Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Elpig`ichlar. Elpig`ichlar tarixi odamzot tarixidan deyarli qisqaroq emas.
Elpig`ich ramzi havo va shamol, nafis, samoviy substantsiyalar bilan bog`lanadi. Elpig`ich Uzoq SHarq an`analarida shohona ulug`vorlik va oliy hokimyatni ifodalaydi. SHuningdek, u yovuz jinlarni haydaydi deb ishonishardi. Xitoyda elpig`ich sakkiz o`lmas avliyoning biri bo`lgan Ujunli Qayunning belgisi hisoblanardi. Uning yordamida avliyo vafot etganlarni tiriltirgan deb o`ylashardi. Elipiladigan elpig`ichga qo`shimcha ravishda Oy ramzi berilrdi, chunki uni ochib yopish Oy fazalari bilan qiyoslanardi. Dastlab ular yaproqlardan, xayvonlar terisidan, qushlarni patidan qilinardi. SHarqda elpig`ichlar pal`ma va lotosni yaproqlaridan va keyinroq tovus va tuyaqshning patidan qilingandi. U bilan hashoratlar hadalanardi. Qadimiy misrliklar elpig`ichni baxt va osmonni osoishtalik ramziga aylantirishgandi. U bilan faqat fir`avn foydalanishi mumkin edi. SHuning uchun saroyni sharafli lavozimlaridan biri elpig`ichni chap tomonida olib yuruvchisi bo`lgan. SHunday burchni odatda fir`avning qarindoshi bajarardi yoki ulug`vor aslzodalardan biri. Etrusk va qadimiy yunonlar elpig`ichni tovusni patidan qilishardi. Rim matronalar (aslzoda ayollar) uchun ham elpig`ichlar tovusning patidan qilinardi. Tovuslar esa Samos orolida ustirilardi. Lotincha elpig`ich falbellum. Bundan falbelifer (falbellum+ fero- olib yurish) - elpig`ichni olib yuradigan so`zi kelib chiqqan. SHunday nom bejiz berilmagan. Rim matronasi elpig`ichni o`zi ushlamasdan, uni uchun mahsus quli olib yurardi. Hindistonda elpig`ich quyosh soyaboni kabi hokim ramzi bo`lgan, Xitoyda esa aslzodalar ramzi edi. YAponiyada taxlanmaydigan (“utiva”) va taxlanadigani (“ogi”) elpig`ichlar harbiy hokimlik (samuraylar) ramzi bo`lgan. O`rta Osiyoda taxlanmaydigan elpig`ichlar rangli poholdan to`qiladi. Ularning shakli yassi emas hajmiy. SHunday elpig`ichdan tashqari ikki qavat gazlamadan tikilgan va mahsus yog`och dastaga erkin maxkamlangan, aylantirganda havo yurgizadigan elpig`ich xozirgacha qo`llanadi. XVI asrni oxirida evropa kostyumida elpig`ich modali aksessuar bo`ldi. SHubxasiz bu erga elpig`ich Xitoy va YAponiyadan kelgan, chunki ular taxlanadigan bo`lgan. Antik elpig`ichlar esa taxlanmasdi, shunday elpig`ichlarni xozir ham Rim papni tantanali marosimlarida kurish mumkin. Taxlanma elpig`ichlarni belbog`ga qistirib yurishgan. Ventarola - XVI asrda italiya kelinrlarning elpig`ichi. Elpig`ichga kostyumni boshqa buyumlari kabi badiiy uslublarni ta`siri bo`lgan. Barokko va Rokoko davrida modaga charm, pergament, shoyi, qog`ozdan qilingan elpig`ichlar urf bo`lgan. Ular fil suyagi, tashbaqa kosasi, sadaf, oltin va kumush, tuyaqush va tovus pati bilan bezatilardi. Elpig`ichlarni atoqli rassomlar bezatishardi (A.Vatto, F.Bushe). Versal` saroyida tantanali marosimlarda elpig`ichlar muhim rol` o`ynagan: ayollar faqat qirolichani ishtirogida elpig`ichni ochishi mumkin edi. Elpig`ichning mahsus harakati yordamida ayollar kerakli ma`lumotni bildirishi mumkin edi. Rokoko davridan boshlab Evropa modasida elpig`ich shaxarliklar modasiga kirdi. Ular avval bal libosi uchun aksessuar bo`lgan, XX asrda esa oddiy ayollar aksessuari bo`lib qoldi. Ispaniyada elpig`ich xalq kostyumining ayrilmas qismidir. Taxlanmaydigan va taxlanadigan zamonaviy elpig`ichlar turli materiallardan (qog`oz, shoyi, ip gazlama, pat, plastmassa va b.) qilinib, asosan to`r, rasm, strazlar (sun`iy toshlar) va b. bilan bezatiladi. Nazorat savollari. 1. Aksessuarlarga qanday buyumlar kiradi? 2. Aksessuarlarni o`zgarishiga nima sabab bo`lgan? 3. Qo`lqoplar turi. 98 4. Qo`lqoplar tarixiy funktsiyalari va ramzlari. 5. Zamonaviy qo`lqoplar turlari. 6. Qo`lqoplarning uslubiy echimlari. 7. Paypoqlarni tarixiy rivojlanishi. 8. Paypoqlarning funktsiyalari. 9. Kolgotkalarni loyihalash yo`nalishlari. 10. Belbog` va kamarlar ramzlari va funktsiyalari. 11. Belbog` va kamarlarni tarixiy rivojlanishi. 12. Sumkalarning funktsiyalari. 13. Sumkalarni tarixiy rivojlanishi. 14. Sumkalarni kompozitsion echilishi. 15. Zamonaviy sumka turlari. 16. Soyabonlar funktsiyalari 17. Soyabonlarni tarixiy rivojlanishi. 18. Ko`zoynaklar funktsiyalari. 19. Ko`zoynaklar turlari. 20. Galstukni tarixiy rivojlanishi. 21. Zamonaviy galstuk turlari. 22. Galstukning asosiy funktsiyasi. 23. Elpig`ichni tarixiy rivojlanishi. 24. Elpig`ichning funktsiyalari. 25. Zamonaviy elpig`ich turlari. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling