Ajiniyoz nomidagi
Ma`ruza -6. Kostyum dizayninig ijodiy-nazariy asoslari
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
Ma`ruza -6. Kostyum dizayninig ijodiy-nazariy asoslari.
Reja. 1. Dizaynda ijodiy asoslarini o`rni. 2. Dizaynda badiiy ijod bosqichlari. 3. Dizaynda siymolik. 4. Dizaynda hajmiy shaklning o`rni. Tayanch iboralari: ijod, assotsiatsiya, badiiy bosqich, badiiy syimo, ramz, o`yin usuli, intuitsiya, kompozitsiya, koloristika, xajmiy.. Dizaynerning ijodiy faoliyati uchun ko`p bilim sohalaridan ma`lumotlargga ega bo`lishi lozim, ular bir biridan uzoq bo`lsa ham. Ijobiy natijaga erishish uchun dizayner san`at sohasiga va fan yo`nalishiga ta`luqli bilimlarini o`zlashtirishi lozim. San`atni har bir turida g`oyaviy-ijodiy asosi – kompozitsiyadir. Boshqacha aytganda, kompozitsiya orqali dizayner qiziqtirgan g`oyani ifodalaydi. Badiiy asar – muayyan o`zaro bog`lanishda bo`lgan bir turli elementlar (chiziqlar, rangli dog`lar, hajm, naqsh, kolorit va b.) murakkab tizimi. Badiiy asarda estetik va siymo printsiplarini o`zaro nisbati iste`molchida tasavvur va fantaziyani uyg`otadi, assotsiativ fikrlar va xis to`yg`ular murakkab tizimini tasavvur etishga sabab bo`ladi. Assotsiativlik – go`yo bir biriga to`g`ri kelmaydiganlarni orasida bog`lanishni sezish va o`rnatish qobiliyatdir. O`xshash yoki kontrast bo`yicha assotsiatsiyalari buyumlarni funktsionallikka oidligini engishga, ularni orasidagi qonuniy bog`liqlarni va yangi funktsional mo`ljalni barpo etishga kumak beradi. San`atga oid umumiy badiiy shakllantirish usullar simmetrik va nosimmetrik, kontrast va nyuans, grotesk, metafora va b.bo`lishi mumkin. Badiiy shakl – ma`noning ichki tarkibini san`at qonunlariga oid buyum sifatida barpo etish. SHakl barcha san`at turlariga oid umumiy tushunchasidir. Kompozitsion shakllantirish baravariga ikki sohadan kelib chiqadi – shaklni ramzidan va formal aloqalaridan. Ulardan qaysinisi dastlabki, qaysinisi ikkilamchi ekanligi noma`lum, chunki 47 ijodiy jarayon aqlga bovar qilmaydi. Ammo shunisi ayonki, assotsiatsiyalar manbasi – muallifni ijodi o`ziga hosligi, uning shaxsiy siymolar dunyosidir. Formal – kompozitsion aloqalar sohasi esa odam shakllini tasavvur etish ob`ektiv mavjud qonunlaridan kelib chiqadi. SHunga qaramay bir-birisiz ijod bo`lmaydi. Ularni orasidagi aloqa chuqur va tabiiy. Assotsiatsiyalaridan to`g`iladigan mavzu tartibsiz, tarqatib joylantirilgan morfologizatsiyalangan elementlar to`plami sifatida ko`rinishi mumkin. Reallik va yaxlitlikni u faqat kompozitsiya orqali, barcha elementlarini uzviy bog`liq tartibiga binon erishiladi. Dizayner ikki vazifani echadi: ijtimoiy-kommunikativ va estetik madaniyni. Dizaynga oid ommabop kommunikatsiya ma`lumotni estetik ehtiyojni uyg`otib, rivojlantirib va mustahkamlab, toki u iqtisodiy kuchga aylangancha ko`p odamlarga “estetik ma`lumotni” etqazishga imkon beradi. Odamlar yangi buyumlarni faqat ularni yangi utilitar xossalarini, modali va prestijligi uchungina talab qilmaydi, balki “tirikchilik uchun eng zarur”, estetik didga binoan estetik ehtiyoj ommabop talabiga aylanadi. Estetik talabni qondirish uchun buyumlarning shakli doimiy o`zgarishi kerak: shakllar uslubiy bir xil bo`lgan holda individual har xil bo`lishi lozim, shunga ko`ra dizayner faqat stilist bo`lmasdan, balki rassom, ijodiy shaxs bo`lishi zarur. Ijod – bu voqelikni qayta tushinish va o`zgartirishdir. Bilim va sezgisiz ijodiy fantaziya to`g`ilmaydi. Boy va to`g`ri tuzilgan bilimlar majmui – ijodning asosidir. Qachonki yaratuvchi, ijodiy faoliyat puxta va aniq bilimlar mantiqa asosida barpo etilsa, tanish buyumlardan yangilarga o`tishi ayon. Qachonki yangi g`oya tasodifiy, mantiqiy va ongli jarayondan xoli paydo bo`lsa, intuitsiya va ilhom keladi deyishadi. So`ngi yillarda odamni fikrlash faoliyati qonuniyatlarini tadqiqot etadigan fan tug`ildi, u erda fahm, ongsizlik va intuitsiya evrisitka elementlari mavjud. Ushbu fan odamni intuitsiya yordamida ijod etish, “gazlamani sezish” bilan shug`ullanadi. Dizayner umumiy va mutaxassisga oid bilimlarini to`plashi lozim. Ijodiy fantaziyani tarbiyalash professional qiziquvchanliksiz va kuzatuvchanliksiz mumkin emas. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling