Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Sumklar boshqa kostyum dizayn asarlari kabi texnikaviy progress yutuqlarinigina aks
etmasdan, turli ijtimoiy guruhlarni turmush tarzi va psixologiyasi to`g`risida ma`lumot beradi. Psixologlar fikri bo`yicha ayolni xarakteri to`g`risida uni sumkasi ma`lumot beradi. Kichkina, ichi tuldirilgan tselofan paketi ayolni kam tasavvurligini ifodalaydi. YOrqin sumkalarni fantaziyasi bor engiltak ayollar olib yurishadi. Katta sumkalarni pessemist ayollar olib yurishadi; eski, iflos, yirtilgan lekin ozoda va elegant kiyingan ayollar – bu mantiqasi mutlaqo yo`q yoki ko`p muammolari borligini ko`rsatadi. Sumkani paydo bo`lishi har xil mayda buyumlarni olib yurish bilan bog`liq. Masalan, rimliklar plashch togani taxlamlarida sinus deb atalagan mahsus chuntagi bo`lgan, u erda pul va 92 boshqa mayda buyumlarni solishgan. Qadimiy YUnoniston ayollari kichkina nozik qopcha- kisetni olib yurishgan, XIX asrda esa klassik kostyum bilan ishqivozlik bo`lganda ular ayollar sumkachasi timsoli bo`ldi. Afrika xalqlarida sumkalarga sexrli ma`noli narsalarni solishgan. Masalan, Saxaradagi taureglar qabilasida sumka-tumorida kuchmanchilarni barcha turmush sharoitlari uchun duolarni olib yurishgan. Barcha xalqlar turli materiallardan qilingan, ser bezatilgan, turli shaklli, taqilmali, bandli sumkalarni qo`llashgan. Evropada sumklar bilan XI asrdan boshlab foydalanishdi. Bu belga qistiriladigan kichkina sumka-xamyon, unga aslzodalar xayr berish uchun chaqa solishardi. Bu sumkalar l- aumoniere – tangadon deb nomlangandi. Sumka-kisetlar (tamaki solish uchun) erkaklar kostyumida bo`lgan. Ijtimoiy holiga ko`ra ular oddiy polotnodan, yumshoq echki charmidan, zamshadan, kimxobdan qilinardi va kashta, dur, rangba-rang munchoqlar bilan bezatilardi. XIII asrda osib yuradigan sumkalar qatorida kvadrat yoki to`g`riburchak shaklli asosan yassi, dastasi kashtalangan shnurdan qilingan qo`lda olib yuradigan sumkachalarida ibodat kitoblarini olib yurishgan. Sumkalar shoyi, zar va kumush iplari bilan kashtalanardi va kichkina qo`ng`iroqchalar va popuklar bilan bezatilardi. XV asrgacha sumkalar bilan asosan savdogorlar va almashuvchilar foydalanardi. Ularning kostyumini asosiy atributi katta xamyon bo`lgan. SHunday sumkalar Rossiyada ham ma`lum edi. XVasrda sumkaning roli o`zgardi. Ayol va erkaklar sumklari farqlanadigan bo`ldi. Ayollar sumkalari yumshoq, ipak ipi bilan kashatalangan, belbog`ga uzun shnur yoki zanjir bilan mahkalanardi. Erkaklar sumkasi dag`al charmdan ishlanardi, ularni charm izmalar yordamida belbog`ga mahkamlashardi, sumkani orqasidagi izmaga xanjar qistirilardi. XIV–XV aa. Frantsiyada pul uchun qopcha amaldorlar tualetini buyumi bulgan. Kech Gotika modasaida turli razmerli qopchalar kollektsiyalarini belbog`ga osib qo`yishardi, yurganda ularni ichidagi tangalar jiringlardi. Ulardan tashqari belbog`ga kalitlarni, pichoq va atir shishasini osib yurishardi. Bu qopchalar Renessans davrida ham saqlangandi. XVI asrda ramka taqilmali sumkalar paydo bo`ldi, ularning konstruktsiyasi xozirgacha saqlanib qolgan. XVII asrda markiza de Pompadur ayollar sumkachasi - “ridikyul`” (fr. reticule – ayollar sumkasi, setka) ihtiro etgandi. Bu ser bezatilgan duxoba va turdan qilingan sumkacha edi. Modaga XVIII asrni o`rtasida kirib, ridikyul` XIX asrni boshida ommabop bo`ldi, chunki tor antik ko`ylaklarda chuntak bo`lmagan. Sayr va vizitlar uchun qimmatbaho mo`ynadan ishlangan, zar va kumush bilan kashtalangan yoki butunlay kumush yoki zar sovut turidan qilingan ridikyul`lar paydo bo`ldi. Ularni qo`lda olib yurishardi, belbog`ga qistirishardi yoki bo`yinga osib qo`yishardi. Ridikyul` X1X asrgacha moda bo`lgan. X1X asrni boshida modaga qattiq sumkachalar kirdi. Asta-sekin “ridikyul`” nomi qaytti va sumkalar orasida peshqadam bo`ldi. 1930 yy. modaga oddiy hajmiy va mustahkam charmdan sumkalar kirdi va “ridikyul`” so`zi iste`moldan chiqdi. Ommabop ongda sumkalar orasida savlatlik ramzi portfel` bo`lgan. 1970 yilni oxirida modaga Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling