Ajralish boshlagan
Download 17.54 Kb.
|
nazariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tizim
1, Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo'lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, xuquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo'lib xizmat qiladi. Lekin ularning hyech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining o'rnini bosolmaydi, bu fanning o'z vazifasi va predmeti bor,Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o'rganib, sintez qilishdan boshlasak ma'qul bo'lar deb hisoblaymiz.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani o'rgatadi? — degan savolning yechimi juda murakkab bo'lib, bu haqda o'tmishda xam, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.Masalan, Aristotel bu fanni uy xo'jaligini boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb qaragan bo'lsa, merkantelistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to'g'risidaga, uning manbalari va ko'paytirish yo'llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish to'g'risidaga fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo'jaligi, ijtimoiy xo'jalik to'g'risidaga fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb ko'rsatadilar. A. Marshal esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning normal hayotiy faoliyagani tadqiq qilishdan iborat deb yozadi. 2, Iqtisodiy fan manbalarni avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo’lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to’g’ridir. Iqtisodiy g’oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bog’langan ammo hozirgi paytda qo’l yozmalarda aks ettirilgan g’oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo’lishi bilan bog’lanadi. Dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, Mesopatomiya (Tigr va Evfrat daryolari oralig’ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga kelgan. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro’y bergan. Metal qurollar ishlatila boshlangan, qishliq xo’jaligida intensif ko’p hollarda sug’orma dehqonchilikka o’tilgan.Shu asosda nisbatan turg’un qo’shimcha mahsulot olish imkoni tug’ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko’pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo’lgan. Bu davrda qo’shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan renta soliq olish bo’lsa, qullarni beayov ishlatish bilan katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas). Akademik V.V.Struve uni tan olgan. Lekin ko’pgina olimlarning fikricha , Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo’jaligida ustun bo’lgan. Sharq, jumladan O’rta Osiyo mamlakatlaridagi xo’jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropadagi) ayrim regionallarda xalqaro savdoni olib boorish bilan bog’liq ravishda tovar-pulmunosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topgan. O’z mahsulotini mo’ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo’jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishi talab etilgan. 3. Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosa-batlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi. Download 17.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling