Ajiratilgan vaqt: 4-soat Darsning maqsadi


Download 180.57 Kb.
bet1/32
Sana13.01.2023
Hajmi180.57 Kb.
#1091711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va texnologiyasi


BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA texnologiyasi


1-Seminar

Mavzu: Maktabgacha kichik, o’rta va katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodlari va vositalari.


Ajiratilgan vaqt: 4-soat


Darsning maqsadi:Talabalarga Maktabgacha kichik, o’rta va katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodlari va vositalari. to’grisida ma’lumot berish hamda yangi metodlardan foydalangan holda mashg’ulot ishlanma tuzishga o’rgatish.


Ishning bajarilish tartibi:
1.Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodlari va vositalari.
2.Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodlari va vositalari.
3.Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodlari va vositalari.


Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.


Qo’llaniladigan metod: BBB metodi hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.


Seminar mashg’ulotning borishi:

  1. Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Do’stlik” kuni.Talabalardan avvalo do’stlik nima? Sizning do’stingiz bormi? Do’st bilan birodar, o’rtoq tushunchalarining bir-biridan farqlari?Sizning do’stingiz kim va nima uchun do’st deb ataysiz?




  1. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.



Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:«Nutqning to‘liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi.»
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilmaydi.
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari.
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi.
Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi.

Download 180.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling