Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar, optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish
Optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish
Download 345.51 Kb.
|
Oat6lab
Optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish
1. ”Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki” elektron bloki boshqaruv qurilmasini boshlang‘ich holatga o‘rnating: - potensiometrning “sozlash” dastagini soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda oxirgi holatga keltiring; - “rejim” tugmali almashlab ulagachini “quvvat” holatiga qo‘ying, buning uchun tegishli yozuvli tugmachani bosing; - “tarmoq” tumblerini ulang, bunda uning chiroqchasi yonadi. 2. Lazerning ishga layoqatligini tekshirib ko‘ring. Buning uchun potensiometrning “sozlash” dastagini soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha burang. Bunda raqamli tablodagi ko‘rsatkichlar ortishi kerak. Bu hol lazerning ishga layoqatligini ko‘rsatadi. 3. “Rejim” almashlab ulagich tugmasini “tok” holatiga qo‘ying. Bunda raqamli tabloda lazer diodidan oqib o‘tayotgan tokning qiymati aks etadi. 4. FC/UPC - FC/UPC turidagi bir modali (sariq rangli himoya qobig‘li) shnur yordamida “Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki” ning “Optik chiqish” ini “TOPAZ 3000” optik testerining kirishiga ulang. 5. “TOPAZ 3000” optik testerini ulang va uni panelning yuza sirtidagi mvt, dbm, db tugmalarini bosib quvvatning absolyut qiymatlarini o‘lchash rejimiga o‘tkazing. Panel yuza sirtidagi λ tugmasini bosib, testerni 1,3 mkm to‘lqin uzunligida o‘lchash rejimiga o‘rnating. 6. “Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ning “sozlash” – potensiometri yordamida “TOPAZ 3000” testerida optik quvvatning 0,5 mVt ga yaqin qiymatini olishga erishing. Bu qiymatni 6.2 – jadvalning tegishli katagiga yozib qo‘ying. Qolgan o‘lchashlar chog‘ida bu qiymat o‘zgarmasligi kerak. 6.2-jadval
7. mVt, dBm, dB tugmalarini tegishli marta bosib optik testerning ish rejimini nisbiy birliklarda o‘lchash rejimiga o‘rnating. Shundan so‘ng tester pultidagi “nolga sozlash” tugmasini bosing. 8. FC/SM bir modali tola uchun o‘zgarmas attenyuator – rozetka tomonidan liniyaga kiritiladigan so‘nishni o‘lchang. Attenyuator 6-platada joylashgan (11.5-rasm). Buning uchun quyidagi amallarni bajaring: 8.1. FC/UPC - FC/UPC turidagi bir modali ajraluvchi shnurni “TOPAZ 3000” testeri kirishidan uzib, uni attenyuator - rozetkaga ulang. 8.2. Attenyuator - rozetkaning ikkinchi chiqishini FC/UPC - FC/UPC turidagi bir modali ajraluvchi (sariq rangli himoya qobig‘li) shnur yordamida “TOPAZ 3000” optik testeri kirishiga ulang. 8.3. 6.2-jadvaldagi SM-SM katagiga attenyuatorning bir modali liniyaga kiritadigan so‘nish qiymatini yozib qo‘ying. So‘nishning bu qiymati optik tester displeyida qayd etiladi. 8.4. Bir modali shnurlarni foydalanayotgan barcha elementlardan uzing. 8.5. FC/PC - FC/PC turidagi ko‘p modali shnur yordamida “Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ning “ Optik chiqish” ini “TOPAZ 3000” optik testerining kirishiga ulang. Bunda tolali shnur orqali optik tester kirish konnektoriga tushuvchi optik quvvat sathi lazer diodining (elektron blok ichida joylashgan) bir modali yorug‘lik uzatgichi va ko‘p modali yorug‘lik uzatgichlarni o‘zgartirib ulash bilan o‘zgaradi. Optik testerni o‘lchash rejimini mVt holatiga o‘zgartirib (quvvatni o‘lchash nisbiy birliklarda), “Nurlanish ta’minot bloki” yuzasidagi “sozlash” dastasi yordamida “TOPAZ 3000” qurilmasi bo‘yicha optik quvvat kattaligini 0,5 mVt ga o‘rnating. 8.6. So‘nishni o‘lchashga mos keluvchi zarur tugmalarini bosib mvt, dbm, db, Optik testerni ishlash rejimini o‘rnating. So‘ngra testyerdagi “nolga sozlash” tugmasini bosing. Bunda qurilma kirishiga tushuvchi optik quvvat sathi nol deb qabul qilinadi. Uning displeyi 0 dB qiymatni ko‘rsatadi. 8.7. FC/PC - FC/PC turidagi ko‘p modali ajraluvchi optik shnurni “TOPAZ 3000” testeri kirishidan uzib, uni attenyuator – rozetkaga ulang. 8.8. Attenyuator – rozetkaning ikkinchi chiqishini FC/PC-FC/PC turidagi ko‘p modali ajraluvchi (olov rangli himoya qobig‘li) optik shnur yordamida “TOPAZ 3000” optik tester kirishiga ulang. 8.9. 6.2-jadvaldagi MM-MM katagiga attenyuatorning ko‘p modali liniyaga kiritadigan so‘nish qiymatini kiriting. So‘nishning bu qiymati optik testr displeyida qayd etiladi. 9. Yuqoridagi punktdagi ishlarni FC/MM attenyuator – rozetka uchun bajaring. Download 345.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling