Ajiniyoz nomidagi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/71
Sana08.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#236262
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi

Belbog`  va  kamarlar.  Ular  kostyumniing  ajralmas  qismi  bo`lgan.  Ibtidoiy  davrda 
belbog` va kamarlar psixologik funktsiyani bajarib, ya`ni yovoiy ruxdan saqlash vositasi bo`lgan. 
Qadimdan  belbog`  tanani  tepa  va  pastki  qismlarga  ajratib,  insonda  ham  ihtimol  yuqori  va  past 
mohiyatini  ajratar  edi.  Ezoteriklar  bilimi  bo`yicha  belbog`  odamni  ikki  muhitga  bo`lar  ekan: 
belbog`dan yuqori tana qismi insonni Kosmos bilan, pastki qismi esa Er bilan bog`laydi. Ularni 
fikri bo`yicha erkaklar kosmik, ayollar esa er moxiyatiga ega. 
Qadimdan enida hattoki kiyimi bo`lmasa ham belbog` kiyishardi. Belbog`larni atributiv 
va ramziy ma`nosi halqlarda va vaqt sari har xil bo`lgan. 
Qadimiy  tsivilizatsiyalarida  belbog`  –  bu  gazlama  yoki  charmdan  tasma  yoki  to`qilgan 
o`tdan  qilinib,  jamiyatda  insonning  o`rnini,  unig  boyligini,  hayotida  o`zgarishlarni  va  b. 
tomonlarini aks etardi. 
Krit orolida, Qadimiy  YUnoniston va Rimda belbog` juda muhim  qismi bo`lgan:  uydan 
belbog`siz  chiqish  odobsizlik  deb  hisoblanardi,  faqat  raqqosalar  va  geteralar  xitoninii  belbog` 
bilan bog`lamasligi mumkin edi. Odatda belbog`ga peshband, qurol, va b. buyumlar qistirilardi. 
Gomerning  “Illiada”  poemasida  “bel  bog`lash”  janga  tayyorlanishni  ifodalardi.  Belga  qilich, 
pichoq, kamon, otish quroli va b. qistirilardi. 
Slavyan  xalqlarda  (G`arbiy  Ukrainada)  qalin  charmdan,  yashirin  chuntakli,  bosma 
bezakli, kumush va mis to`qalar va tugmalar bilan bezatilgan eni keng kamar o`ziga xos korset 
va yashirin chuntak bo`lmasdangina tumor rolini o`ynagan. 
Mo`g`il charvodarning zaruriy buyumi belbog` “bus” bo`lgan. Ularda “bustoy” erkaklar 
sinonimi edi, ayollarniki esa – “busg`uy” (“belbog`siz” ayol) bo`lgan. 
Ba`zi arab malakatlarida o`spirin voyaga etganda belbog` bog`lashadi. Agar belbog`i tuya 
junidan bo`lsa u 15 yoshga kirganini aks etardi. 
Eskimoslar  unashtirish  marosimda  kuyov  kelinga  ovlangan  ivlasin  bilan  (oq  ayiq  va 
morjning oldingi tishi) bezatilgan belbog`ni sovg`a qilardi. 
Slovakiya  o`spirini  bozorda  qimmatbaho  belbog`  sotib  olardi,  aks  holda  qizlar  unga 
e`tibor bermasdi. Belbog`ga pul soladigan chuntaklarni qistirishardi. 
Ozerboyjonda belbog`ga oltin tanga tikishardi va u avloddan avlodga o`tardi. 
Rus  dehkoni  belbog`siz  yurish  uyatli  hisoblangan.  Insondan  belbog`ni  olib  tashlash 
shaniga  insod  keltirishni  bildirardi.  Qadimiy  odatga  ko`ra  fol  ochganda  belbog`ni  echish  zarur 
edi.  YAngi  to`g`ilgan  chaqaloqka  belbog`ni  hadya  kilishardi.  CHo`qintirgandan  so`ng  qizlarga 
belbog` bog`lashardi. Maitni ham belini bog`lashardi. Rus qishloq qizlari sevgan yigitiga duolar, 
sevgan ismlar, nasihatlar, o`g`itlar kashtalangan belbog`larni sovg`a qilishardi. 
Volga bo`ylab qishloqlarda belbog`da so`zlar to`qishardi. To`qilgan so`zlar soni bo`yicha 
belbog`ga  nom  berilardi:  bir  so`zli,  ikki  so`zli,  uch  so`zli,  to`rt  so`zli.  Ayollar  belbog`ni 
ko`krakni  tegidan  bog`lashardi,  erkaklar  esa  –  belidan  pastroq.  Belbog`lar  eshilgan  shoyidan 
qilinib,  shokila  va  popuklar  bilan  bezatilardi.  Kundalik  belbog`ga  qinda  pichoqni  osib 
qo`yishardi. 
Kaftan,  pustin  va  choponlarini  keng  uch  metrli  jun  yoki  shoyi  belbog`  –  kushak  bilan 
bog`lashardi. Kushak Rossiyaga SHarqdan kelgandi (ko`shak turkcha so`z). 
O`rta  Osiyoda  erkaklar  ko`ylak  va  choponini  belbog`  (charm  yoki  gazlamadan)  yoki 
chorsi (qiyiqcha) bilan bog`lashadi. Ba`zan beliga baravariga bir nechtasini bog`lashadi. Odatda 
qarilar  -  oq,  o`rta  yoshlar  -  ko`k,  yoshlar  –  qizil,  sariq,  malina  rangli  belbog`ni  kiyishardi. 
Belbog`ni  taxlamlariga  pul,  tamakidon,  yo`lga  olingan  nonni,  mayda  buyumlarni  solishadi. 
Belbog` bilan nomoz oldidan yuzini artishadi, u joynomoz yoki dastarxon sifatida ham bo`lishi 
mumkin  edi.  CHorsini  boshiga  salla  qilib  o`rashardi.  Bo`yindagi  ro`molni  uchi  pastka  qarab 
osilib to`rsa g`am yoki dunyodan voz kechkanligini ko`rsatardi. Motam kiyimda ayol va erkaklar 
choponni  ustidan  bel  bog`lashardi.  Ayollar  odatda  belbog`  kiyishmagan.  O`rta  asrlarda  kasbni 
egallagan o`quvchiga belbog` bog`lashardi. 


91 
 
Janubiy–SHarqda  YAponiya  va  Xitoyda  ayol  va  erkak  liboslarida  belbog`lar  bo`lgan. 
YAponiyada  erkaklar  belbog`ini  kimononi  o`stidan  belidan  sal  pastroq  kiyishgan,  kundalik 
kiyimda uni uchui pastga qarab bog`lashadi, bashang kiyimda esa  - uchlari  yuqoriga qaratiladi. 
Ayollar kimononi ustidan ko`kragidan sal pstroq baravariga 3-7gacha belbog` kiyishadi. Ayollar 
belbog`i-obi uchun gazlama aloxida to`qiladi. 
Evropa  o`rta  asrlarida  belbog`ning  ramzi  o`zgacha  bo`lgan.  U  farovonlik  va  faxriylik, 
qadr-qiymatlik va iffatlik, er-xotin vafodorlik timsoli bo`lgan. Foxisha ayollariga belbog` kiyish 
man etilgandi. 
Musulmon  sharqida  charmdan  kamar  nasroniylarni  farqlovchi  belgisi  bo`lgan,  chunki 
ular xarom chuchka terisidan qilinardi. Musulmonlarning belbog`i gazalamadan qilinardi. 
XIII  asrda  sovut  yoki  xarbiy  plashchni  ustidan  qilichni  qistirish  uchun  beldan  pastroq 
belbog`  dupsinni  kiyishgan.  XIV  asrni  ikkinchi  yarmida  bu  keng  belbog`  zar  bilan  bezatilardi, 
burgundlar modasida esa belbog`ga turli buyumlar (xamyon, oynani) qistirishardi. 
XV-XVI  aa.  quroli  maxkamlangan  gazlamadan  keng  belbog`-bandel`eni  kiyishgandi. 
XVII asrda bandel`e shpagani olib yuradigan kavalerning modali aksessuari bo`lgan. 
XVII  asrda  Rossiyada  belbog`siz  yurish  beadab  xisoblanardi.  Belbog`ni  boy  va 
qambag`allar kiyishgan. Boylarning belbog`lari qimmatbaho matolardan qilinib, ser bezatilardi. 
Ingichka  belbog`ni  ko`ylakni,  kengini  esa  –  kaftanni  ustidan  kiyishardi,  ular  bilan  tugma  va 
qo`yma  qatorida  fahrlanashardi.  Belbog`lar  yaxshilik  va  sermazmunli  sovg`a  sifatida 
hisoblanardi. XX asrga qadar belbog`siz yurish sharmandalik timsoli bo`lgan, insondan kamarni 
echish uni isnod qilingaligini aks etardi. 
XX  asrda  kostyum  kopozitsiyasida  belbog`  muhim  o`rinni  egalladi.  Ular 
uslubni yaratadigan kostyum elementlaridan biridir. Belbog`lar 
va 
kamarlar har xil materiallardan qilinadi, bezaklari va taqilmalari ham xilma-xil. Konstruktsiyasi 
va  kiyish  usuli  bo`yicha  ular  bog`lanadigan  va  taqilmali.  YOshi,  jinsi,  ijtimoiy  holidan  qat`iy 
nazar belbog` va kamarni xozir hamma taqadi. Uning asosiy vazifasi – kiyimni ushlab to`rishdan 
tashqari,  u  tanani  kamchiliklarini  yashiradi,  komadni  kelishgan,  batartib  qiladi,  ayol  belini 
go`zalligini namoyon etadi. 
Umuman,  xozirgi  modada  belbog`larni  guruhlarga  bo`linishi  shartlidir.  Masalan  keng 
belbog`ni xohlansa nimcha, korsaj, korset, mini-yubkaga aylantirish mumkin. 
Kamar  va  belbog`ni  kiyish  uchun  ma`lum  qoidalarni  bilish  kerak.  Masalan,  erkaklar 
kostyumida  klassik  qonuni  bo`yicha  kamar  rangi  poyabzal  rangi  bilan  bir  xil  bo`lishi  lozim; 
to`qasining  va  boshqa  furnituralarni  materiali  soat  materiali  i  rangiga  mos  bo`lishi  lozim; 
poyabzal  va  qo`lkop  kabi  qora  kamarlar  rangli  sport  kiyimida  qo`llanishi  mumkin;  smokingni 
shimiga  asosiy  gazlamadan  kushak  bo`lishi  kerak.  Ayollar  kostyumida  kamar  rangi  odatda 
sumka va tuflini rangi bilan moslanadi, dizayni esa bezaklar bilan o`yg`unlashadi. 
Ammo  zamonaviy  moda  demokratik  va  o`zgacha  bo`lgani  bois,  yuqoridagi  qonunlari 
faqat etiket qoidalariga ko`ra va rasmiy sharoitda rioya qilinadigan bo`ldi. 
Xozir dizaynerlani va iste`molchilar e`tiborida har xil belbog`lar: dekorativ, funktsional, 
harbiy, etnik, avangard, militari uslubida va b. 
Kamarlar  uchun  asosiy  material  –  charm.  Ular  perforatsiya,  tuqa,  tunog`ich,  metall 
pistonlar,  zaklyopkalar,  shokila  va  popuklar,  bosma  naqshlar,  zanjir,  strazlar  va  b.bilan 
bezatiladi. Ularga al`ternativ materiallar sifatida plastik, metall va tekstil` qo`llanadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling