Ajratgichlarga qo‘yiladagan talablar


Download 27.26 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi27.26 Kb.
#1832757
1   2   3   4
Bog'liq
Ajratgichlar

avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosim hosil bo‘lishiga yoyda ajraladigan energiya sabab bo‘ladi;
moyni majburiy puflash liniyai bilan— bularda ajrash joyiga moy maxsus gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi;
magnit yordamida moyda so‘ndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida tor kanal va tirqishlarga yo‘naltiriladi.
Yoy so‘ndiruvchi qurilmalarda izolyasiyalovchi plastinkalar va chiqish teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar ko‘ndalang, bo‘ylama va qarama-qarshi ko‘ndalang puflovchi kameralarga bo‘linadi.
Bakli o‘chirgichlarda qizdiruvchi qurilma xam ko‘zda tutilgan bo‘lib, u havo haroratlari past bo‘lganda (-15°S va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi ortganda o‘chirgichning qo‘zg‘aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik maqsadida shunday qilinadi.
Bakli o‘chirgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta bo‘lishidir. Bakli o‘chirgichlarning ulash vaqtini kamaytirish uchun pnevmatik va pnevmogidravlik yuritmalar qo‘llaniladi

Qisqa tutashtirgichlar. Fazalarni sun’iy ravishda qisqa tutashtirish uchun mo‘ljallangan jixoz qisqa tutashtirgich deb ataladi. Qisqa tutashtirgichlar yuqori kuchlanish tomonida uzgichlari bo‘lmagan podstansiyalarda transformatorning ichi shikastlanganda ta’minlash uzatgichda qisqa tutashuv hosil qilish uchun ishlatiladi.


35 kVli qurilmalarda qisqa tutashtirgichlar 2 ta qutbli qilib bajariladi, bunda sun’iy ikki fazali qisqa tutashuv hosil qilinadi, 110 kV va undan yuqoriroq kuchlanishlarda qisqa tutashtirgichlar bitta qutbli bajariladi.
Qisqa tutashtirgich yuritmasining prujinali mexanizmi bo‘lib, u erga ulangan pichoqlarni kuchlanish ostidagi qo‘zg‘almas kontaktga ulashni ta’minlab beradi. YUritmaning ishlashi uchun impuls rele himoyasidan beriladi, uzish qo‘lda bajariladi. qisqa tutashtirgichni ulash paytida elektr yoyi hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida pichoqlarni yuqori harakat tezligini ta’minlab berish zarur.



Download 27.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling