Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar, optik attenyuatorlarning xarakteristikasini tadqiq etish


«Optik liniyaviy traktining passiv elementlarini tadqiq etish»


Download 345.51 Kb.
bet7/7
Sana09.11.2023
Hajmi345.51 Kb.
#1759604
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oat6lab

«Optik liniyaviy traktining passiv elementlarini tadqiq etish»
o‘quv qurilmasi


1. Qurilmaning umumiy tavsifi

Ushbu qurilma bazasida quyidagi ishlarini bajarishi mumkin:


1. Optik testerning ish tarzini va undan optik liniyadagi buzilishlarni izlashda foydalanishni o‘rganish;
2. Optik liniya traktidagi optik ulagichlarning harakteristkalarini o‘rganish;
3. Optik attenyuatorlarning xarakteristikasini o‘rganish;
4. Optik quvvat ajratgichning xarakteristikasini o‘rganish.


2. O‘quv qurilmasi funksional sxemasining tavsifi

O‘quv qurilmasining blok sxemasi 6.7-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:


1. Tolali yorug‘lik uzatgichlarning termik bog‘langan (payvandlangan) joyini o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi universal kasseta (splays-plastina);
2. Bir uchi SC/SPC turidagi konnektor bilan tugallangan to‘rt tolali bir modali kabelning ikki bo‘lagi (ular sariq rangli himoya qobig‘iga ega), to‘rt tolali SC/SPC-4, SC/SPC-4, DST/4/SM 9/125 turidagi yarim vilka;
3. Bir uchi SC/PC turidagi konnektor bilan tugallangan to‘rt tolali ko‘p modali kabelning ikki bo‘lagi (ular olov rang himoya qobig‘iga ega), to‘rt tolali SC/PC-4, SC/PC-4, DST/4/MM 50/125 turidagi yarim vilka;
4. 8 ta rozetkali portlarga mo‘ljallangan ikkita W902 seriyali kommutatsiya qutisi (devorga yopishtiriladigan kross).
Qutilarda quyidagilar joylashtirilgan:

  • yuqori qatorda 4 ta SC-SC/UPC turidagi ulovchi rozetka (FC turidagi konnektor bilan tugallangan bir modali yorug‘lik uzatgichlarni ulash uchun);




6.7-rasm. O‘quv qurilmasining blok sxemasi




  • pastki qatorda 4 ta SC-SC/PC turidagi ulovchi rozetka (FC turidagi konnektor bilan tugallangan ko‘p modali yorug‘lik uzatgichlarni ulash uchun).

5. Optik passiv elementlar platasi.
Unda quyidagilar joylashtirilgan:
- FC-SC/UPC markali keramik markazli bir modali o‘tish rozetkasi;
- FC-SC/PC markali bronza markazli ko‘p modali o‘tish rozetkasi;
- FC-D/UPC markali keramik markazli bir modali ulovchi rozetka;
- FC- D/UPC markali keramik markazli ko‘p modali ulovchi rozetka.
6. Optik passiv elementlar platasi.
Unda quyidagilar joylashgan:
- FC/SM bir modali tola uchun so‘nish kattaligi o‘zgarmas (kiritadigan so‘nishi -20 dB bo‘lgan) attenyuator-rozetka;
- FC/MM ko‘p modali tola uchun so‘nish kattaligi o‘zgarmas (kiritadigan so‘nishi -20 dB bo‘lgan) attenyuator-rozetka;
- FC/SM bir modali va ko‘p modali tola uchun so‘nish kattaligi o‘zgaruvchi (kiritadigan so‘nishi 0-20 dB oralig‘ida yotgan) attenyuator-rozetka.
7. Optik passiv elementlar platasi.
Unda quyidagilar joylashgan:
- bir modali (SM) quvvat ajratgichi (50/50 1x2). Ajratgichning yorug‘lik uzatgichlari FC/SPC turidagi konnektor bilan tugallangan;
- keramik konsentratorli FC-D/UPC turidagi 3 ta ulovchi rozetka.
Barcha rozetkalar va attenyuatorlar ustunlarga mahkamlangan, ustunlar ham o‘z navbatida mos platalarga qotirilgan. Platalar 2 ta umumiy P simon yo‘naltirgichlarda joylashtirilgan. Yo‘naltirgichlarning qarama-qarshi tomoniga qopqoqlar joylashtirilgan va ular yordamida yo‘naltirtirgichlar ekranning yon ustunlari bilan bog‘lanadi. Ekranning markaziy qismiga (1) kasseta va 4 ta kabel qirqimi (2, 3) mahkamlangan. Barcha konstruksiyalar laboratoriya qurilmasining ustki tokchasiga joylashtirilgan.
8. Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki (NMETB). Uning old paneli 6.8-rasmda ko‘rsatilgan. U lazer diodi yordamida λ=1,33 mkm li to‘lqin uzunlik diapazonidagi optik nurlanishning chiqish quvvati generatsiyasini ta’minlaydi. Uni tashqi optik zanjir orqali ishga tushirish optik rozetkani “OPTIK CHIQISH” paneliga ulash orqali amalga oshiriladi (6.8-rasm). Panelning yuza sirtida “SOZLASH” potensiometr dastagi joylashgan bo‘lib, uning yordamida lazer diodidan oqib o‘tayotgan tok va quvvatning qiymati o‘zgartiriladi.
Damlash toki va quvvatni nazorat qilish uchun panel yuza sirtidagi “NURLANTIRGICH TOKI, OPTIK QUVVAT” raqamli indikatoridan foydalaniladi. Rejimlarni o‘zgartirish “REJIM” tugmasi orqali amalga oshiriladi va bu holda “TOK” yoki “QUVVAT” tugmalarini bosib, indikatorda shu parametrlarga mos kelgan qiymatlarni ko‘rish mumkin.

6.8-rasm. Optik nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki


Quvvatni o‘lchash «QUVVAT» rejimida ishlovchi raqamli tabloda aks etadigan tok, lazer qobig‘iga biriktirilgan fotodiod yordamida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, bu rejimda indikatorning ko‘rsatishlari nisbiy haraktyerga ega. Bunday rejim lazer diodining ishga yaroqliligini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi. Nurlanish manbaini 220 V/50 Gs li tarmoqqa ulash “TARMOQ” tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.


9. Optik quvvatni o‘lchovchi qurilma “TOPAZ 3000” etalon qurilma sifatida qo‘llaniladi. Optiq quvvat uning kirishiga optik shnur orqali kiritiladi. Qurilma avtonom manba va tarmoq adapteri (10)ga ega. Qurilma bilan ishlash uning laboratoriya qurilmasi majmuiga kiruvchi texnik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi. Laboratoriya qurilmasining tarkibida bundan tashqari uning elementlarini ulash uchun xizmat qiladigan quyidagi tolali ulagich va o‘tish shnurlari (VS)dan foydalaniladi:
- 3 ta FC/PC turidagi konnektorli ko‘p modali ulovchi shnurlar (olov rangli himoya qobig‘ili);
- 3 ta FC/SPC turidagi konnektorli bir modali (sariq rangli himoya qobig‘ili) ulovchi shnurlar;
- 2 ta SC/PC turidagi konnektorli ko‘p modali (olov rangli himoya qobig‘ili) ulovchi shnurlar;
- 2 ta SC/SPC turidagi konnektorli bir modali (sariq rangli himoya qobig‘ili) o‘tish shnurlari;
-2 ta FC/PC- SC/PC turidagi konnektorli ko‘p modali (olov rangli himoya qobig‘ili) o‘tish shnurlari;
-2 ta FC/SPC-SC/SPC turidagi konnektorli bir modali (sariq rangli himoya qobig‘ili) o‘tish shnurlari.
Download 345.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling