Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ko`zoynaklar. Aksessuarlar orasida ko`zoynaklar muhim rol` o`ynaydi, Ko`zoynak bu
faqat ko`rish uchun korrektsiya vositasigina emas, balki kattalar va bolalar kiyyadigan modali aksessuardir. Evropada ko`zoynaklar chamasi 1300 yilda paydo bo`lgan. Ammo, tarixchilar ma`lumotiga ko`ra ular SHarq Osiyoda ancha ertaroq ma`lum edi. Faqat amaliy funktsiyaga ega bo`lib, ular juda tez modali bezak bo`lib qoldi va modaga bo`ysunib, har xil o`zgarishlarga yo`liqdi: oynaklar shakli va kattaligi, qo`llangan materiallari, gardishining shakli va rangi. Tarixning ba`zi davrlarida ko`zoynaklar modaning alomati bo`lgan. Masalan, XVII asrda erkaklar yorqin rangli katta ko`zoynak kiyishgan, XVIII asrdan boshlab zodagonlar lornet (zanjirli qo`l dastali ko`zoynak), zobit 94 va elchilar monokl`ni (oltin gardishda oynak yoki u siz tasmada bir ko`zga kiyiladigan ko`zoynak) afzal ko`rishgan. XIX asrni o`rtasida pensne (bandi yo`q qansharda turadigan ko`zoynak) paydo bo`lgan. XX asrda modaga quyosh nurlaridan himoya qiladigan qo`zoynaklar paydo bo`lib, kostyumning ajralmas qo`shimchasi bo`ldi. Ko`zoynaklar – ko`zga tashlanadigan aksessuardir. Ular yordmida yuzga sirlik, fitnalik, seksuallik, himoyasizlik, intellektual diqqat-e`tiborni, aristokratik sharmni jalb etish mumkin. Ajoyib gardishli va oynakli ko`zoynaklar zargar buyumlar qatorida kechki tantanali marosimlarda kiyish mumkin. Ko`zoynakni hozir faqat yaxshi ko`rishgagina emas, o`zini tashqi ko`rinishini o`zgartirish uchun ham kiyishadi (masalan, burunning shaklini, yuz ovalini va b.). Demak, yuzning qandaydir nuqsonlarini ko`zoynak yordamida korrektsiya qilish mumkin. Ko`zoynakning ajoyib nozik shakli, gardishining shakli, rangi va fakturasi yordamida salobatlilik va kurkamlikka erishish mumkin. Quyosh nuridan saqlaydigan va ayniqsa sportga oid ko`zoynaklar loyihalanganda, dizaynerning plastik anatomiya sohasidan, cherep suyaklarini va yuz mushaklarini tuzulishidan bilimi bo`lishi lozim. Undan tashqari ko`zoynakning konstruktsiyasi mustahkam, engil, qo`lay va xafsiz bo`lishi kerak. YOshlarning ko`zoynaklari quyosh nuridan himoya qiladigan, sprotga oid va dekorativ bo`lishi mumkin. Dekorativ ko`zoynaklar konstruktsiyasi va bezagi stilli bo`lishi kerak. Masalan, gardishi gazlama, mo`yna bilan qoplangan, gul shaklida, stilizatsiyalangan qushlar, hayvonlar va munchoqlar bilan bezatilgan, oynaklari esa xilma-xil shaklli, har xil materialardan (shisha va plastmassa) va rangi turli (yashil, chigar rang, xavo rang va b.), rangi yorug`likka nisbatan o`zgaradigan (“xameleon”) bo`lishi mumkin. Dumoloq, ovalsimon, kvadrat, to`g`riburchak, tomchisimon, mushuk yoki nenachani ko`ziga o`xshagan, chuzilgan tor tasma turida, gardishi yoki u siz – bu zamonaviy modali ko`zoynaklar shakli. Rangi tepasidan pastka qarab to`qdan ochga o`tadigan gradient linzalar tavsiya etiladi. Linzalarning rangi qora, to`q-ko`k, to`q-kul va jigar ranglar. Gardishsiz ko`zoynaklar – niqoblar shakli payvndlovchining ko`zoynagini eslatadi, ba`zilari burun va qoshni ham berkitadi. YAna bir yangilik – cho`zilgan gardishlar hattoki qo`loqgacha etadi. Qo`sh burma va turli lentalar bilan bezatilgan romantik gardishlar ham moda bo`ldi. Gardishlar har xil rangli va razmerli strazlar bilan bezatilgan: korall, feruza kabi sun`iy toshlar firma logotipi shaklida terilgan. Gardishning rangi qora, ko`k, to`q qizil, jigar rang, oq yoki qaxrabo toshi rangida tavsiya etilgan. Gardish uchun materiallar ana`naviy pastik+metall, ba`zilari esa ekzotik charm, kofe yoki atirgul qimmatbaho yog`ochdan qilingan. Quloqqa taqiladigan zaushniklar qo`lay va funktsional yoki qiziqarli qilingan. Qulay zaushniklar keng qilinib, soch uchun ham gardish sifatidda foydalanadi. Bunday ko`zoynaklarni asosan yassilari qo`laydir, soch turmagini buzmas uchun. Qiziqchi zaushniklar yassi yoki dumoloq, dekorativ detallar bilan ser bezatilgan, ba`zan qalin simga o`xshaganlari tavsiya etiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling