Ajiniyoz nomidagi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
kostyum dizayni fanining mazmuni predmeti va metodi
estetika”ning “yaxshi dizayn” va “kich” orasidagi estetika, “yaxshi dizayn”ning shakl
fazilatlarini kichni emotsional jozibaligi bilan o`yg`unlashtirishga qaratilgan kontseptsiyasi vujudga keldi. Aralashtirish printsipi quyidagini nazarda tutadi: inson uyga kirib o`zining xohishiga, go`zallik va foyda tasavvuriga ko`ra uni barpo etgandagina me`morchilik mazmun va madaniy ma`noga ega bo`ladi. Tashabbuskorlikda ijodning faollashishi ro`y beradi, asarni 41 yaratish jarayonda ist`emolchi o`z hissasini qo`shadi. Hamkorlik, sheriklik san`at va hayot orasidagi chegarani yo`qotishga imkon yaratib, iste`mol jarayonni o`yin, ermakka aylantiradi. Aynan iste`molchini buyum muhitini loyihalash jarayoniga jalb etgandagina inson ekologiyasi muammosini echish mumkin. Bugungi kunda nihoyasiga etmagan estetik ob`ektni loyihalashga o`tish ro`y bermoqda. Iste`molchidan nafaqat “tashabbuskor dizayner” va buyum- fazoviy muhitini ijodkori bo`lish, balki shu bilan birga loyihalash jarayonni qayta anglash, hamkorlikka kiritish yo`li bilan uni nazarda tutiladi, funktsional transformatsiyalash, buyumni foydalanish darajasigacha etkizib tugatishni ham talab qilinadi. Iste`molchining hamkorlik kontseptsiyasi kostyum dizaynerlari orasida o`z tarafdorlarini topdi. Aynan kiyim dizaynida bu kontseptsiya amalda to`liq ro`yobga chiqqan, nazariy ma`lumot bo`lib qolmasdan, inson o`z siymosini yaratish jaryonida ham qatnashadi, chunki unga tayyor siymolar o`tqazilmaydi. Zamonaviy modaning demokratikligi, uslublar, shakllar siluetlarining xilma-xilligi, inson o`ziga yoqqanini va yarashganini tanlab olishi mumkin - bularning barchasi modaga rioya qilishda erkinlik beradi. Evropa va halqaro modasida inson va kiyimning o`zaro aloqasiga yangi tushuncha kiritgan yaponiya dizaynerlari bunga ko`p e`tibor berishadi. Masalan, I.Miyake ijodiy jarayonida iste`molchining hamkorligi to`g`risida shunday degan: ”Mening kiyimimni kiyganlarning ijodkorligisiz mening kiyimim - kiyim emas. Unda iste`molchining ijodiy faoliyati uchun keng imkoniyat to`g`dirilgan, uni har kim o`zicha tushunishi mumkin” (International Herald Tribune– 1988 – Desember 12. – p.16); “Mening modalarim – o`ralish emas. Va men ularni qanday kiyish uchun ko`rsatma bermayman ” (Time. – 1986.- January, 27, - p.50). YO.YAmomoto ham shunday fikrda: ”Men xech qachon buyumlarni o`zimning tasavvurim bo`yicha yaratmayman. 70-80% yaratishga intilaman, keyin ularni iste`molchi o`z xohishi bo`yicha tugallashi uchun va uni ular o`z xohishlari bo`yicha kiyishi mumkin deyman”. Dizayner va iste`molchining hamkorlik kontseptsiyasida yana bir yo`nalish mavjud: bu iste`mol jarayonini ermakka aylantirishga intilishdir. Dizaynning bunday yo`nalishi “postindustrial jamiyat”da bo`sh vaqtning yangi kontseptsiyasi – “bo`sh vaqt tsivilizatsiyasi” bilan bog`liq. Faoliyatning bir turi bo`lgan bo`sh vaqt bir necha muhim xususiyatlarga ega: begonalikdan ozod bo`lish, baxt, xursandchilik, yashash ma`nosi va hayot quvonchini topmoq shular jumlasidandir. Aynan bo`sh vaqt sohasida madaniyatda insonning individualligini va uning ijodiy qobiliyatlarini ilgari suradigan yangi model munosabatlarining yangi etikasi, qiymatining yangi tizimi yuzaga keladi. Aynan shu sohada inson quvonch, o`yin, kulgi, orzuga erishish huquqini amalga oshiradi. G`arbda 1980 yildayoq iste`molning yangi turiga sayr-tomosha bo`sh vaqt maxsus turga aylandi. Dizayn mahsulotning iste`mol etish jarayoni sayir-tomosha, o`yin va ijodiy faoliyatga aylandi. SHuning uchun dizaynerlar erkin kombinatsiyalanadigan buyumlarini loyihalashga e`tibor beradigan bo`ldi. Kostyumga munosabat o`zgargani to`g`risida tanqidchilar va dizaynerlar so`z yurtilar. Modellarining o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida yapon kiyim dizayneri I.Miyake shunday deydi: “Men faqat kiyimni yaratishga intilmasdan, balki yaxshi kayfiyatni ham tadbiq etaman” (Time – 1986 January 27). Unday effektga “quvonchli” rang birikmalari, g`alati shakllar, kostyumni kiyish jarayonida uni o`zgartirishga imkon beradigan erkin tarkiblar orqali erishdi. Dizaynda o`yinli effetlar turli aspektlarda namoyon bo`ladi. Birinchidan, modaga munosabat o`zgardi: moda-ijtimoiy maqomning aksi degan fikrning o`rniga modada o`yinga oid jiddiy munosabat g`oyalari paydo bo`ldi. Ikkinchidan, o`yin elementlarini dizaynerlar kiyim kiyish jarayonida nazarda tutishadi. SHunday imkoniyatlarini transformatsiya etiladigan shakllarda tugma yordamida biriktiladigan elementlarda ko`rish mumkin. Masalan, J.-SH. de Kastel`bajakning damlama yostiqlardan ishlangan pal`toni yoki o`rama turidagi kurtka yoqalari; F. Moskinonining “kulgili” qo`shimchalari 42 va aksessuarlari. O`yindagi cheksiz imkoniyat kiyimning ayrim elementlari, aksessuarlari, ranglar va rasmlarning kombinatsiyalanishi beradi. Uchinchidan, dizaynda o`yinga oid payt rolli o`yin tushunchasi bilan bog`liq. Dizaynerlar fikriga binoan modali kiyim odam hayotida o`z “rolini” o`ynaydigan kostyumga o`xshaydi. Ko`p vaqt davomida kostyum insonning real ijtimoiy holini yoki maqom illyuziyasini namoyon etardi. Ammo, individuallik tamoyili kuchaygan sari kiyimdan ko`p hollarda ijtimoiy rolni bartaraf qilish vositasi sifatida foydalanidigan bo`ldi. Har mavsumuda dizaynerlar tavsiya etgan turli siymolar iste`molchiga tanlash uchun juda ko`p imkoniyat beradi – kundalik hayotni chegaralarni haddan ortiq ochib, barcha shu “rollarni” o`ziga o`lchab ko`rishi lozim, chunki amerikalik dizayner Dj.Karrano so`zi bo`yicha “inson kiyimni almashtirib o`z hoxishiga binoan o`z imidjini o`zgartiradi”. Hozirgi kunda dizaynerlar “megapolisda yashovchilar”ning oddiy kunlarini quvnoq qilishga, uning erkin va tabiiy bo`lishiga yordam berishga intilmoqda, ular kiyimning ranglarini o`zgartirib, ko`pincha avval qo`llanmagan “quvnoq” yorqin ranglarni tavsiya etishdi. Masalan, rangli doiraning “o`lik” sektori hisoblangan va kiyimda kamdan-kam qo`llanilgan to`q qizil-sariq rangdan sariqqacha, sariq-yashildan yashil-sariqqacha bo`lgan ranglardir. Bu ranglarni kiyish insonlarning erkinligini va hayotdan manmunligini quvonchga berilishini namoyon etadi. “Neotexnologik dizayn” rang, yoro`g`lik, hid, iqlim, muhitning akustik va fakturaviy tartibini ekologik yo`naltirilgan dizayn deb tushunish mumkin. “Ovoz beradigan”, yorug` effektli, hidli, harorat yoki yorug`likning o`zgarishini sezadigan suyuq kristallardan materiallarning loyhalari paydo bo`ldi. YAngi texnologiyalar bilan shunday tajribalarni yapon va italian dizaynerlari (A.Mendani, D. Santaq`yara, CH. Rudjeri va b.) o`tqizmoqda. Informatsion tsivilizatsiyaga o`tish “sensor inqilob” yangi sezgiga oid madaniyatni barpo etish, dizaynda yuqori texnologiyalarni qo`llab, sensorizatsiya asosida yangi shakllar hosil qilishni talab qiladi. “Xay-tach” deb nomlangan dizaynda bu yangi yo`nalish aktual bo`lmoqda, chunki dunyo faqat oqilona jihatdan emas, balki barcha his qiladigan organlar va intuitsiya yordamida tasavvur etiladi. “Xay-tach” ekologik yo`naltirilgan dizaynning muhim qismi, chunki u zamonaviy yuqori texnologiyalarni insonni ehtiyojlariga va qiymatlariga moslashuv muammolarini hal qiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling