Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Fil`dekos
(fr. “shotlandikalar”) va fil`depers (fr. “fors ipi”) paypoqlar ipaksimon paxta ipidan to`qilardi. Avval modada paypoqlar oq va qora rangli bo`lgan, so`ng ayollarning oyog`i ko`proq ochilgani bois to`r paypoqlar modaga kirdi. To`rsimon ko`zli, to`r, har xil ramzli naqshlar (gullar, o`rgimchak ini va b.) bilan bezatilgan paypoqlar 1900-1914 yy. modaga kirdi. YUpqa ip gazlama – flyor va shoyi shunday paypoqlar uchun material bo`ldi. Qo`lda yoki mashinada ishlangan kashta (naqshi gul, qushlar) yoki bryussel` to`rlaridan qo`shimcha qilingan paypoqlar ayniqsa zeboli hisoblangan. Ba`zan, zeboli liboslar bilan yo`l-yo`l yoki katak-katak paypoqlrni kiyishgan. 1920 yildan keyin modaga tana rangli shoiy paypoqlar kirdi. 89 Ikkinchi jaxon urshi payitida magazinlarda paypoqlar bo`lmagani uchun, ingliz ayollar parlamentga murojat qilishdi: rasmiy joylarga paypoqsiz kelishga ruxsat beradigan konun qabul qilishni. Ammo bu muammoni g`alati echimi quyidagicha bo`ldi: ayollar ishga borganda oyog`ini achchiq choy bilan bo`yashardi va paypoqlardagidek chokini ham chizishardi. Ikkinchi jaxon urushidan keyin modada sun`iy va sintetik tolalardan paypoqlar keng tarqalgandi. Neylon paypoqlar ilk bor AQSHda 1939 yilda qilingandi. Ular tana rangli qilinardi. Mini-moda keng tarqalgani bois modaga turli rangli paypoqlar kirdi. To`r, elastik, laykra va b. paypoqlar keng tarqaldi. Paypoqlar orqasida chokli (ba`zan qora rangli va tovonida strelkali), yaxlit to`qilgan, qora tovonli, har xil tasviriy mavzu (kapalak, yurakcha, nuxat, romb, gul va b.) naqshli bo`lgan. Kolgotkalar. Kostyum dizaynida kolgotkalar muhim rol` o`ynaydi, ularning timsoli paypoqlar bo`lgan. Mini–moda va rok-n-rolni (u tez va qo`pol harakatni talab qilgan) keng tarqalgani tufayli modaga papoqlarni o`rniga kolgotkalar kirdi. Kiyimning yangi turlari va shakllari kolgotkalarni bezatish uchun yangi usullarni talab qildi. YAngi ilg`or texnologiyalar dizaynerlarga bu kostyum qo`shimchasi estetik va utilitar funktsiyalarni bajarirish uchun yangi imkonlar yaratdi. Poyabzal bilan birgalikda kolgotkalar zamonaviy ayollar kostyumining plastik siymosini yakunlaydi. Dizaynerlar kolgotkalarni loyihalashda va badiiy bezashda, odam figurasini kostyum yordamida korrektsiyalashda odat bo`lib qolgan usullar bilan foydalanishdi: optiko-geometrik illyuziyalar, psixologik chalg`itish illyuziyalar, har xil rang yoki fakturani psixologik ta`siri yordamida. Masalan, neytral ranglar oyoqni tabiiy ko`rsatadi, to`q ranglar esa – oyoqni uzunroq qilib ko`rsatadi. Vertikal` chiziqlar, romb va to`g`riburchak geometrik naqshlar ideal oyoqlar go`zalligini ko`rsatishga o`ndaydi. YAltiroq fakturalarda oyoq kattaroq, xiralarda esa – kichkinaroq tuyuladi. Zamonaviy kolgotkalarni loyihalashda ikki yo`nalish mavjud: klassik va fantazi. Klassik kolgotkalar, odatda, sidirg`a, bir tonli bo`ladi. Ularni rasmiy sharoitda, etiket saqlash kerak bo`lgan holda kiyiladi: teatrga, prezentatsiya va b. borish. Tabiiy tana rangli kolgotkalar qo`lni tabiiy rangiga monad bo`lishi lozim. “Fantazi” yoki avangard kolgotkalar rangi, to`qilishi va fakturasi har xil bo`lgan. YOshlar orasida gulli yoki geometrik naqshli, logotipli, stilizatsiyalangan xayvonlar, baliqlar, ertak personajlari tasvirli, katak-katak va yo`l-yo`l (dol`chiklar) kolgotkalar keng tarqalgandi. Hamonki kolgotkalar sovuq va hattoki issiq payitda kiyiladigani bois, dizaynerlarga kimyochilar, biologlar, tibbiy xodimlar yordam bergan, ular mahsus havo utqazadigan modellarni yaratishgan. Oxirgi payitda ishlangan kolgotkalar antistatik, antimikrob, xidni yo`qotadigan xususiyatlarga ega. Kolgotkalar elastik iplardan (“elastan” va laykra) to`qilishi, ularni tanaga yopishib turadigan qildi, qon aylanishini kuchaytiradi, antitsellyulit va antivarikoz xossalarga ega qildi. Kolgotkalarnni maksimal bosimini boldir va bo`ksaga taqsimlanishi natijasida engil massaj effekti yuz beradi. Bolalar, tineydjerlar va talabalar uchun kolgotkalar loyihasi ishlanganda siymoli echimlar bo`lishi lozim. Dizayner ajoyib fikrlashi lozim, modaning yangi tamoyillarini bilishi, yangi materiallar va fakturalarni qidirishi zarur. Klassik va “fantazi” kogotkalardan tashqari yana balet va tsirk artistlari uchun mahsus kolgotkalar mavjud. SHunday modellarni yaratganda qo`yidagini inobatga olish kerak: bu buyumlar yorug`likni turiga ko`ra tashqi ko`rinishi o`zgaradi, demak, ijodiy qidiruv rang va yoro`g`likni o`zaro aloqasini, tomashabinga rangni psixofiziologik ta`sirni inobatga olish va 90 antropotexnika (odamni fizik imkoniyatlariga moslashtirib ob`ektni loyihalash) bilan foydalanish kerak. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling