Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Paypoqlar. Birinchi paypoq qachon to`qilganligini xozir aniqlash qiyin. Gomerni asarida
Penelopa kechasi to`qilgan buyumni kunduz sukib tashlardi – mumkin u paypoq bo`lgan? Arxeologlar kopt qazilmasidan V asrda to`qilgan bolalar paypog`ini topishgan. 88 To`qish kasbi faqat XIII asrda Italiyada tiklangan. Ammo o`rta asrda paypoq kostyumning aloxida qismi sifatida bo`lmagan. Erkaklar movut, bo`z yoki yupqa charmdan tikilgan ishton- paypoq kiyishgan. SHuning uchun Frantsiyada dastlab paypoqni bas de chausse –“ishtonni pochasi” deb atashgan. Askarlar va oddiy xalq ko`pincha paytava kiyishardi. Ispaniyani to`qilgan paypoqninng vatani deb hisoblashadi. Bu erda ularni qo`lda to`qib kashtalangan rangli uloq bilan bezatishardi. SHunday paypoqlar shunchalik darajada qimmat turardiki, hatto ingliz qiroliga Genrix VIII ( 1491- 1547 yy.) sovg`a sifatida yuborishgan. Uning qizi Elizaveta I (1533-1603 yy.) ipak paypoqqa ega bo`lgan. Ammo bu davrda Angliyada jun paypoqgina to`qilardi. Paypoq to`qidigan mashinaning ixtirochisi Uil`yam Lining taqdiri o`zgacha bo`lgan. Filosofiya magistri to`quqvchi qizni sevib qolgan va unga yordam berish uchun 1589 yilda to`quv mashinasini ixtiro qilgan. Bu mashina bir daqiqada 100 izma qilish mumkin edi. Ammo qirolicha Elizaveta Iga ko`rsatilganda mashinada faqat ipak emas, jun paypoqlar to`qiladi va to`quvchilar ishsiz qoladi deb u Liga patent bermagan. Kup utmay Li ipak paypoq to`qidigan dastgoxni ixtiro qildi, ammo na Elizaveta I, na YAkov I bu mashina bilan qiziqishmadi. Umidsizlikdan Li Frantsiya qiroli Genrix IV taklifini qabul qilib, Ruanga kuchib ketdi. Ammo Genrixni ulimidan so`ng Mariya Medichi homiylik qilmagani bois u Parijga ketdi va u erda 1610 yilda vafot etdi. Katoliklarning ta`qibidan qochib xunarmand- protestantlar Germaniya, Avstriya va Italiyada boshpana topishgan. Paypoq to`quv mashinasini 1650 yilda qat`iy tadbiq etilgan. Barokko va Rokoko uslublari davrida kavalerlar oq shoyi paypoq kiyishgan, qirol Lyudovik XIV davrida uzunligi tizzagacha ko`k yoki qizil paypoqlar urf bo`lgan. Moda qonundori markiza de Pampadurga taqlid etib, zebolik ayollar to`rdan paypoqni kiyishadigan bo`ldi. XVIII asrni oxirida Evropada tikilgan paypoqni o`rniga to`qilgani kirdi. Buyuk frantsuz inqilobi davrida kalta ishton-kyulotni o`rniga uzun ishton-sankyulotni kiyilgani bois paypoq kerak emas bo`lib qoldi. Ammo, Napoleon imperiyasi davrida saroy kostyumi paypoqni yana moda bo`lgani bois, paypoqdan voz kechib, erkaklar kalta paypoq-noskini kiyishadigan bo`ldi. Ayollar paypoqlar tarixi o`zgacha. Qanchalik ko`ylagi kaltaroq bo`lsa, shunchalik paypoqqa e`tibor berilardi. Rossiyaga paypoqlar G`arbdan kelgan, nomi esa sharqiy-tatar so`zi “cholgau”dan kelib chiqqan, ya`ni “paytava”dan. Rosssiyada qishloq ayollari paypoqqa katta e`tibor berishardi. Olifta ayollar baravariga 6 jun paypoq kiyishgan, chunki semiz boldir urf bo`lgan. Qambag`allar paypoqni paytavani ustidan kiyishgan. Odatda ularning paypog`i oq yoki qora rangli bo`lardi. Bezakli paypoqlprning tepasi oq, pasti - yo`l-yo`l yoki naqshli bo`lgan. XIX asrni o`rtasida ayollar oq paypoq kiyishgandi. Qanchalik ayollar yubkasi kaltalansa, shunchalik paypoqqa va poyabzalga ko`proq e`tibor berilardi. XX asrda ayollarning tashqi ko`rinishida paypoqlar muhim o`rinni egallaydi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling