga asos qilib olingan geometrik shakl, kostyum bo’limlarini proporsional nisbatlari va kostyum ta’sirida gavdani holati hisoblanadi. Mobil elementlariga (tez o’zgaradigan) bezaklar, chiziqlar, material, faktura, rang, naqsh, ya’ni shaklni to’ldiradigan elementlar va stabil tarkib chegarasida tez-tez o’zgaradigan elementlar kiradi. Kostyum shakllari eng avvalo stabil elementlarning umumiyligi bilan birlaShadi, mobil elementlarni hilma-xilligi esa ularga individuallik berib, aniqligini ifodalaydi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling