Ajratgichlarga qo‘yiladagan talablar


–rasm. RLNZ–35/600 ajratgichi


Download 27.26 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi27.26 Kb.
#1832757
1   2   3   4
Bog'liq
Ajratgichlar

3–rasm. RLNZ–35/600 ajratgichi
RLNZ-35 ajratgichning tuzilishi 3–rasmda ko‘rsatilgan va quyidagi qismlardan tuzilgan: 1–asos-sokol, 2–qo‘zg‘almas izolyatorlar, 3–burish izolyatori, 4–o‘q, 5–mexanizm, 6–asosiy pichoq, 7–va, 8–shox, 9–qayishqoq sim, 10–qisma, 11–erga ulash pichog‘i, 13–tortqi, 14–va 15–vallar.
Erga ulovchi pichoq 12 uchlariga mis uchlik kiydirilgan po‘lat novdan iboratdir. U izolyator 2 da joylashgan qo‘zg‘almas kontaktlar 11 ga qisilib kiritiladi. Ajratgich o‘rta qutbi pichog‘i 12 ning vali richaglar va tortqi 13 vositasida val 14 ajratgich yuritmasining tegishli valiga ulanadi. Ajratgich qo‘shni qutblarini erga ulovchi pichoqlarning o‘qlari-vallari, montaj qilish vaqtida, umumiy o‘qqa-valga birlashtiriladi.
Bo‘lgichlar. Kuch transformatorlarini yuklamasi bo‘lmagan vaqtda, shikastlangan transformatorni elektr ta’minlash shinasidan tok bo‘lmagan vaqtda, mavjud transformatorning elektr ta’minlash zanjiridan uzgich yordamida uzilgan


4-rasm
OD–35, OD–110, OD–220 bo‘lgichlari mos bo‘lgan RLND ajratgichlari bazasida quriladi. Bo‘lgichlar ajratgichlardan kontaktlarni tez ajratilishini ta’minlovchi uzish prujinalarining bo‘lishi bilan ajralib turiladi.
Moyli bakli o‘chirgichlardagi moy yoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolyasiyalash uchun xizmat qiladi. 10 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo‘lgan ayrim o‘chirgichlarning turlarida) o‘chirgich bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari bo‘ladi, kuch-lanish katta bo‘lganda har qaysi faza uchun o‘zining baki bo‘ladi.
4-rasmda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilmaga ega bo‘lmagan bakli o‘chirgich sxemasi ko‘rsatilgan. o‘chirgichning po‘lat baki 1 boltlar yordamida quyma cho‘yan qopqoq 3 ga mahkamlab osib qo‘yilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolyator 4 o‘tgan bo‘lib, ularning tok o‘tkazuvchi sterjenlarining uchiga qo‘zg‘almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qo‘zg‘aluvchan kontaktlar 8 kontakt ko‘prik yoki traversada turadi. Ularga harakat o‘chirgich qopqog‘i ostiga joylashgan yuritma mexanizmidan izolyasiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversa ko‘tarilgan bo‘ladi va kontakt ko‘prik qo‘zg‘almas kontaktlar orasidagi zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan bo‘ladi. o‘chirgich ulangan holatda yuritmaning ilmoki yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog‘langan bo‘ladi 4-rasmda ko‘rsatilganidek, o‘chirgichning bakiga moy to‘la quyilmay, balki qopqoq tagida havo yostig‘i qoldiriladi. Bu yoyni so‘ndirish jarayonida hosil bo‘ladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan o‘chirgich qopqog‘iga beriladigan kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak [11,14].
Ko‘rib chiqilgan o‘chirgichda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma bo‘lmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi o‘chirgichlar 6-10 kV li (VMB-10, VME-6, VME-10, VS-10) qurilmalarda qo‘llaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli o‘chirgichlar tomonidan siqib chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli moyli o‘chirgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham etarli darajada keng qo‘llanilmoqda. Ko‘rib chiqilgan oddiy o‘chirgichlarga nisbatan ular maxsus qurilmalar o‘chirish kameralariga ega.
Ishlash prinsipi bo‘yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

Download 27.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling